Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til meyorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi ozbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bolishi, turli gayriadabiy va gayriaxloqiy til elementlaridan xoli bolishi kerak. Bu masalaning til jihati bolib, nutqiy tozalikning tildan tashqari paralingvistik jihatlari ham undan kam bolmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy manaviy-axloqiy qadriyatlarga ega bolgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bolayotgan ozbek xalqining madaniy darajasiga mos bolishi lozim.
Xosh, nutqimizning toza bolishiga xalaqit berayotgan lingvistik elementlar qaysilar? Bular asosan dialektizmlar va varvarizmlardir. Togri ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bolmaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar malum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning malum goyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy ruhni bermoqchi, asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilmoqchi yoki boshqa bir maqsadni kozlagan bolsin. Ana shunday paytlarda tilning bu unsurlariga murojaat qilish hatto zarur. Masalan: Yoshulli, saning qizing bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara badkirdor na sababdan mundoq yomon sozlarni elga tarqatding (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy ruhni (xorazm ruhini) berishga xizmat qilayotgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar chet sozlar badiiy matnda xarakter yaratishda yozuvchiga komaklashgan : Dubora yana bordi bir ishga shul, / Sokib net, - dedi, kelma durrak, poshul! (Muqimiy). Yoki H.H.Niyoziyning «Boy ila xizmatchi» dramasidagi qozi nutqini olaylik. U ozining bilimsiz ekanligini yashirish uchun ataylab arabcha-forscha sozlarni ishlatishga intiladi: Qozi. Ayni hikmat sozlaysiz! (Ђofirga) Hozirgi inoding ayni hamoqat !
Dialektal so’zlarning badiiy adabiyotda o’rni bilan ishlatilishi faqatgina maqsadga muvofiq bo’lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qolishiga xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dialektizimlar va adabiy til meyori doirasida meyorni belgilash tilimizdagi masuliyatli masalalardan biri sanaladi.
Shevalarimizda shunday leksik birliklar mavjudki, ular adabiy tilimizga kirib ulgurmagan yoki shu holicha qolib ketgan. Bu kabi sozlarning adabiy meyori haqida nima deyish mumkin? A.Yu.Aliyev «Ozbekiston jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonuni va ozbek tili nutq madaniyati» nomli maruzasida «Ayrim narsa va hodisalarning nomlari adabiy til va uning lugatlarida uchramaydi. Lekin dialekt va shevalarda mavjud boladi. Bunday vaqtda aniq narsa va hodisalarning nomlarini anglatuvchi soz va atamalarni hyech ikkilanmasdan shevalardan olib adabiy tilga kiritishimiz kerak», - degan fikrni aytib, uning tasdigi sifatida quyidagi misollarni keltirgan edi: chokkala (laganbardor), otik (otadigan joy), kechik (kechib otadigan joy), sarimsoq (godakning nomi qoyilguncha bolgan ismi), uzuchak (uchta bola tuqqan xotinning bolalari yoki qoyning qozilari), madang (yogochdan qilingan eshik qulfi, tanba), qalangi-qasangi (yengil tabiat odam), omgan (kokrak), arpabodiyon (ukrop turi), oymoq (angishvona) singari37.
Tadqiqotchining aytgan fikrlariga qoshilish mumkinu, keltirgan misollarini maqullab bolmaydi. Chunki kechik, qalangi-qasangi, arpabodiyon, oymoq, omgan sozlari «Ozbek tilining imlo lugati»da bor, demak, allaqachon adabiy tilga qabul qilingan, meyorlashgan. Otik sozi ham otuv va otadigan joy tarzida istemolda. Chokkala sozini adabiy tilga qabul qilganda ham endi uning laganbardor sozini siqib chiqarishi qiyin. Sarimsoq sozini balki oylab korish mumkindir, ammo madang sozini adabiy tilga olib kirib bolmaydi. U umumxalq tili mulki bolib qolaveradi, ammo ilmiy-texnika inqilobi roy bergan hozirgi zamonda yogochdan qilingan eshik qulfining - ozi yoq bolib ketgan narsaning nomini adabiy tilga olib kirishga hojat yoq.
Togri, umumxalq tilidagi ayrim sozlar, haqiqatdan ham adabiy tilga kirmasdan qolgan. Bu holni faqat lugatlarni tuzuvchilarning kamchiligi yoki ana shunday soz va tushunchalarning mavjudligidan xabardor emasligida deb baholanishi mumkin. Masalan, yangi tuqqan sigirning sutidan tayyorlangan taomning kilagay/ gilagay/ galagay, yangi tuqqan qoy-echkining sutidan tayyorlangan taomning esa qaganoq/ /qogonoq deyilishi ozbek tili vakillarining hammasiga, jumladan, tilshunos-lugatshunoslarning barchasiga ham malum bolmasligi mumkin. Shuning uchun ham «Ozbek tilining imlo lugati»ga bu sozlarning ikkinchisi kirgan, birinchisi kirmasdan qolgan. Aslida ozbeklarning chorvachilik bilan shugullanadigan qismi yoki uylarida sigir, qoy, echki saqlab, ularning sut-qatigidan foydalanadiganlari ana shu taomlarni tayyorlashadi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Shunday ekan, bu sozlarni faqat sheva sozlari deb bir chetga surib qoyib bolmaydi va ular adabiy tilga kirishga haqli. Shu manoda A.Yusupov keltirgan totra / torta (yog quyqasi) sozini ham adabiy tilga kiritish mumkin. Bu kabi lingvistik birliklar turli kasblar va sohalarda kuzatiladi.
Etirof etish kerakki, ozbek tilidagi kop shevalilik sharoitida leksik meyorlarni belgilashning oziga xos qiyinchiliklari ham bor. Har bir sheva vakilida malum tushunchani ifodalaydigan sozning tabiiy ravishda oz shevasidagi variantidan foydalanishga moyillik seziladi. Bu holatni hatto ayrim sheva vakillari bolgan shoir va yozuvchilar ijodida ham kuzatish mumkin. Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor, albatta. Ijobiy tomoni - adibning, yani sheva vakili bolgan ijodkorlarning sharofati bilan malum soz adabiy tilga kirib qolib, meyorlashishi mumkin. Agar bu birlik kopchilik tomonidan qabul qilinmasa, uni endi til leksik meyorining buzilishi deb qarashga togri keladi.
Ijtimoiy muhitning tildan foydalanish jarayoniga tasir korsatishi tabiiy bir holdir. Kishilar nutqlarida ozlari bilib-bilmay yoki etiborsizlik oqibatida boshqa til elementlaridan ham foydalanadilar. Boshqa millat vakillari bilan birgalikda yashash, mehnat qilish, talim olish, xullas, muomala jarayonida ana shu hol yuz beradi.
Boshqa tillardan soz ozlashtirish ulardan nutqda zaruriyatga kora foydalanish salbiy hodisa emas. Ammo bunday sozlar orasida varvarizm deb ataluvchi shunday bir qatlam mavjudki, ularni nutqda qollash-qollamaslik masalasiga adabiy til meyorlari nuqtai nazaridan munosabat bildirish lozim.
Gap shundaki, varvarizm sifatida qaraladigan nu, tak, vot, sovsem, voobщye, tolko, tolko tak, yestestvenno, ob’yazatelno, konechno, uje, pochti, tak chto, znachit, kak raz, neujeli, tem boleye, dokument, oformit qilmoq, organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, razresheniye olmoq, podpis qo’ymoq, bo, akun, soni kabi so’z va birikmalarning ozbek tilida aynan ekvivalentlari mavjud. Buning ustiga ular adabiy tilimizga kirgan emas. Demak, bu sozlar ozbek tili uchun meyor emas. Ammo biz ularni, ijtimoiy muhit tasiridan bolsa kerak albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik meyor ham, nutq ham buziladi.
Shuning uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatilishini ijobiy hodisa sifatida emas, balki meyorning buzilishi deb qarash va ularni nutqda qollamaslik lozim.
Ruscha soz va iboralarning, sintaktik qurilishlarning tilimizdan juda sekinlik va qiyinchilik bilan chiqib ketayotganini ham tarixiy jarayon sifatida qabul qilishga togri keladi.
Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy uslubga xos bolgan sozlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib turadi. Ular rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda qulay. Ilmiy uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan foydalaniladi. Ammo bunday soz va iboralarni sozlashuv va badiiy nutq uslubida ishlatish matnga putur yetkazishdan boshqa narsa emas. Bunga A.Qahhorning «Nutq» hikoyasi qahramonining tabiiylik va samimiyatdan xoli bolgan hamda shu yol bilan goyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan nutqi misol bola oladi. Parcha keltiramiz: Ortoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil tolgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Etibor beraylik: suhbatda onlab yoki yuzlab kishi emas, ikki kishi er va xotin ishtirok etayapti. Avval xotin bu gaplarni hazil deb oylaydi, «qiyqirib chapak chaladi». Ammo notiq jiddiy qiyofada sozida davom etadi. Birinchidan, ikkinchidan deb oilada bir yil davomida yuz bergan yutuq-kamchiliklarni rasmiy ravishda sanab otadi va nutqni quyidagicha yakunlaydi: -Lekin bu kamchiliklarga qaramay, turmushimizni alo darajada olib borayotganligimizga hyech qanday shubha bolishi mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha sozimni tamom qilib, oilamiz bundan keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga tola ishonch bildirishga ijozat bering!
Notiq nutqini tugatgandan keyin yana asliga qaytadi. Xotini uning har bir sozidan zavqlanadi, kuladi. Nima uchun notiq bir vaziyatda ozini ikki xil tutayapti? Sababi shundaki, u garchi ozini «keng eshituvchilar ommasiga moljallangan notiq» deb hisoblasa ham, qaysi holatda, vaziyatda qanday gapirish kerakligini bilmaydi. Tilning vazifa va uslub jihatdan amal qilish qonuniyatlarini sayoz tushunadi. Shuning uchun ham uning nutqi notabiiy va kulgilidir.
Parazit sozlar deb ataluvchi leksik birliklar ham til madaniyati uchun yotdir. Ular asosan sozlashuv nutqida kop ishlatilib, notiqning oz nutqini kuzatib bormasligi, etiborsizligi natijasida paydo boladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan, ayrim kishilar ozlari sezmagan holda demak, xosh kabi sozlarni qaytaraverishga organib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatlik nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov, - «ortoqlar» sozi 101 marta, «yani» sozi 73 marta, «demak» sozi 60 marta takrorlanganligining guvohi bolganmiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234 ta ortiqcha, «bekorchi» soz ishlatilgan-a»38.
Vulgar sozlarning uchrashi ham nutqimiz tozaligiga salbiy tasir qiladi. Ogzaki nutqda bazan uchrab qoladigan sokinish, haqorat sozlarni ishlatish axloq meyorlariga, sharqona muomala madaniyatimizga mutlaqo togri kelmaydigan ishdir. Ammo badiiy adabiyotda personajlarning kuchli hayajonini, gazabini ifoda etish maqsadida vulgar sozlarga murojaat qilgan holatlarga duch kelamiz: Qarg’ash uchun so’z topolmadi, / Ђazabini hyech bosolmadi. / «O’ynash» so’zin hadeb hijjalab, / Oxir dedi «Fohisha, jalab…» (H.Olimjon). Imkoni boricha badiiy adabiyotda ham vulgarizmlarni ishlatishdan qochish kerak. Chunki badiiy adabiyot kishilarga estetik tasir otkazish vositasi bolish bilan birga tarbiya manbai ekanligini ham unutmasligimiz kerak.
Xullas, nutqimizning tozaligi uchun kurash undan foydalanuvchi har bir kishining vazifasi bolishi kerak. Ana shundagina umummilliy til madaniyati haqida gapirishimiz mumkin boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |