1-mavzu. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Organizm va muxit



Download 33,56 Kb.
bet6/17
Sana07.01.2022
Hajmi33,56 Kb.
#329171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-mavzu. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Organizm va muxit

Hujayra haqida tushuncha.
Organizmning struktura va funksional birligi hujayradir. 1665-yilda
fizik olim R.Guk (1635-1703-y.) tomonidan sodda mikroskop ixtiro qilinishi hujayra ta’limotining tug‘ilishiga sababchi bo‘ldi. Hujayra organizm tuzilishi va hayot faoliyatining asosini tashkil qiladi. Tirik mavjudotlar evolyusiyasi organizm hujayralarining struktura hamda funksiyalariga qarab tabaqalanishi, ya’ni turli shakl-shamoyilga kirib, har xil toifalarga bo‘linishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida hujayralar muayyan funksiyalarni (harakat, sekretor, himoya va boshqalarni) bajarishga moslashadi. Elektron mikroskop kashf yetilishi bilan hujayraning tarkibi va undagi moddalar almashuvi o‘rganila boshlandi. Hujayralar sharsimon, duksimon, prizmasimon, kubsimon shaklda bo‘lib, ularning hajmi ham har xil. Ular mikrometr bilan o‘lchanib, 5-10 mikrondan bir necha yuz mikrometrgacha bo‘lishi mumkin. Hujayralarning shakli va hajmi har xil bo‘lishidan qat’iy nazar ular umumiy tuzilishi bilan bir biriga o‘xshashdir. Hujayra uch qismdan, membrana, sitoplazma va yadrodan tashkil topadi. Hujayra membranasi uch qavat tuzilishga ega bo‘lib, har biri 25 A qalinlikda bo‘ladi.Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi moddalar almashuvini boshqaradi, hamda turli ionlarni tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega. Hujayra sitoplazmasi membrananing ichida joylashgan bo‘lib, tarkibi organik va anorganik moddalardan iborat. sitoplazma organoidlariga: mitoxondriya, ichki membrana, lizosoma. Golji apparati, ribosoma, sentrosomalar kiradi. Ularning har biri ma’lum vazifalarni bajaradi. Golji apparati qo‘shqavvat membrana bilan qoplangan yirik vakuolalardan va mayda pufakchalardan iborat. Golji hujayraning bo‘linishida ishtirok etadi. Ribosomalar hujayralar tarkibida bo‘lib, oqsillar sintezida qatnashadi. Lizosomalar fermentlardan iborat, ular hujayradagi oziq moddalarni mayda zarrachalarga parchalaydi. Shu tufayli shartli ravishda hujayraning ovqat hazm qilish organi deb ataladi. Mitoxondriyalar tayoqchasimon, donador, ipsimon shakllarda bo‘lib, diametri 0,5 mkm, uzunligi 7 mkm ga etadi. Ular fermentlar va vitaminlarga boy, ikki qavat membrana bilan qoplangan. Mitoxondriya hujayrani energiya bilan ta’minlovchi ko‘pgina kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Jumladan, unda adenozintrifosfat kislota (ATF) va kreotinfosfat kislota (KF) sintez qilinadi. Hujayra qo‘zg‘alib ish bajarganda, bu kislotalar parchalanib, energiya hosil qiladi. sentrosomalar, ya’ni hujayra markazi yadro atrofida joylashgan bo‘lib, hujayra bo‘linishida muhim rol o‘ynaydi. Hujayra yadrosi sitoplazmaning markazida joylashgan. Hujayraning barcha hayotiy jarayonlarini boshqaradi va uning ko‘payishini ta’minlaydi. Uning shakli, o‘lchami ko‘proq hujayraning shakli va o‘lchamiga bog‘liq. Yadro sitoplazmadan membrana orqali ajralib turadi. Yadro membranasining teshiklari bo‘lib, sitoplazmadagi oqsillar shu teshiklar orqali yadroga, yadroning moddasi esa sitoplazmaga o‘tadi. Membrananing ostida yadroning yarim suyuq moddasi - yadro shirasi bor. Yadro ichida mayda donacha shaklidagi moddalar bo‘lib, ularning ayrimlari maxsus bo‘yoqlarda bo‘yaladi. Hujayra yadrosining bo‘linishida ishtirok etadigan va yaxshi bo‘yaladigan tanachalarni 1888-yilda nemis olimi V.Valdeyer aniqlab, ularni xromosomalar deb atagan. Xromosoma grekcha so‘z bo‘lib, «xromos» bo‘yoq, rang, «soma» tanacha degan ma’noni bildiradi. Xromosomalar organizmning o‘ziga xos barcha
belgilarini irsiy yo‘l bilan nasldan naslga o‘tkazadi. U oqsillar va nuklein kislotalarning yirik molekulalaridan tashkil topgan. Xromosomalar ipsimon yoki tayoqchasimon shaklda bo‘lib, uning soni turli o‘simlik, hayvon hujayralarida turlichadir. 1956-yilda ko‘rsatib berilgandek odam hujayralari 46 ta xromosomadan iborat. Hujayralarning bo‘linishi xromosomalarning ipsimon ikkita tizilmaga ajratilishidan boshlanadi. Xromosomalar kimyoviy tabiatining aniqlanishi biokunyoning so‘nggi-yillarda qo‘lga kiritgan eng katta yutug‘i bo‘ldi. Xromosomaning dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalardan tashkil topganligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda DNKda belgilar informatsiyalarining kodlari saqlanishi, ya’ni DNK orqali hujayradan-hujayraga, organizmdan-organizmga irsiy axborot o‘tkazilishi isbotlangan. DNKmolekulasi qo‘shaloq spiral strukturasiga ega. Buni 1953-yilda ingliz olimlari Uoson va Kriklar ko‘rsatib berishdi. Ular shu kashfiyotlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar. RNK oqsil sintezda ishtirok etadi. Oqsil sintezida 20 ta aminokislota ishtirok etib, ularning sintezlanishi 1,5 daqiqa davom etadi.

Download 33,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish