To`rtinchi bosqich ishlar. Kuzatish natijalari, to`plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, joyga bo`lgan xususiyatlarga umumiy tavsif beriladi, baholanadi va bashorat qilinadi. Joyga xos bo`lgan istiqbolli tadbir-choralar ishlab chiqiladi, vazifalar belgilanadi.
“Tarixiy o`lkashunoslik” fani haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifalari, predmeti, o`rganish obyekti.
Fanning predmeti – o`lka va xalqimizning eng qadimgi davrlardan to hozirga qadar rivojlanib borishining eng muhim jihatlarini, ya’ni: ilk odam zotining paydo bo`lishi va makonlari, urug`, qabila, elat, xalq va millatning shakllanishini, qishloq, shahar, davlatlarning rivojlanishini, tarixiy obidalarni, buyuk tarixiy siymolar va xalq qahramonlarini, mustaqillikka erishuv va dastlabki davrdagi bunyodkorlik ishlarini, joy nomlari bilan bog`liq o`lka toponimikasini va shu kabilarni tadqiq etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |