A fakulteti



Download 6,23 Mb.
bet1/5
Sana18.05.2023
Hajmi6,23 Mb.
#940421
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti





TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI

Boshlangich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi

ta’lim yo’nalishi

3-kurs talabasi

Abdurayimova O’g’ilshodning

TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI

fanidan tayyorlagan

KURS ISHI Mavzu:Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir
o’tkazishning usui va shakllari

Qabul qildi: Berdiyeva H.B.

TERMIZ-2015

Mavzu: Vatan ostonadan boshlanadi mavzusida tarbiyaviy tadbir

otkazishning usui va shakllari
Rеja:

I. Kirish
1. Tarbiyaviy tadbirlar haqida tushuncha

2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish usullari.

3. Maktabda Vatanni ostonadan boshlanadi” mavzusida tarbiyaviy tadbir o’tkazishning senariysi.

II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.

Mavzuning dolzarblligi

O’zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o`z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta'kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatimizda "Ta'lim to`g'risida"gi Qonunning qaytadan ko`rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi.


Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma'lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga poydevor hamda g`oyaviy e'tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo`lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.

Ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash ma`lum va maorifni yuksaltirish, yuragida ona-Vatanga muhabbat hissi josh urgan yangi avlodni voyaga yetgazish davlatimizning eng muhim vositalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu esa pеdagog-tarbiyachilarning pеdagogik mahoratiga boqliqdir. O’zbekiston Rеspublikasida oqituvchi kadrlarning ma'naviy qiyofasiga, aqliy saloqiyatiga qamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida ma'suliyat yuklangan. Bu borada O’zbekiston spublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov quyidagilarni e'tirof etadilar: Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdеk ma'suliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu ma'suliyatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga ornimizga ladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar bеqiyos ekanini ozimizga yaxshi tasavvur qilamiz 1
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o`quvchilaming darsdan bo`sh vaqtlaridagi o`quv-tarbiya jarayonini to`ldiradi va kengaytiradi, o`quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga

1 Юксак маънавият -енгилмас куч , Маънавият-2008, 130-бет
imkoniyat yaratadi. Shu sababli, keyingi davrda o`quvchilarning darsdan tashqari

vaqtlarini ko`ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo`lishi kerak. Maktabda boshlang`ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo`lga qo`yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo`nalishlari: ---oquvchilarda Vatan tuygusini shakllantirish;
-o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; -ulami milliy istiqlol ruhida tarbiyalash;
-o`quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish;

-o`quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o`z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash;
-o`quvchilarda o`z-o`zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda tarbiyaviy tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa, avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo`nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish lozim. Bu esa sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni to’gri tashkil etish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi.


Maktabda “Vatanni ostonadan boshlanadi mavzusida tarbiyaviy tadbir otkazish oquvchi manaviyatining shallanishiga xizmat qiluvchi muhim omil bolib xizmat qiladi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
1. Tarbiyaviy tadbirlar haqida tushuncha

O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o`z mustaqil siyosiy,

iqtisodiy va ijtimoiy yo`liga ega boiishi xalq xo`jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta'limi tizimida ham o`sib kelayotgan yosh avlod taiim-tarbiyasi bilan boo`liq jarayonni qayta ko`rib chiqishni taqozo etmoqda.

Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so`nggi yutuqlari asosida kelajagimiz boigan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarur.

. Ertangi kuning egalari bo`lgan yoshlarni vatanparvarlik, milliy g`urur va iftixor ruhida tarbiyalash eng dolzarb masaladir. Chunki vatan kelajagani yoshlarsiz tasawur qilib bo`lmaydi. Shuning uchun kelajak avlodni har tomonlama yetuk, barkamol insonlar qilib tarbiyalash ishi Prezidentimiz va davlatimiz rahbariyatining olib borayotgan ishlarida eng muhim vazifa bo`lib turibdi.

Yosh avlodni O’zbekistonimiz tarixi, uning boy madaniy me'rosi, respublikamiz ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash, shunday Vatanda yashashdan faxrlanish tuyguni shakllantirish bizning sharafli burchimizdir. Buning uchun har bir darsda vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishga yordam beruvchi omillardan mohirona foydalanish, shaxsni o`zligini anglashga, xalq baxt-saodati uchun kurashuvchi qilib tarbiyalash, ularni halol mehnatga o`rgatish darkor.

Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so`nggi yutuqlari asosida yosh

avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda

zarurdir. Ayniqsa o`smirlar orasida axloqiy va ma'naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir.

Maktab va maktabdan tashqari ta'Iim muassasalarida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda (o`qituvchilar, sinf rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o`quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o`rgatishdek muhim vazifa turadi.

Tarbiyaring asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi v: jismoniy rivojlanishi hamda uning qobiliyatlarini har tomonlama jchish uchun keng imkoniyat yaratishdir.

Xullas, carbiyaning negizida quyidagilar yotadi:
- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib oiishiga ko`maklashish, o`z-o`zini idora va nazorat qj.1a bilishini shakllantirish, o`z shaxsiy turmushiga maqsidli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyo`otish;
- o`quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatani-mizning )oy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madany hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo`lgan talablarini shskllantirish, malaka hosil qildirish va estetik tushunchalarini shak'-antirish;
- harbir o`smirning bilimdonligini va ijodiy itikoniyatlarini aniqlab, jlarni rivojlantirish. Inson faoliyatini tirli sohalarga yo`naltirish, bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzag chiqarish va yanada qo`llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hoz lash;
- insorparvarlik odobi me'yorlarini shakllaiirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va mill/ kamsitishl^a toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositari (doh^qlikka, yolo`onchiik, tuhmat, chaqimchilikka tqatsizlik) keng qo`llanishi lozim.
-vatanparvarlik, dunyoviy fikrlas, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o`zaro munosabat-muloqotni o`rganish, o`z xalqi, davlati himoyasi uchun hamisha shay bo`lib turish, Ozbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramz-lariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni Ozbekiston Konsti-tutsiyasiga, Bayrogiga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
- qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash,

shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas'uliyat hislarini rivojlantirish, o`zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta'lim-tarbiya;
- mustaqil davlatimiz - Ozbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’gri va xolisona baho berishga o`rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o`z xalqining turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini togri tushuntirish kerak;
- turmushda eng oliy qadriyat hisoblanmish mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;
- sog’lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo`lish istagini shakllantirish;

- yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish. Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo`lishi lozim :

- tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o`smir va yosh yigit-qizning betakror va o`ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e'tiborga olish;
- yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyguni qaror toptirish; - milliylikning o`ziga xos ao`analari va vositalariga tayanish;
- shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o`quvchilar o`rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e'tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo`lish.

Amalda tarbiyaviy jarayonning yaxlit va uzluksiz ishiga turli yoshdagi bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.

O`smir yigit va qizlar nafaqat boio`usi katta hayotga tayyorgarlik ko`radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o`quv-chilaming qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ulaming darsdan bo`sh vaqtlarida
o`quv-tarbiya jarayonini toidiradi. U o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini,

tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlaming o`ziga xosligi shundaki, to`garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o`smir yigit-qizlaming shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Boshlangich jamoa ishi shunday quriladiki, unda sinfning boshqa jamoalar bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umummaktab an'analari saqlanadi. Boshlangich jamoa o`qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o`quvchilar o`z-o`zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy-foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.

O`qituvchi va sinf rahbari soglom, ahil bolalar jamoasini shakllantirish bilan

birga doimiy bolalar qiziqishlarini qo`ilab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali faoliyatini yo`naltirib boradilar.

Kichik yoshli o`quvchilar juda faol va harakatchan bo`iadilar. Faoilikka intilish bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo`lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi. Boshlangich sinf o`qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq tarbiyaviy ishning chinakam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo`r imkoniyat beradigan, bolaiarda bir-birlariga o`amxo`r munosabatda bo`lishni tarbiyaiaydigan, individuai qobiliyatlami rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi.

O`qituvchi boshlangich sinflarda bolalarga o`zlarini qiziqtiruvchi faoliyat

turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko`pincha kichik yoshdagi o`quvchilar, yosh xususiyatlariga ko`ra, o`z xususiyatlarini togri baholay olmaydilar.

Bolalarning o`sishi, uiarda jamoatchiiik malaka va ko`nikmalarining shakllanib borishi o`qituvchi-tarbiyachining bolaiar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o`zgartirib boradi.
O`qituvchi boshlangich sinfiardayoq ahil boialar jamoasini yaratish asosida

sog’lom jamoatchilik fikrini yaratadi.

Boshlangich sinf o`qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamoasini yaratish

sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar. Boshlang’ich sinf o`qituvchisi o`quvchilarni ta'lim va tarbiyaning tabiiy sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o`rganadilar.

Sinfdan tashqari ish o`quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta'sir vaqtini uzaytiradi, u o`qituvchiga o`quvchilaming darslarda egallagan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning qobilyatini rivojlantirish, ulaming xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega.


Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish