O`lkashunoslikning quyidagi tarmoqlari mavjud:tabiiy yoki geografik o`lkashunoslik, iqtisodiy o`lkashunoslik, tarixiy, etnografik o`lkashunoslik, madaniy va san’at o`lkashunosligi.
Tabiiy yoki geografik o`lkashunoslik o`lka tabiatini, ya’ni o`lkaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, Relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog`i, o`simligi va hayvonot dunyosi hamda landshaftlarini o`rganadi.
S.V.Kolesnik tadbiri bilan aytganda, o`lkashunoslik kichik hududni har tomonlama o`rganuvchi predmet.
O`lkashunoslik o`zining tadqiqotlarida geologiya, ijtimoiy-iqtisodiy, tarix, etnografiya fanlarining ma’lumotlaridan foydalanadi.
Kichik hudud deyilganda ma’muriy tuman, jamoa fermer xo`jaligi, unchalik katta bo`lmagan shahar, qishloq aholi manzillari tushuniladi. O`lkashunoslik nuqtai nazaridan kichik hududlardagi hodisa va jarayonlar, aniq ma’lumotlar tizimli ravishda majmuali o`rganiladi va to`planadi.
Kichik hududlar kuzatish va tekshirish uchun, shuningdek sayr-sayohat va istalgan ma’lumotlarni to`plash uchun qulay hisoblanadi. Jamoa yoki fermer xo`jaligini, yoki kichik shahar yoki qishloq aholi punkiti bo`ladimi ularning xossa va xususiyatlari, tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, aholining urf-odatlari va an’analari ko`p hollarda o`sha joyning mahalliy shart-sharoitlari bilan bog’liq bo`ladi. Yirik geografik rayonlarning xossa va xususiyatlari esa mahalliy joylarning xossa va xususiyatlarining umumiyligi bilan bog’liq.
O`lkashunoslikning boshqa bir asosiy xususiyatlaridan biri: tadqiqot (o`rganish) natijasi o`sha joyda ma’lum bir vaqtdagi holatinigina emas, balki u xossa va xususiyatlarni uzoq yillar davomidagi holatlarini aniqlash, bashorat qilish me’yorlarini ham belgilashdan iboratdir. Bu holda o`rganilayotgan joyda tabiiy yoki madaniy landshaftlar komponentlarining bir-biriga bog’liqligi, bir-biriga ta’siri ochib beriladi. Natijada o`sha joyning tabiiy, iqtisodiy, madaniy tomondan baholash va istiqbolini bashorat qilish mumkin bo`ladi. Bejiz aytilmagan ta’lim va tarbiya, vatanni sevish ostonadan, o`z o`lkasidan boshlanadi deb.
O`lkashunoslar tomonidan to`plangan ma’lumotlar nafaqat kishilarning (maktab o`quvchilarining) dunyoviy qarashlarini takomillashtirib qolmasdan, shu bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’muriy, xo`jalik ishlarini tashkil etish, rivojlantirish va samarali joylashtirishda juda katta yordam beradi (ahamiyatga ega).
Atoqli geograf V.A.Anuchinning fikricha har qanday ilmiy-amaliy vazifalarni yechimida, ma’lum hududiy birliklarda ixtisoslikni vujudga keltirishda mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni o`lkashunoslik nuqtai nazaridan hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
O`lkani har tomonlama o`rganilganda quyidagilarga e’tibor berish lozim;
Tabiat va uning barcha elementlarini (geologiya, Relyef, foydali qazilma, iqlim, suv, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosi va boshqalar) o`zaro bog’liqligi, o`zaro aloqadorligi, o`zaro ta’sirini; tabiat rivojida, tabiiy jarayonlarning, tabiiy xodisalarning vujudga kelishida inson faoliyatining ta’sirini (karst xodisasi, surilma, daryo vodiysining o`sishi, daryo o`zanining o`zgarishi, jarlarning o`sishi, tuproq eroziyasi va boshqalar).
Shahar va qishloq etnografiyasi, toponimika, ularning shakllanish, rivojlanish tarixini;
Tabiiy muhit va xo`jalik, xo`jalik tarmoqlarining o`zaro bog’liqligini, iqtisodiy hayot jarayonlarini; aholining madaniy va ma’naviy, ma’rifiy va ijodiy faoliyatini (xalq san’ati, folklor, me’morchilik va boshqalar) o`lkashunoslik qarashlaridan kelib chiqqan holda o`rganish lozim.
O`lkashunos joyga xos bo`lgan barcha jabhalarni o`rganishga qodir emas. Shuning uchun ham maqsadga muvofiq o`ziga xos bo`lgan ma’lum hodisa va jarayonlarni o`rganiladi va olib borayotgan ishlariga qarab o`lkani o`rganuvchilar o`ziga xos yo`nalishni tanlaydilar. Jumladan ba’zi – bir o`lkashunoslar tabiatni muhofaza qilish; ba’zilari, tarixiy va madaniy yodgorliklarni asrash jamiyatlarida, boshqa birlari turistik boshqarmalarda faol ishtirok etadilar.
O`lkani o`rganish ishlari quyidagicha tashkil etiladi. O`lkani tadqiq qilishda geografik va boshqa ijtimoiy fanlar ishlab chiqqan savollar qamrab olinadi va ushbu fanlarning uslubiy yo`nalishlaridan foydalaniladi.
Tadqiqot ishlari kompleks xarakteriga ega bo`lganligi uchun shuningdek o`zining tadqiqot usullaridan ham keng foydalanadi. Shulardan biri yirik masshtabli kartalashtirish usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |