Rasmiy uslub hozirgi ozbek tilining davlat-mamuriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon boladigan korinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas barcha rasmiy ish qogozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning ogzaki va yozma korinishlari, binobarin, ushbu korinishlar-ning oz meyorlari mavjud.
Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab orinlarga yol qoyilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak: Ozbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini kozlab va Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat beradigan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. (OzR Konstitusiyasi, 7 - modda).
Qolip. Fikr mulohaza, bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. Solishtiramiz: Ozbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qoshgan marhum adabiyot va sanat namoyandalarini mukofotlash togrisida.
Betakror istedodi va olmas ijodiy merosi bilan ozbek milliy madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qoshgan, butun hayotini el-yurt taraqqiyoti, xalqimiz manaviyatining yuksalishiga baxsh etgan vatandoshlarimizning xotirasini yod etib, ularni Vatan oldidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib, quyidagi marhum adib va sanatkorlar «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin. (OzR Prezidentining 2001 yil 22 avgust Farmoni).
Ozbekiston Respublikasi Mustaqilligi elon qilinganligining on yilligi munosabati bilan amnistiya togrisida.
Ozbekiston Respublikasi Mustaqilligi elon qilinganligining on yilligi munosabati bilan insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 93-moddasining 20-bandiga asosan qaror qilaman (OzR Prezidentining 2001 yil 22 avgust Farmoni).
Shu tarzda ariza, qaror, bildirishnoma, malumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining oziga xos bayon etish qolipi boladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida soz va turgun birikmalari ham mavjud boladi. Masalan, huquqiy hujjatlar matniga koz yugurtirsak, ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan atamalarga duch kelamiz: mamuriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv va boshqalar.
Ish qogozlari va hujjatlarning xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning meyorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun diplomatik munosabatlar doirasidagi soz va iboralarga koz yugurtiraylik : ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, muxtor vakil, ishonchli vakil, nota, ratifikasiya, shartnoma, bayonot, qoshma bayonot, deklarasiya, tashrif, qarorgoh kabilar.
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy sozlashuvga xos sozlar, emosional-ekspressiv boyoqqa ega bolgan sozlarning ishlatilishi meyor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi.
Rasmiy uslubning grammatik meyori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot soz turkumiga oid sozlar kop ishlatiladi. Noaniqliklarga yol qoyilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi: Ozbekiston Respublikasi oz taraqqiyot yolini, oz nomini aniqlaydi, oz davlat ramzlarini: gerbi, bayrogi, madhiyasini tasis etadi, oz davlat tilini belgilaydi. Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir (1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «Ozbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari togrisida» gi Qonunning 16 - moddasidan).
Bu uslubda felning harakat nomi shakli faol qollaniladi, gapning kesimi kopincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi. Masalan, «Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasining «Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari» haqidagi 78 moddasida ozgartish va qoshimchalar kiritish, qabul qilish, belgilash, tasdiqlash, tartibga solish, ozgartirish, joriy qilish, komissiyasini tuzish, saylov kunini tayinlash, saylash, ozod etish, ratifikasiya qilish, tasis etish, amalga oshirish singari felli birikmalar ishlatilgan. Ushbu hujjatda amalga oshiriladi, asos boladi, tashkil etadi, belgilanadi, asoslanadi, hisoblanadi, himoya qilinadi, amalga oshiradi, tan olinadi, ish koradi, ado etadi, kafolatlanadi, taqiqlanadi, tavsiya etiladi singari fellarning faol ishlatilishi ham yuqoridagi fikrning tasdigidir. Yana : Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning maruzasidagi konseptual qoidalar va xulosalar maqullansin hamda ular Oliy Majlisning kelgusi faoliyatida inobatga olinsin. Maruzaning
dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar faoliyati uchun asos qilib olinsin. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
mustaqillik va demokratiya qolga kiritgan yutuqlarni himoya qilish, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi hamda totuvligini taminlash ishlarini kuchaytirish tavsiya etilsin. (OzR Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisining oltinchi sessiyasidagi maruzasi yuzasidan OzR Oliy majlisining 2001 yil 29 avgust qaroridan).
Shu orinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik vositalar va kategoriyalarning qollanilishi bir xil darajada emasligini takidlash ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va olmoshlar bu uslubda boshqa soz turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi.
Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol kozga tashlanadi. Unda darak gaplar, uning ayniqsa qoshma gap shakli kop ishlatiladi. Yoyiq va murakkab soz birikmalari mahsuldor hisoblanadi, murakkab tipdagi nomlar keng qollaniladi. Gap tuzilishida ozbek tilidagi odatdagi meyorga amal qilinadi va yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga oxshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |