CHet mamlakatlarda mevachilik. Markaziy Osiyo, Kavkaz orti davlatlari, Uzoq sharq, shuningdek Xitoy, Hindiston, Birma, Eron, O’rta yer dengizi sohillari meva daraxtlarining vatani hisoblanadi. Ular Vavilioniyada va Suriyada eramizdan 3000 ming yil ilgari, Xitoyda 2000 yil ilgari, Hindistonda 1300 yil ilgari, Qrimda 700 yil ilgari, Gretsiyada 300-400 yil ilgari ekilgan. Ma’lum bo’lishicha, meva ekinlarining ko’pchilik navlari 4000 yildan ortiq; gilos, olcha, limon 2 ming yildan ortiq; apelьsin va rezavor mevalar 2 ming yilga yaqin vaqtdan buyon ekilib kelinmoqda.Dunyo bo’yicha meva ekinlari maydoni 2008 yilda 39,5 mln. gektarni tashkil etib, shundan eng katta maydonni - 7 mln gektarni zaytun, 17 mln gektarni mevali bog’lar, 1,5 mln gektardan ko’prog’ini tsitrus ekinlar tashkil qilgan. Bog’ maydoni jihatdan birinchi o’rinda Hindiston bo’lib – 10,7 mln gektar, Xitoyda 6,4 mln, Koreyada 1,6 mln, Ispaniyada 1,5 mln, Italiyada 1,1 mln, Rossiyada 0,84 mln, AQSH da 0,65 mln, Turkiyada 0,17 mln gektarni tashkil qiladi.Dunyo bo’yicha har yili 262 mln tonnadan ortiq meva, yong’oq, rezavor-meva yetishtiriladi, shundan 72 mln tonnasi Yevropada, 43 mln tonnasi Amerikada, 41 mln tonnasi Osiyoda, 12 mln tonnasi Afrikada, 4 mln tonnasi Avstraliyada yetishtirilmoqda. Dunyo bo’yicha eng ko’p yetishtiriladigan meva olma bo’lib, har yili 40 mln tonnadan ko’proq yetishtiriladi. Hozirgi vaqtda tsitrus meva ekinlarining salmog’i yildan-yilga ortib bormoqda va har yili 100 mln tonnadan ortiqroq tsitrus mevalar yetishtirilib yil davomida iste’mol qilinmoqda. Tropik mevalarning eng ko’pi Hindistonda yetishtirilmoqda. Har yili dunyo bo’yicha 63 mln tonnadan ortiq uzum yetishtiriladi. Uning 85 % Yevropa va Osiyo davlatlari ulushiga to’g’ri keladi. O’rtacha jami yetishtirilgan uzum mevasining 83 % i vino va sharbat tayyorlashga, 12 % i yangiligicha is’temol qilishga va 5 % i esa quruq meva (mayiz) tayyorlashga sarflanadi.
Tijorat maqsadida yetishtiriladigan mevalar. Buyuk Britaniyada mevalar tijorat uchun juda ko’p hajmda yetishtiriladi, asosan supermarketlar hamda chakana savdoda, qayta ishlashda, meva sharbati va sirkasi kislotasini tayyorlash uchun maxsus xo’jaliklarda yetishtiradi. Buyuk Britaniyada tijorat asosida 2009 yilda 415000 tonna meva 571 million yevro qiymatida ishlab chiqarilgan. Buyuk Britaniyada Meva o’simliklarini ko’plab turlari o’stiriladi – bulardan eng keng tarqalgan meva turlaridan olma, nok, qulupnay, malina, qora smorodina, maymunjon va kamroq darajada, olxo’ri va gilosni o’z ichiga oladi. Boshqa turdagi rezavor mevalar krijovnik va qizil, oq smorodinalar kam miqdorda tijorat maqsadida yetishtiriladi bu mevalar kontserva va tijorat maqsadida yetishtiriladi. Hozirgi paytda fermerlar bu mevalarni organik oziqaviy muhitda yetishtirmoqda afsuski ularni hamma savdo do’konlarga yetkazib berolmaydi. Siz shu turdagi mevalarni mamlakatning har bir burchagida topishingiz mumkin. Buyuk Biritaniya bu mevalarni yetishtirish uchun ajratilgan yerlar 28 ming gektari futbol maydonining 28 tasiga teng. Tijorat uchun yetishtiriladigan yerlarning asosiy qismini Kent, Worcestershire, Herefordshire, Gloucestershire va Somerset oxirgi 3 ta mamlakat o’zining Sider olmasi hamda Perry noki bilan mashhur. Buyuk Britaniyada olmaning turli xildagi navlari yetishtiriladi. Bularga Saxro olmasi, Yegremont olmasi, Gala olmasi, Spartan olmasi, Vorekaster Pearmani, Jonagold va Braeburn olmalari kiradi. Bramli olmasi katta miqdorda yetishtirilib sanoat hamda kontservalashda ishlatiladi. Eslanta qulupnay turi keng miqdorda tijorat maqsadida yetishtiriladi. Sanoat uchun Lambada navi, Darselekt turlari sosansupermarketlarda sotiladi. Qora smorodinalar qayta ishlash sanoatida Ribena ichimligini tayyorlash maqsadida yetishtiriladi2.
Nazorat savollari.
O’zbekistonda meva va rezavor-meva o’simliklarining nechta turi o’sadi?
O’zbekistonda mevachilik sanoat asosida qachon rivojlana boshlagan?
Meva daraxtlarining kelib chiqish vatani haqida nimalarni bilasiz ?
Do'stlaringiz bilan baham: |