Ugush so'zlama so'z biror so'zla oz,
Tuman so'z tugunini bu bir so'zla yoz,
deydi. Mazmuni: so'zni ko'p so'zlama, kamroq so'zla. Tuman (ming) so'z tugunini shu bir so'z bilan ech. Gapirishdan maqsad so'zlovchi ko'zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga to'g'ri, ta'sirchan etkazishdan iborat. Shunday ekan, nutqning to'g'riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir so'zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan, so'zning ma'nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi.
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham so'zlaganda nutqni o'ylab, shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so'zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so'zlashga chaqiradi. Noto'g'ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so'zlovchini ogohlantiradi:
0'qub so'zla so'zni eva so'zlama, So'zung kizla kedin, boshing kizlama.
Mazmuni: (So'zni o'qib so'zla, shoshib gapirma, keraksiz yaramas so'zlami yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma).
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko'rsatmalarda sodda va o'rinli gapirish, qisqa va mazmundor so'zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to'g'ri, rost va dadil gapirish, yolg'onchilik tilyog'lamalikni qoralash va boshqa shu kabi mavzularda so'z boradi.
0'rta Osiyo notiqligining o'ziga xos xusiisiyatlari shundan iborat ediki, u, eng awalo, o'sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik sa'nati ustalarini nadimlar, qissago'ylar, masalgo'ylar, badihago'ylar, qiroatxonlar, muammogo'ylar, voizlar, go'yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Ammo tilning yaratuvchisi xalq ekanligini va uning, eng awalo, xalqqa xizmat qilishini to'g'ri anglovchi sog'lom fikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini doimo to'g'ri tushunib kelganlar. Navoiyning davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida qilgan chiqishlari, uning til haqida aytgan fikrlari buning dalilidir. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug'atayn», «Mahbub ul-qulub», «Nazm ul-javohir» asarlari o'zbek tilida nutq tuzishning go'zal namunalari bo'lishi bilan birga uning mukammallashishiga ham katta hissa qo'shdi. U o'zining «Mahbub ul-qulub» asarida shunday deydi: «Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, gar nopisand zohir bo'lsa, tilning ofatidur...» ya'ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o'rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir.
Alisher Navoiy mayin, yoqimli, shirali ovoz bilan so'zlash odobi haqida shunday yozadi: —«So'zni ko'nglingda pishqormaguncha tilga keltirma, harnakim ko'nglungda bo'lsa, tilga surma». Mazmuni («So'zni ko'nglingda pishitib olmaguncha, so'zlama, ko'nglingda bo'lgan har qanday fikni ham ayta berma»).
0'zbek badiiy nutqi tarixida Zahiriddin Muhammad Bobur alohida o'rin tutadi. Shoirning nazmi va «Boburnoma»-si o'zbek nutqining go'zal namunalaridir. Bobur o'zi hammabop yozish bilan birga boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o'g'li Xumoyunga yozgan bir xatida birovga yuborilgan maktubni muallifning o'zi bir necha bor o'qib ko'rishiga, uning ravonligiga, so'zlarning ko'zda tutilgan ma'noni to'g'ri aks ettirganligiga ishonch hosil qilganidan so'ngjo'natishga chaqiradi.
Ko'rinadiki, Sharq mutafakkirlari notiq oldiga tilni puxta o'rganish, uning lug'aviy boyligi va grammatikasini puxta egallash, mantiqli so'zlashni 0'rganish, nutqni ichki (mazmun) va tashqi (shakl) ko'rinishiga birday e'tibor berish, go'zal va ta'sirchan nutq tuza bilish, til boyliklarini maqsadga muvofiq hamda o'rinli ishlatish vazifalarini qo'yadilar va ulaming ijrosini kuzatadilar, chuqur tahlil etadilar.
«Nutq madaniyati asoslari» fani o'zbek tilshunosligining o'ziga xos amaliy sohasidir U tilshunoslikning nazariy fanlaridan olingan bilimlarga suyangan holda to'g'ri va chiroyli nutq tuzish yo'llarini o'rganadi. U til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo'lgan kamchilik va xatolar, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. Nutq madaniyati ham fan sifatida o'z tekshirish ob'ekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me'yorlari (normalari) va nutqning kommunikativ (aloqa uchun kerakli) fazilatlaridir. Nutq madaniyati nazariyasida til normasi markaziy tushunchadir. Til madaniyatining asosiy tekshirish ob'ekti adabiy til normalari, asosiy vazifasi esa ushbu normadagi ikkilanishlarni bartarafetish bo']mog'i kerak.
Nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari, ilmiy, ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko‘rinishlari va talablari bilan aloqadordir. Mana shunga ko‘ra nutq madaniyatini:
Tildagi mavjud til hodisasining nomi;
nutq madaniyati talablariga javob beruvchi aniq nutqiy jarayonning, ya'ni aniq nutqiy ko‘rinishning nomi;
madaniy nutq va u haqida kishilar(so‘zlovchilar) ongidamavjud bo‘lgan aniq normatik tasavvurlarning nomi;
tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot ob'ekti bo‘lgan nutq madaniyati va u haqidagi mavjud ilmiy tasavvurlarning, muammoning nomi;
nutq madaniyati muammosini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadigan tilshunoslik sohasining nutq madaniyati sohasining nomi tarzida talqin qilish mumkin.
Kishilarning o‘zaro aloqa quroli bo‘lgan til anchagina qadimiy tarixga ega bo‘lgani uchun so‘zlovchilarning bu tilga munosabati ham ko‘hna hodisalar jumlasiga kiradi. Chunki til kishilarga doimo o‘zaro aloqa, munosabat, madaniy-ma'naviy zaruriyat, jamoa bo‘lib birlashish, kurashish quroli bo‘lib xizmat qilgan. Shu sababli suhbatdoshlar (oilada, ja-moada, rasmiy doiralarda) nutqning bir-biri uchun tushunarli bo‘lishi, kerakli o‘rinlarda esa nutqning o‘tkir, ta'sirchan, maqsadga muvofiq bo‘lishi ob'ektiv zaruriyat hisoblangan.
Bunga erishish uchun qadimiy davrlarda ham kishilar shubhasiz, tilning ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lgan va o‘zaro suhbat uchun norma tusiga kirgan vositalarini to‘g‘ri tanlash va to‘g‘ri qo‘llash qoidalarnga amal qnlishgan. Tabiiy ravishda, ob'ektiv ehtiyoj tufayln kishilarda tilga munosabatning muayyan normalari, muayyan til jamoasi amal qilishga odatdana borgan ko‘nikmalar, qoidalar yuzaga kela boshlagan. Bunday odat va ko‘nikmalarning ikki muhim tomon bilan aloqador bo‘lganligi ham shubhasiz: birinchidan, tildagi tabiiy va aslida mavjud imkoniyatlarni egallash, undan o‘rinli foydalanishga intnlish; ikkinchidan, so‘zlovchilarning muayyan nutqiy talablar, normalarga amal qilishi. Agarda, birinchi holatda til va uning mavjud ifoda vositalari (leksika, grammatik struktura, fonetika, talaffuz va b.) zgallash malakalari, ko‘nikmalari shakllana borgan bo‘lsa, ikkinchi holatda nutqning til bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tomonlari ham namoyon bo‘la borgan. Masalan, so‘zlovchining va tinglovchining gapirganda muayyan odob-axloq nor-malariga rioya qilishi, ta'sirchan va chiroyli gapirishga in-tilishi, tnlga hurmat, o‘z gapi va o‘zgalar gapiga e'tiborli bo‘lish, o‘rinli (o‘z o‘rnida) so‘zlash, so‘zlash madaniyati va tinglash madaniyati, suhbat madaniyati, munozara madaniyati, tilga e'tibor va ehtiyotkorlik va boshqalar. Keltirilgan talablar asosida qadimiy davrlarda yashagan til jamoalarida ham ma'lum nutqiy-axloqiy talablar, amal qilinishi shart deb hisoblanilgan muayyan qonun-qoidalar yuzaga kelgan va bu qoidalar til sohasidagi umumnorma, umummajburiyat darajasiga ko‘tarilgan.
Qadimiy davr kishilarida nutq madaniyati va tilni egal-lashning ko‘rinishlari tabiiy holda, tabiiy instinkt va ko‘-nikma tarzida, o‘z-o‘zndan (stixiyali ravishda) yashagan va ri-vojlangan. Qadimiy davrlarda nutq madaniyati kurtaklari ko‘proq til odobi (nutq odobn) tarzida namoyon bo‘lgan. Tilni egallash, umuman tildan, nutq vositalaridan o‘rinli foydalanish, tilga munosabat va hurmat qadimda, asosan, axloqiy normalar orqali boshqarilib turgan. Bunday axloq-odob normalarining mazmuni, uning asosiy tayanchlari va talablari xalqning ijodi bo‘lmish maqollarda, turkiy xalqlarnnng qadimiy yozma obidalarida bu masalaga oid bildirilgan fikrlarda, shuningdek, Sharq, Urta Osiyoda yashagan donish-mandlar, yozuvchi va shoirlarning, tarixnavislarning asarlarida til, nutq, nutq odobiga oid bitilgan satrlarda yaxshi ifodalangan vabizgacha yetib kelgan.
Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida «Erdam boshi til», ya'ni odobning boshi til deyilgan maqol keltirilgan. Ushbu maqol o‘tmish davrlarda turkiy xalqlar nutq m.adaniyati borasida amal qilgan yetakchi omil — inson odobining (axloqining) boshlanishi tilda (nutqda) ko‘rinadi, deyilgan dono mazmunni ajoyib tarzda ifodalagan. Nutq odobi borasida qadimiy turkiy xalqlar, jumladan o‘zbeklar amal qilgan asosiy qonun-qoidalar, rasm-rusmlar va jamoa normalar qadimiy turkiy til, eski o‘zbek tilida yozilgan ba'zi yozma obidalarda yaxshi saqlanib qolgan. Masalan, «Qobusnoma» asarida, Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilik» asarlarida buni yorqin ko‘rish mumkin. Uzbek shoiri Alisher Navoiyning til va nutq, nutqodobi, nutqiy madaniyat, nutq san'ati haqida aytgan fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy va noyob merosi mahorat bilan umumlashtirilgan.
Alisher Navoiy asarlarida chunonchi, nutq odobining talablari haqida fikrlar bor.
1. Tilni, so‘zni qadrla, uni hurmat qil:
Donau dur so‘zini afsona bil,
So‘zni jahon bahrida durdona bil
(Xamsa, 34- bet.)
2. Yaxshi so‘zlay olish (nutq)—san'atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgin:
Erdin so‘z hunar, enchidin bo‘z hunar.
(«Mahbubul-qulub», 82-bet.)
3. Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so‘zi, nutqidir:
Suvning mazasi muz bila,
oshning mazasi tuz bila,
odam yaxshilig‘i so‘z bila.
(«Mahbubul-qulub», 79- bet.)
So‘z zohir etar zamir ishi ko‘pragidin, Til muxbir erur ko‘ngul nihon emgagidin, Fahm ayla kishi holini so‘z demagidin, Kim berdi xabar hadisi ko‘nglidagidin.
(«Nazmul-javohir» dan, 41- bet.)
4. Kishining so‘zi(nutqi)uning aqliy kamolotidan darak beradi:
Odamki demak birla kiromiydiru bas, So‘z durri ishining intizomiduru bas, Sihhat onchaki, ahli aql komiduru bas, Aqlig‘a dalil aning kalomiduru bas.
(«Nazmul-javohir» dan, 25- bet.)
5. So‘zlaganda diling bilan tiling bir bo‘lsn, chunki dildagi tilga chiqadi:
Haq seni sevgay el bila bo‘lsang, Tilu ko‘nglungni bir qilib bir ro‘y, Nuqta sursang shukuftau xandon, Zist qilsang, kushodou xushro‘y.
(«Arbain» dan, 59- bet.)
Demonkim ko‘ngli poku ham ko‘zn pok, Tili poku so‘zi poku o‘zi pok.
(«Xamsa», 175-bet.)
Tilki fasih va dilpazir bo‘lgay — xo‘broq bo‘lg‘ay, agar ko‘ngul bila bir bo‘lg‘ay.
(«Mahbubul-qulub», 60- bet.)
6. So‘zlaganda o‘ylab so‘zla, tushunib,bilib gapir:
So‘zni ko‘nglungda pishqarmaguncha tilga kelturma,
Harnakim ko‘nglungda bo‘lsa til surma.
(«Mahbubul-qulub», 83- bet.)
7. Xushmuomala, shirin so‘z bo‘l Tiling bilan kishilarga ozor berma:
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar, Har neki ag‘yor durur yor aylar, So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngullarni giriftor aylar.
(«Nazmul-javohir»dan, 43- bet.)
8. Chin, to‘g‘ri so‘zla, nutqingda halol bo‘l. Yolg‘on so‘z baxtsizlik keltiradi. Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar...so‘zki fasohat zevaridin muayyan emasdur, anga chinlik zevaribasdur.
Yolg‘onchi har necha so‘zida fasihroh, so‘zi qabih.
(«Mahbubul-qulub»dan, 63-bet). Xiradmand chin so‘zdin o‘zga demas, Vale bari chin ham deguluk emas.
Kishi chinda so‘z desa zebo, durur,
Necha muxtasar bo‘lsa avlo durur.(«Mahbubul-qulub», 83- bet).
9. Yaxshi, ezgu so‘z (nutq) kishiga obro‘, baxt keltiradi. Ezgu so‘zli bo‘l:
Kim istasa mazhari karomat bo‘lmoq, Har nav' ishda istiqomat bo‘lmoq, So‘zdir anga mujibi g‘aromat bo‘lmoq, Til zabtidadur anga salomat bo‘lmoq.
(«Nazmul-javohir»dan, 30- bet.)
10. Tildan tuhmat uchun foydalanma. Tuhmatchidan qoch, undan nafratlan:
Birovkim yolg‘on so‘zni birovg‘a bog‘lag‘ay, o‘z qaro bo‘lg‘on yuzin yog‘lag‘ay. Kabira gunohdur — oz so‘z hamki o‘trukdur, zahra gunohdur — oz so‘z hamki o‘trukdur, zahri muhlikdur — agarchi miqdori o‘ksukdur.
(«Mahbubul-qulub»dan, 61- bet.)
11. Tilingni tiy. Ko‘p so‘z, ezma va vaysaqi bo‘lma. Bu zararlidir.
Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdin qaytma. Oz degan oz yanchilur, oz yegan oz yiqilur.
(«Mahbubul-qulub»dan,82-bet.)
Til ildamidin bo‘lur g‘aromat hosil, Yuz nav' nadomatu malomat hosil.
Oz so‘zlagandin istiqomat hosil, Soqitligidin vale salomat hosil.
(«Nazmul-javohir»dan, 31- bet.)
12. So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshingni hisobgaol, beo‘rin so‘z aytma... «...Zolim va be dard suhbatida nuqta surma, nammom va nomard muloyamatida dam urma. Dono ilikdin borg‘ondin so‘z aytmas, o‘tgan yigitlik orzu bilan qaytmas.
(«Mahbubul-qulub»dan, 84-bet.)
13. Bo‘sh og‘iz bo‘lma, suhbat sirlarini saqlashga o‘rgan:
Qaysi majlisdakim eshitsang so‘z, Bilgil ul so‘z sanga omonatdur, Gar ani o‘zga yerga naql etsang, Ul omonatg‘a bu xnyonatdur. («Arbain» dan, 57- bet )
14. Gapirganda qaytariqlardan qoch, chunki ular fikrning ta'sirini susaytiradi:
Bir deganni ikki demak xush emas, So‘z chu takror topti dilkash emas.
(«Xamsa», 484- bet )
Nutq odobining qayd qilingan madaniy-axloqiy talab va asoslari nutq normalari sifatida qadimiy davrlardan beri avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Ushbu nutqny normalarning saqlanishi, o‘zlashtirilishi va yashab kelishida oilaviy an'analar, bir til jamoasi doirasida amal qilingan an'anaviy hoidalar, suhbatdoshlar (so‘zlovchi va tinglovchilar)ning bir-birini o‘zaro nazorat qilishi, ta'lim tarbiya, o‘git-nasihat jarayoni, shuningdek nutqiy odob normalari haqida yozilgan adabiyotlarni mutolaa qilish asosiy o‘rin tutgan.
Demak, kishilarning qandaydir to‘g‘ri, ta'sirchan, chiroyli va yaxshi gapirishga intilishi va unga oid odatiy qoidalar qadimiy tarixga egadir. Bunday odat qadimiy o‘tmishdan hozirga qadar mangu an'ana sifatida yashab va takomillashib kelgan. Biroq, nutq madaniyati tushunchasi bilan bog‘liq ushbu nutqiy odatlar turli davrlarda muayyan xususiyatlari bilan farqlanib turgan. Ayniqsa, adabiy til paydo bo‘lgunga qadar mavjud bo‘lgan nutq odobi (nutq madaniyati) tasavvurlari, adabiy til paydo bo‘lgandan keyingi davr nutq madaniyati tasavvuridan farqlanadi.
Ko‘rinadiki, nutq madaniyati alohida soha sifatida shakllangan va o‘quv rejalariga alohida fan sifagida kiritilgan bo‘lishiga qaramay, bu soha ayniqsa tilshunoslik fani, bilanjudamustahkamaloqadadir.
Nutq madaniyati sohasi til hodisalariga boshqa tomondan yondashadi: grammatik hodisalar, grammatik kategoriyalar, til qurilishi kabi masalalar bilan shug‘ullanmaydi. Nutq madaniyati grammatik hodisalarga, til faktlariga asosan shu til adabiy normalariga mos kelish-kelmasligi nuqtai nazaridan yondashadi. Qanday holatda normaga qat'iy amal qilish juda zarur bo‘lib, qanday holatlarda undan chekinish mumkinligi, unga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi nuqtai nazaridan baholaydi. Grammatik kategoriyalar, grammatik shakllar, til birliklariga adabiy til normasi talabi bilan baho beradi. Ularning tabiati bilan shug‘ullanmaydi. Jumladan, masalan so‘zning qaysi turkumga oidligi, qanday grammatik kategoriyalarga, qanday fonetik yoki morfologik tuzilishlarga ega ekanligi nutq madaniyati fanining tekshirish ob'ekti emas. Biroq o‘sha so‘z o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanadimi, uning qo‘llanishi, ma'lum bir shakli, talaffuzi, ma'lum bir ma'nosi bilan hozirgi tilda ishlatilib turishi o‘zini oqlaydimi yoki yo‘qmi ekanligi nutq madaniyatiga aloqadordir.
Nutq madaniyatining aloqaviy sifatlaridan hisoblangan mantiqlilik va ta'sirchanlik ham, ma'lumki, adabiy til normalariga to‘la amal qilish orqali ta'minlanadi. Normagaamalqilmaslik mantiqsizliknivujudgakeltiribqo‘yishi, nutqni buzishi mumkin. Masalan, «Kunlar isib ketdi, muzlar eridi» gapini olaylik. Bu gap bog‘lovchisiz qo‘shma gapdir. Grammatik qurilish to‘g‘ri, so‘zlar o‘zaro to‘g‘ri bog‘langan, qo‘shma gap qismlari hisoblangan har bir sodda gap orqali ifodalangan fikr ham to‘g‘ri, umumiy fikr ham mantiqqa mos keladi. Shu gapni «Muzlar eridi, kunlar isib ketdi» shaklida o‘zgartirib ko‘rilsa, yana har bir gap ifodalagan fikr ham, so‘zlarning birikishi ham to‘g‘riligicha qolaveradi. Biroq endi mantiq buziladi. Demak, bu qo‘shma gap qismlarining o‘rinlashish tartibi faqat birinchi holatdagi kabi bo‘lishi lozim. Yoki: Boramiz biz uyimizga tarzida qo‘llash adabiy normaga mos zmas. Uzbek adabiy tilida odatda eganing oldin, kesimning gap oxirida kelishi grammatik normadir. Shunga ko‘ra, bu gapdagi bo‘laklar Biz uyimizga boramiz gapidagi kabi joylashnshi kerak, aks holda nutq to‘g‘ri bo‘lmaydi, mantiq buziladi, ta'sirchanlik ta'minlanmaydi.
Ko‘rinadiki, lisoniy vositalarni yuqoridagi kabi noto‘g‘ri qo‘llash, bnrinchidan nutqni buzsa, ikkinchidan, mantiqiylikka va ta'sirchanlikka ta'sir qiladi. Demak, adabiy til normasining buzilishi, nutq sifatiy xususiyatiga salbiy ta'sir qiladi. Ana shuning uchun ham nutq madaniyati sohasi tilshunoslik fani bilan — normativ grammatika bilan chambarchas bog‘liq holda bo‘ladi va unga tayanadi.
Nutq madaniyatining sifatlaridan biri nutqning boyligidir. Nutqning boyligini tilning lug‘at boyligi ta'minlaydi. Shuning uchun ham tilda lug‘atlarning o‘rni kattadir. U so‘zlovchi uchun katta bir xazina bo‘lib, notiq ana shu xazinadan bahramand bo‘lsagina o‘z nutqini boy qila oladi. Ma'lumki, yangi so‘zlar, atamalarning hosil qilinishi, o‘zlashtirilishitilshunoslikfaniningtekshirishob'ektidir.
Nutq madaniyati sohasining leksikologiya va semasiologiya sohalari bilan uzviy bog‘liqligi hech shubhasizdir. Nutqiy aniqlik va mantiqiylikni tilning so‘z boyligini egallamasdan, har bir so‘zning ma'nolarini aniq bilmasdan turib ta'minlash mumkin emas. Jumladan, tildagi sinonimlarni yaxshi bilmasdan turib, tushunchalarni aniq ifodalab bo‘lmaydi. Masalan, yuz so‘zi anglatgan tushuncha bilan bashara so‘zi anglatgan tushuncha bir emas: Basharangga odam qarab bo‘lmaydi gaplarini olib qaraylik. Bu ikkala gap ma'nosida go‘yo farq yo‘qdek. Biroq birinchi gapda shaxsnnng butun gavdasi, ust-boshi ko‘zda tutilsa, ikkinchi gapda yuzi ko‘zda tutiladi. Demak, yuz va bashara so‘zlari o‘zaro sinonim bo‘lsa-da, ular anglatayotgan tushunchalar bir-biridan farq qiladi.
Tilning so‘z boyligini, uning sinonimlar, antonimlar, qolaversa, omonimlar sistemasini, har bir so‘zning o‘ziga xos ma'no va grammatik xususiyatlarini, ularning o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish — nutqning tozaligi, ta'sirchanligi, ifodaliligi, jo‘yaliligi, qisqaligi kabi ko‘pgina boshqa aloqaviy sifatlarni ham ta'minlaydi. Uzbek tilida mavjud bo‘lgan lug‘aviy imkoniyatlarni bilmaslik natijasida, masalan, yelvizak so‘zi o‘rnida skvoznyak yoki tomorqa so‘zini bilmaslik natijasida uning o‘rnida hovli yoki boshqa so‘zni ishlatib qo‘yish kabilar o‘z-o‘zidan nutq tozaligiga putur yetkazadi, sinonimlarni bilmaslik nutq ifodaliligiga salbiy ta'sir qiladi; jumla tuzishni bilmaslik, grammatik qoidalarni to‘g‘ri egallamaslik nutq tejamliligiga zarar qiladi va hokazo.
Yuqorida aytganimizdek, tilning lug‘at tarkibinya yaxshi bilmasdan turib boy nutqqa erishib bo‘lmaydi. Demak, nutq madaniyati ilmiy tarmoq sifatida lug‘atshunoslik (leksikografiya)bilan uzviy aloqadordir.
Lug‘atlarning xazina ekanligini, nutq malakalarini oshirishda juda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘pgina buyuk olimlar, har xil sohalarning mutaxassislari, yozuvchilar, shoirlar doimo ta'kidlab kelishgan.
S.Akobirovningquyidagifikrijudaahamiyatlidir «Fikrni qisqa, aniq va to‘g‘ri ifodalash uchun eng muvofiq so‘z topish kerak bo‘lgan hollarda ham lug‘atlardan foydalaniladi».
Nutq madaniyati sohasining tekshirish ob'ekti nutqning aloqaviy sifatlari yig‘indisi va tizimini, ularni ta'minlovchi shart-sharoitlar, shu sifatlarning takomillashuvi, rivoji yoki qoloqlashishi, pasayishi kabilarni o‘z ichiga olsa; uslubiyat sohasining ob'ekti til va nutq uslublarini o‘rganishdir. Modomiki uslubiyat nutq uslublarini ham o‘rganar ekan, xuddi shu holatda nutq madaniyati bilan uning munosabati vujudga keladi. Chunki nutq madaniyati haqidagi ta'limot o‘z-o‘zidan til uslublarini batafsil aks ettirish, har bir uslubning o‘ziga xos tomonlarga ega ekanligining imko-niyatlarinnng yoritilishiga ehtiyoj sezadi. Chunki nutqning aloqaviy sifatlari, odatda, har bir uslub doirasida o‘zga-rishi, biri bir uslubda yaxshiroq namoyon bo‘lgani holda, ikkinchisi boshqa bir uslubda sustroq namoyon bo‘ladi. Masalan, publitsistik uslubda aniqlik, to‘g‘rilik birinchi o‘ringa chiqsa va yaxshiroq namoyon bo‘lsa, badiiy uslubda ifodalilik, tasviriylik, obrazlilik, mantiqlilik kabi sifatlar birinchi o‘ringa chiqadi. Yaxshiroq namoyon bo‘ladi. Badiiy uslubda badiiy tasvir vositalaridan keng foydalaniladi. Shuning uchun ham, ba'zan, badiiy uslubda eskirgan va lahjaviy so‘zlardan ham foydalaniladi, ba'zan so‘z shakllarining o‘zgartirilishiga ham ruxsat etiladi.
Nutq madaniyati haqidagi ta'limot nutq uslublarining nutq aloqaviy sifatlariga ba'zan ijobiy, ba'zan salbiy ta'sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ham o‘rganadi. Chunkn kishilar har qanday sharoitda va o‘z faoliyatlarining hamma sohalarida bir-birlari bilan aloqada bo‘lar ekanlar, ularning har biri o‘z tilidagi lug‘avny, grammatik va boshqa vositalarni tanlab ishlatishga harakat qiladi.
Ularning har birida tanlash va ishlata bilish qobiliyatlari, til vositalariga ega ekanlik darajalari har xildnr. Til, ma'lumki, hamma uchun umumiy. Biroq bir soha kishilari bilan, ikkinchi soha kishilarining so‘z boyligi, so‘zlarni ishlata bilish qobiliyatlari har xildir. Bu narsa esa o‘z-o‘zidan turlicha nutq ko‘rinishlarini vujudga keltiradi. Doimo rasmiy ishda ishlagan odam bilan fan vakillarining yoki kolxozchi bilan zavod ishchisining nutqi ana shu tarzda bir-biridan farqlanib qoladi. Bunday hol nutq tiplarini vujudga keltiradi. Shu o‘rinda, masalan gazeta uslubi, badiiy uslub, so‘zlashuv uslubi kabi uslublarning o‘zaro farqlariga e'tibor berishning o‘zi ham kifoya qiladi: «Choy-chaqasini undan-bundan qilib, tarallasini tortib yurgan Toshpo‘lat yetti yarim so‘lkavoyni tag‘in qaysi go‘sxo‘rdan olsin, a, yo bobog‘imni sotib beraymi? Yoki sayratmamnimi? Etigim bo‘lsaku, o‘n besh kundan beri garovda, choponni bo‘lsa o‘tkan kun o‘zingning oldingda uch so‘lkavoyga sotdim. Xudo haqi, galavam aynadi!» (A. Qodiriy).
Bu parchadagi choy-chaqasini, undan-bundan, tarallasini, so‘lkavoyni, tag‘in, go‘sxo‘r, bobog‘im, garovda, o‘tkan kun, xudo haqi galavam aynadi so‘z va so‘z birikmalari asosan so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lib, og‘zaki so‘zlashuv nutqida ishlatiladi. Bu so‘zlarning publitsistik uslubda ishlatilishi qiyin.
Ko‘rinadiki, uslubiyat bilan nutq madaniyati bir-birini tamomila inkor etmaydi, aksincha, bir-birini to‘ldiradi, alohida-alohida soha bo‘lishlariga qaramay, bir-biri uchun xizmat qiladi.
Nutq madaniyati ilmiy soha sifatida mantiqshunoslik va ruxshunoslik fanlari bilan chambarchas aloqada bo‘ladi. Ma'lumki, mantiqiy tushunchalar va hukmlar bilan ish yuritadi. Modomiki, tushunchalar so‘z bilan; fikrlar, hukmlar gap bilan ifodalanar ekan, ana shu so‘zlar va gaplar bilan ular ifodalagan tushunchalar va hukmlarning bir-biriga mos kelgan-kelmaganligi, ular o‘rtasida zidlikning bor-yo‘qligi muhimdir.
Shunday qilib, nutq madaniyati fani adabiy til me'yorlarini, uning tarixiyligini, taraqqiy etib borishi undagi ba'zi birliklarning eskirishi, ular o'mida yangi normativ birliklarning paydo bo'lishini kuzatib, qayd etib boradi. Biroq bu fan adabiy normalami yaratmaydi, ba'zi bir hodisalarni norma sifatida majburan kiritmaydi. Balki o'zbek milliy adabiy tili faoliyatini, uning rivojlanishini kuzatib boradi, ob'ektiv qonunlarini kashfetadi, shular asosida tavsiyalar beradi.
«Nutq madaniyati asoslari» fani hozirgi zamon o'zbek adabiy tilini o'rganar ekan, shu adabiy til asosida vujudga keladigan barcha nutq turlari, adabiy tilga asos bo'luvchi xalq tili shevalari ham uning ob'ektiga dahldordir. Nutq madaniyati sohasi adabiyotshunoslikpoetika, estetika, etika, pedagogika,mantiq, ruhshunoslik siyosatshunoslik sohalari bilan bog'liq. Milliy mustaqillik mafkurasining tarkibiy qismi hisoblanmish Davlat tili siyosati va unga oid huquqiy hujjatlar nutq madaniyatining asosiy ashyolaridandir. Notiqlik va voizlik san'tiga oid asarlar, o'zbek madaniy nutqiga asos bo'lgan milliy adabiy meros namunalari, o'zbek milliy hujjatchiligi hamda davlat tilida ish yuritish qonun - qoidalari majmuasi fanning asosiy ob'ektlaridandir. Keyingi yillarda oliy o'quv yurtlarining barcha fakul'tetlarida «0'qituvchi nutq madaniyati» fanining 0'qitilayotganligi quvonarli holdir. Yosh avlodni tarbiyalashdek o'ta mas'uliyatli vazifani bo'yniga olayotgan talabaning o'z fanini chuqur 0'rganishining o'zi etarli emas. Chunki «0'qituvchining nutqi o'tmas, nochor bo'lsa, uning bilimi qanchalik chuqur va tugal bo'lmasin, o'ziga ham azob, o'quvchi sho'r)ikka ham azob. Ona tilida puxta, lo'nda va shirador nutq tuza olish malakasi va mahorati matematika 0'qituvchisi uchun ham, ona tili 0'qituvchisi uchun ham birday zaruriy fazilatdir. 0'qituvchi go'zal, o'zni ham, so'zni ham qiynamaydigan ravon va ifodalarga boy nutqi bilan 0'quvchilarni mahliyo etib, bermoqchi bo'lgan bilimini yosh inson sho'riga osonlik bilan olib kiradi. Zotan, ona tili milliy ma'naviyatimizning, dunyoni teran idrok etishimizning zaminidir».
Hozirgi o'zbek adabiy tilining to'liq shakllanganligi va ulkan ijtimoiy vazifani bajarayotganligi hech birimizga sir emas. Bu til diyorimiz vakillari uchun umumiy til sifatida shakllandi.
0'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Respublikamizda davlat ishlanning, o'qish-0'qitish, ta'lim-tarbiya, targ'ibot-tashviqot ishlarining shu tilda olib bonlishi uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Tilga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o'rganish ishlari keng ko'lamda olib borilyapti. Lekin, shuni ham aytish joizki, tilning ijtimoiy vazifasining bajarilish darajasini belgilovchi omillardan biri bo'lmish nutq madaniyati sohasini chuqurroq 0'rganish oldimizga qo'yilgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki nutqimizdagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug'ullanish ishiga faqat tilshunoslargina emas, respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha soha vakillari e'tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki, nutq madaniyati umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, kishilarni yuksak madaniyat sohibi bo'lishlarini belgilaydi. Bu masalaning bir tomonibo'lsa,ikkinchidan,xalqaro hayotdaikki qarama - qarshi ijtimoiy guruh o'rtasida mafkuraviy kurash nihoyatda keskinlashgan bir davrda yashamoqdamiz. Bu narsa ham mafkuraviy kurashning asosiy quroli bo'lgan tilning har qachongidan ham o'tkir va keskin bo'lishini taqozo etadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham bunga alohida etibor berib shunday degan: «G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin».
...«Maktablarda bolalar mustaqil fikr yuritishga 0'rgatiladimi? Aminmanki, 0'rgatilmaydi: Mabodo, biror o'quvchi 0'qituvchiga e'tiroz bildirsa, ertaga hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda 0'qituvchi hukiimron. U boladan faqat o'zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Princip ham tayyor: «Mening aytganim - aytgan, deganim - degan».
«0'qituvchi va o'quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechyapti. 0'qituvchining bosh vazifasi 0'quvchilarda myctaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko'pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz.
Demokratik jamiyatda bolalar,umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar.Albatta,bilimkerak. Ammo bilim o'z yo'liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir».Maktabda nutq tadbirkorligini singdirish 0'qituvchining bosh vazifasidir. U birinchi soatdan boshlab to oxirgi mashg'ulotgacha 0'quvchilarda nutq madaniyati (tadbirkorligi)ni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak
Boshqacha aytganda «Ayni paytda nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan maktabdagi, hech bir istisnosiz, barcha o'quv fanlari ham bilvosita shug'ullanishi kerak Matematika bo'ladimi, fizika yoki tarix bo'ladimi, 0'qituvchi o'z nutqiy madaniyati bilan namuna ko'rsatishi, tegishdi fan sohasining tugal tilini namoyish etishi va shu yo'l bilan 0'quvchidagi so'z sezgisiga kuch berishi maqsadga muvofiq. Ta'lim amaliyotida ko'rgazmalilik azaldan eng zaruriy omil sifatida qarab kelinadi, shuning uchun 0'qituvchi juda ko'p vaqtini turli ko'rgazmali qurollar tayyorlashga sarflaydi. Bu ma'qul, ammo, unutmaslik kerakki, nugqiy madaniyatni 0'rgatish, chiroyli so'z zavqini 0'stirish, umuman, til estetikasi tarbiyasida, asosiyJonli ko'rgazmali qurol 0'qituvchining o'zidir».
Takrorlash uchun savollar:
Nutq madaniyati haqidagi ta'limot qayerda shakllangan?
Sharqda nutq madaniyati masalalari bilan shug'ullangan mutafakkirlardan kimlami bilasiz?
Nutq madaniyati fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |