Lekin va agar boglovchilarining qisqargan shakli lek va gar hamda boglovchilari haqida ham shu gaplarni aytish mumkin: Yor istignosidan olmasmanu, kuydim va l ye k Lobarim oldida nazmim bu qadar behol uchun (E.Vohidov); Gar gunoh orttirsang ozingga ogir, Vijdon azobida qovrilsang bot-bot (A.Oripov), Men xud ul tifli parivashga kongul berdim, vale. Xonumonim nogahon buzilmagay boshdin yana (Bobur),
hammani olib boradimi yoinki xohlagan borib, xohlamagan qolaberadimi? (Ozbek tili grammatikasi), Holonki men sizni xondan ham yuqori qoygan edim (A.Qodiriy) kabilar.
Yuklamalarda uslubiy chegaralanish aniq bilinib turmaydi. Faqat yuklamasining orni bilan sinonimi bolib keladigan yolgiz sozidagina badiiy uslubga xoslik korinadi: Nechun hamma darichalar qorongi, yolgiz uning darichasi yorug (O.Yoqubov)
Sintaksisda til birliklarini mazmunga mos ravishda turli kombinasiyalarda qollash mumkinligi ularning uslubiy imkoniyatlari ham naqadar kengligidan dalolat beradi. Takidlash orinliki, prozaik asarlar sintaksisi hozirgi ozbek adabiy tilining sintaktik meyorlarini ozida aks ettiradi. Buni, ayniqsa gap bolaklarining nutqda joylashuvida kuzatamiz. Ammo poetik nutq sintaksisi boshqacha. Sheriy nutqning asosiy belgilaridan sanaladigan inversiya tufayli matnda koplab sintaktik qurilishlar majmui vujudga keladi.
Ekspressiv-emosionallikni vujudga keltiruvchi vosita sifatida inversiya sozlashuv va badiiy uslubga tegishlidir.
Soroq gaplarning ritorik turi, undov gaplar, his-hayajon gaplar ham sozlashuv va badiiy uslubga xos. Bu uslubdagi gap qurilishi ham malum darajada farqlanadi. Masalan, rasmiy va ilmiy uslublarda koproq qoshma gaplar, ularning boglangan va boglovchisiz turlari, sozlashuv uslubida sodda gaplar, ayniqsa ularning toliqsiz shakli ishlatilishi xos bolsa, ommabop va badiiy asarlarda gapning har ikki turi ham aralash holda kelaverishi mumkin. Toliqsiz gaplar dramatik asarlarda, xususan dialogik nutqda mahsuldor qollaniladi. Bir bosh bolakli gaplarning shaxsi noaniq turi, atov gaplar, soz-gaplar, kiritma gaplar badiiy matnda ijodkor individual uslubini yuzaga keltiruvchi qulay grammatik vositalar sanaladi48.
Badiiy uslub leksikasi ham alohida belgilarga ega. «
boshqa funksional stillar uchun xos bolgan leksika (masalan, ilmiy va rasmiy ish uslubiga xos bolgan terminlar)ning badiiy stilda keng qollanilmasligi va faqat badiiy stilda qollanuvchi maxsus vositalarning mavjudligi badiiy stilga xoslangan leksikani alohida ajratishga asos boladi», deydi E.Begmatov49. Abru, albat, armugon, bazmaro, balqimoq, bahoriston, boda, boston, gavharafshon, giryon, gulbahor, guliston, gulro, gulshan, debocha, dilafroz, dilxona, dolga, durafshon, duto, jahonbaxsh, jondosh, joshmoq, joshqin, kabk, kuylamoq, libos, lolagun, lolivash, maygun, mardonavor, mastona, mahvash, mahpora, moviy, moh, mujda kabi xoslangan sozlar lugatlarda poetizmlar nomi bilan yuritiladi.
Malumki, yozuvchining til mahorati, eng avvalo, sinonimik birliklar ustida ishlash mahoratidir. Sinonimik qatordan mos, kerakli birlikni tanlab olish ekspressivlikni, subyektiv bahoni aniq ifoda etishning eng togri yoli bolganligi tufayli u badiiy adabiyotda zarur lingvistik vosita sanaladi. Buning ustiga tilda sinonimik variantlar borligi uchun uslubiy meyorni belgilash imkoniyati mavjud. A.Hojiyevning «Ozbek tili sinonimlarining izohli lugati» (Toshkent, 1974) ana shu sinonimik variantlarni farqlashda amaliy yordam beradi.
Frazeologizmlar mohiyat etibori bilan asosan sozlashuv va badiiy nutq mevasidir. Ulardagi boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa malum muddat keyin yuzaga keladi. Masalan, birgina olmoq manosini anglatadigan yuzga yaqin frazeologizmlar sinonimik qatorining paydo bolishi ularning vazifaviy chegaralanish imkoniyatini tugdiradi. Masalan bu tizimga kiradigan olamdan otmoq, dunyodan otmoq, omonatini topshirmoq, qulogi ostida qolmoq, jon bermoq shakllari sozlashuv uslubida ishlatilsa, vafot etmoq, hayotdan koz yummoq, dunyodan koz yummoq, hayot bilan vidolashmoq kabilar ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda uchraydi. Alloh rahmatiga yol tutmoq, shahodat sharobini ichmoq, dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilmoq singarilar esa badiiy matnga tegishlidir.
Agar badiiy adabiyotda, xususan sheriyatda ishlatilib kelinayotgan eskirgan sozlarni bu uslubning muhim lisoniy alomatlaridan deb hisoblash mumkin bolsa, dialektizmlarning ishlatilishi adabiy til meyoriga muvofiq kelmaydi.
Kichik bir xulosa ornida shuni takidlash lozimki, badiiy uslubda adabiy til boyliklaridan foydalanibgina qolinmasdan, undagi koplab birliklarning tilda meyorlashuviga, adabiy tilning boyib, rivojlanib borishiga doimiy ravishda tasir otkazib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |