Hozirgi ozbek adabiy tilining
vazifaviy uslublari
R ye j a:
1.Vazifaviy, yani funksional uslub tushunchasi.
2.Ozbek tili vazifaviy uslublarining shakllanishi til taraqqiyotining navbatdagi bosqichi ekanligi.
3. Vazifaviy uslublar korinishlari.
4. Nutq madaniyatining vazifaviy uslublarga tasiri.
Tayanch soz va iboralar :uslub, uslubshunoslik, vazifaviy uslubshunoslik, yonalishlar, tasnifdagi omillar, lingvistik, ekstralingvistik, vazifaviy uslublar turlari, rasmiy, ommabop, ilmiy, badiiy, sozlashuv. Rasmiy: davlat-mamuriy, huquqiy muassasalar, diplomatik munosabatlar, ish yuritish hujjatlari, aniqlik, soddalik, qolip, oziga xos atamalar, ot turkumiga oid sozlar, majhul nisbat, shart mayli, faol fellar. Ilmiy: fan sohasi, ilmiy tafakkur, dalil, fakt, janr xususiyatlari, monografiya, risola, darslik, qollanma, dastur, maruza, taqriz, referat, aniqlik, atamalarning qollanilishi, obyektivlik, mantiqiy izchillik, qisqalik, sodda yoyiq, boglovchili qoshma gap, xoslangan fellar. Ommabop: hozirjavoblik, targibot, tashviqot, axborot, novatorlik, ijtimoiy-siyosiy terminologiya, oraliq uslub, qisqalik, londalik, ixchamlik, yorqinlik, ommaviy axborot vositalari, sifatdosh oborotlar, shart mayli, ritorik soroq, ritorik undov, murojaat, undov, bir bosh bolakli gaplar, turgun birikmalar, kirish bolak, kirish gap, shaxsi umumlashgan gap. Uslublararo qollaniladigan yoki neytral til birliklari.
Ozbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika - uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli soha va vaziyatda qollanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va mano nozikliklarini aniqlash bilan shugullanadi. «Stilistika tilda mavjud bolgan barcha vositalar leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, malum bir tipdagi forma, soz va konstruksiyalardan qaysi birini qollash muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, norma qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qollanadigan vositalarni belgilab beradi, Shunga kora, stilistika soz sanati, ifoda vositalar haqidagi alohida bir fandir»40.
Tildagi ana shunday muammolar bilan shugullanadigan uslubshunoslikning quyidagi yonalishlari mavjud:
Tilning leksik resurslarini organuvchi yonalish.
Funksional stilistika vazifaviy uslubshunoslik.
Badiiy adabiyot uslublari.
Amaliy uslubshunoslik.
Mavzu nuqtai nazaridan bu orinda bizni vazifaviy uslubshunoslik qiziqtiradi. Kishilar oz ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan fonetik, grammatik, leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, avvalo ularni oz ehtiyojlaridan kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va qollaydilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab korinishlarga ega bolishi, sinonimik rang-baranglik shunday yol tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq jarayonida til birliklarining oziga xos uslubiy chegaralanishini taqozo qiladi. Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani vazifaviy uslubshunoslikni vujudga keltirdi.
Ozbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga til va tildan tashqarida bolgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N.A.Baskakov, A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov, Ђ.Abdurahmonov, B.O’rinboyev, S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo’lib, ularda asosan beshta uslub – so’zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar e’tirof etiladi.
Ular haqida bilimga ega bolish oquvchilarga ona tilimizning nutq jarayonidagi imkoniyatlarini organishga komaklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |