1-MAVZU. “NUTQ MADANIYATI” FANINING MAQSADI, VAZIFALARI
Reja
Nutq ma'daniyati fan sifatida.
Nutq madaniyatining shakllanish tarixi.
Kursning maqsad va vazifalari.
«Nutq madaniyati» faning tekshirish ob'ekti
Adabiyotlar
Qo'ng'urov R., Begmatov E., Tojiev Yo.. Nutq madaniyati uslubiyati asoslari T. 1992.
O'rinboev B., Soliev A.. Notiqlik mahorati T. 1984.
Nusratullo Atoullo o'g'li Jumaho'ja. Istiqlol va ona tilimiz T. 1998.
M.Mallaev N.. 0'zbek adabiyoti tarixi. T. 1976.
Tayanch so‘z va iboralar: Ommaning umummadaniy saviyasi, madaniy nutq malakasi, lingvistik ma'no – tor ma'no talaffuz, urg‘u, so‘z ilatish, gap tuzatish, ifodali o‘qish, nutq fazilati, yuqori mansabga ko‘tarilish notiqlik san'atiga bog‘liq.
Aql kaliti – til.So‘zning piri – til.
Yuzning ko‘rki – ko‘z.Tilning ko‘rki – so‘z.
Nutq madaniyati asoslari kursining asosiy maqsadi – ommaning umumadaniy saviyasini yuksaltirishga hissa qo‘shishdir.
Vazifasi – kishilarda «madaniy nutq» malakasini shakllantirish, yaxshi nutqni o‘rganish, baholash va targ‘ib qilishdir.
Nutq madaniyati – til me'yorlarini egallamoq (talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatish) gap tuzish qonunlarini egallamoq, til vositalaridan sharoitga mos va maqsadga muvofiq foydalana bilmoq madaniyatini egallamoqdir. Nutq madaniyati deyilganda, nutqning fazilatlari, ya'ni uning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, tozaligi tushuniladi.
Nutq madaniyatining asosiy tekshirish ob'ekti adabiy til me'yorlari, asosiy vazifasi esa ushbu me'yordagi ikkilanishlarni bartaraf etishdir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining to‘liq shakllanganligi va ulkan ijtimoiy vazifani bajarayotganligi hech birimizga sir emas. Nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirishi umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug‘ullanish ishga faqat tilshunoslarginaemas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha soha vakillari e'tibor berishlari maqsadga muvofiqdir.
Uzoq o'tmishga ega bo'lgan o'zbek xalqi ta'lim - tarbiyaga oid boy merosga ega bo'lib, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do'stlik, mehr-oqibat, birodarlik,odoblilik kabiumuminsoniyfazilatlarnitarbiyalabkelgan.Sharq mutafakkirlarining ta'lim - tarbiyaga oid asarlari ham ana shu merosning tub negizini tashkil etadi. Lekin, mustabid tuzum davrida xalqimiz bu durdona asarlardan, undagi odob-axloqqa oid fikrlardan etarlicha foydalana olmadi.
Shukurki, milliy istiqlol tufayli xalqimiz dunyoga yuz tutdi. Biz tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik. Shuningdek, o'z echimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga bel bog'ladik.
Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog'liq muammolar ham asta-sekin echimini topmoqda. Xususan, nutq madaniyatiga doir masalalari hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir.
Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohatlar davlat siyosatining ustivor yo'nalishi deb e'lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Hozirgi zamon o‘zbek tili fonetik, lug‘aviy, grammatik, talaffuz (orfoepik) hamda imloviy normalarining birmuncha mukammal shakllanganligi o‘zbek tili madaniyatining ulkan yutug‘idir. Binobarin, milliy madaniyatning ajralmas, uzviy qismi bo‘lmish nutq madaniyati ham ana shunday yuksak darajada bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
O’zbek tili bugungi kunda o‘zbek millatnning fikr almashuv quroli sifatida katta ijtimoiy vazifani ado etmoqda. Bu millat vakillarining ijtimoiy aloqasini to‘liq ta'minlashga xizmat qilmoqda. Jumhuriyatimizda davlat ishlari, o‘qish-o‘qitish va targ‘ibot va tashviqot ishlari shu tilda olib borilmoqda. O’zbek tilida O’zbekistonda yashovchi xalqlarning tarixini, bugungi fidokorona mehnatini ulug‘lovchi yuksak saviyadagi badiiy asarlar yaratilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ona tilimiz o‘zbek xalqining har jihatdan kamol topishi va taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, o‘zbek tili eng taraqqiy etgan tillardan biridir. Bu borada tilning asosiy ijodkori xalq rolini kamsitmagan holda olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat arboblarining, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr san'ati ustalari va nashriyot xodimlarining xizmatlarini alohida qayd qilish lozim bo‘ladi. Ayniqsa, tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning xizmatlari beqiyosdir. Ularning katta mehnati tufayli o‘zbek tilining ko‘pgina sohalarida qat'iy normalar belgilandi, til birliklarining aloqa jarayonidagi lisoniy namunalari tavsiya etildi, til taraqqiyotidagi ko‘pgina masalalar ilmiy-nazariy asosga qo‘yildi. Shuning uchun ham, ikkilanmasdan, hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili madaniyati yuksak darajaga ko‘tarilganligini qayd qilish mumkin.
Shu o‘rinda tilning ijtimoiylik vazifasini bajarish darajasini belgilovchi omillardan biri bo‘lmish nutq madaniyati qanday ahvolda, degan tabiiy bir savol tug‘iladi. «Shuni ta'kidlash kerakki,— deb yozgan edn tilshunos V. G. Qostomarov,— hozirgi zamon rus tili madaniyati juda yuqoridir, ammo hozirgi nutq madaniyati ko‘p holda anchagina pastdir».
Xo‘sh,o‘zbek tili madaniyatining yuqori darajada ekanligini e'tibor etilgani holda u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan o‘zbeknutqi madaniyatining rivoji unchalik yuksak emasligini qayd etish fikriy qarshilikni yuzaga keltirmaydimi? Yo‘q, albatta.
Tilimizda allaqachon ma'lum norma holiga keltirilgan va xuddi ana shunday shaklda qo‘llash hamda tushunish tavsiya etilgan juda ko‘plab til birikmalarining hamma vaqt ham nutqda (u yozma yoki og‘zaki bo‘lishidan qat'i nazar) o‘z o‘rni va qimmatini topmayotganligi, buning ustiga ayrim til birliklarini qo‘llashda normaning belgilanmaganligi nutq madaniyatini jiddiy o‘rganish masalasini o‘rtaga qo‘ymoqda Chunki nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish, nutq madaniyatini har qachongidan ham rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug‘ullanish ishiga bugungi kunda faqat o‘zbek tilshunosligidagina emas, balki jahon tilshunosligida ilmiy ob'ekt sifatida juda katta ahamiyat berilmoqda. Chunki nutq madaniyati umuminson madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lib, kishilar yuksak madaniyatli bo‘lishi, jumladan nutq madaniyatini yetarli darajada egallagan bo‘lishlari lozim. Bu masalaning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchidan, xalqaro hayotda ikki qarama-qarshi ijtimoiy tuzum o‘rtasida mafkuraviy kurash nihoyatda keskinlashgan bir davrda yashamoqdamiz. Bu narsa ham mafkuraviy kurashning asosiy quroli bo‘lgan tilning har qachongidan ham o‘tkir va keskir bo‘lishini taqozo qiladi.
Respublikamizning «Davlat tili» haqidagi qonuni, «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa hujjatlarda ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaga, til masalalariga alohida e'tibor berilgan. Har bir kadr, eng awalo, o'z ona tilining chinakam sohibi bo'lmog'i lozim. Birinchi Prezidentimiz l.A.Karimov 0'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29- avgustidagi IX sessiyasida so'zlagan nutqida: «O'z fikrini mutlaqo mustaqil, o'z ona tilida ravon, go'zal va lo'nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida 0'tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin» - deb ta'kidlaydi.
Nutq madaniyati hozirgi davrda tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyotida, shuningdek, oliy maktablarda, o'rta maxsus o'quv yurtlarida, o'rta maktablarda dars o'tish jarayonini yaxishlash bilan ham bog'liq. Shuni qayd etish kerakki, bugungi kunda nutq madaniyati fanining barcha o'quv yurtlarida 0'qitilishi quvonarlidir. Chunki notiqlik san'ati sirlarini o'rganish barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman, har qanday madaniyatli inson uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. 0'zbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o'rganish ham o'zbek nutq madaniyati sohasi uchun nihoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, adabiy til me'yorlarining umumiy holatini, undagi turg'un va noturg'un hodisalami chuqurroq tekshirmay turib, adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish mumkin emas.
Nutq madaniyati haqidagi ta'limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa ham, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilon va Hindiston kabi mamlakatlarda paydo bo'lganligi notiqlik san'ati tajribasidan ma'lum. Ushbu davrlardajamiyatning rivojlanishi, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etistti" nuiiqliKlii Sdi^al-ttarafasiga ko'tardi. Grek va Rim notiqlari Aristotel', Dernosfen Ciceron, Kvintilian kabi nazariyotchilarning hayotiy tajribalari ham bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san'atining o'ziga xos maktabini yaratdilar Citceronning «Notiqlik haqida», «Notiq», «Brut» asarlari, Mark Fabiy Kvintiliannins «Notiq bilimi haqida», Aristotelning «Ritorika» kabi asarlari ham qadimgi Greciya va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi ancha rivojlanganligani ko'rsatadi.
0'rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati o'ziga xos mavqega egadir. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda notiqliq voizlik, ya'ni va'zxonlik «Qur'on»ni targ'ib qilish bilan mushtarak holda so'zning ahamiyati, ma'nosi va undan o'rinli foydalanish borasida ko'p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai nazardan qaralsa, «Nutq odobi», «Muomala madaniyati» nomlari bilan yuritilib kelingan «nutq madaniyati» tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilaming diqqatini tortgan: Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg'ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, So'fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug' siymolar nutq odobi masalalariga, umuman nutqqa jiddiy e'tibor berish bilan birga tilga, lug'atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozganlar. Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o'zining «Geodeziya» asarida har bir fanning paydo bo'lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishiini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir.
Ulug' vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to'g'ri so'zlash, to'g'ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: «Qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...».
Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan «Qobusnoma»da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo'lib, uniit 6-, 7- boblari so'z odobi haqidadir. Mualliffarzandiga qilgan nasihatlari orqali 0'quvchini yoqimli, muloyim o'rinli so'zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. So'z!aganda o'ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko'z oldiga keltirib, gapirish kerakligini, kishi kamtar bo'lishi o'zini xalq orasida oddiy tutishi lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko'p gapirish donolik belgisi emasligini shunday ifodalaydi. «ey farzand, sen har qanday notiq bo'lsang ham, o'zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so'z bilimdonligi vaqtida bekor bo'lib qolmagaysan, Ko'p bilu, oz so'zla, kam bilsang, ko'p so'zlama. Chunki aqlsiz kishi ko'p so'zlaydi, deganlarki,jim o'tirish salomatlik sababidir. Ko'p so'zlovchi aqlli odam bo'lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi...».
Ulug' shoir YusufXos Xojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo'lgan «Qutadg'u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asarida so'zlarni to'g'ri tanlash va to'g'ri qo'llash haqida: «Bilib so'zlasa so'z bilig sanalur» degan edi. Qisqa so zlash, so'zlarga iloji boricha ko'proq ma'no yuklash haqida:
Do'stlaringiz bilan baham: |