1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,23 Mb.
bet54/144
Sana05.01.2022
Hajmi1,23 Mb.
#320207
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   144
Bog'liq
Sotsiologiya va madaniyatshunoslik (1)

Qo’shimcha tatillar. Qo’shimcha tatil bu ayrim xodimlarga o’zlariga belgilangan asosiy (minimal yoki uzaytirilgan) tatildan tashqarii (qo’shimcha ravishda) beriladigan mehnat tatili turidir. Mehnat kodeksning 136-moddasiga muvofiq, qo’shimcha tatillar quyidagi xodimlarga belgilanishi kerak:

-mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlarga;

-o’ziga xos bo’lgan, shuningdek, og’ir va noqulay-tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga,

-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Yana shunga e’tibor qaratish kerakki, Mehnat Kodeksining 232-moddasi o’n ikki yoshga to’lmagan ikki yoki undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili ijtimoiy qo’shimcha ta’til berilishini nazarda tutadi. Chunonchi, qo’shimcha ta’til olish huquqiga Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil harakati sababli nogiron bo’lib qolganlardan, Chernobil AES da ishlagan yoki halokat natijasida zararlangan zonada halokat oqibatlarini tugatish ishlarida ishtirok etgan, maxsus yig’inlarga chaqirilgan va halokat oqibatlarini tugatish bilan bog’liq zararlangan zonadagi ishlarni bajarishga jalb etilgan xarbiy xizmatchilar va xarbiy majburiyatli shaxslar egadirlar. Ko’rsatib o’tilgan xodimlarga ish haqi saqlangan holda, har yili beriladigan qo’shimcha ta’til muddati 14 kalendar kundan iborat bo’ladi. «Prokuratura to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 52-moddasiga muvofiq, prokuror-tergov xodimlariga asosiy ta’til (30 sutka) dan tashqari ish staji uchun:

-o’n kalendar yildan keyin-5 sutka;

-yigirma kalendar yildan keyin-10sutka;

-yigirma besh kalendar yildan keyin-15 sutka muddat bilan haq to’lanadigan qo’shimcha ta’til beriladi.



Mehnat ta’tillarini beri shva ulardan foydalanish.

Mehnat ta’tillarini berish tartibi va navbati. Yillik mehnat ta’tilini berish navbati ko’p jihatdan korxona bajarayotgan vazifalarning o’ziga xos xususiyatlariga va talay boshqa holatlarga bog’liq bo’ladi. Xodimlarga mehnat ta’tillarini beri shvaqti jadvalda shunday mo’ljal bilan belgilanishi kerakki, toki ulardan foydalanish normal ishlab chiqarish jarayoniga halaqit bermasin. Biroq, hatto, ana shu holat ham ayrim xodimlarga mehnat ta’tilini, yilning ular uchun qulay vaqtida berishni rad etishga asos bo’la olmaydi. Bunday xodimlar ro’yxati Mehnat Kodeksi 144-moddasining uchunchi qismida nazarda tutilgan bo’lib, unga binoan, ta’til xodimning xohishiga ko’ra, yozgi yoki uning uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda berilishi kerak:

-o’n to’rt yoshga to’lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg’iz ota, yolg’iz ona (beva erkaklar beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg’iz ona) larga va muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;

-I va II guruh nogironlariga;

-1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo’yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

-o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga;

-ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotganlarga.

Ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning xohishlariga binoan, xotinlarning homiladorlik va tug’ish ta’tili davrida beriladi.

Mehnat Kodeksi 143-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy qoidaga ko’ra, birinchi ish yili uchun mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda mehnat shartnomasiga binoan, ish boshlangan kundan e’tiboran olti oy o’tganidan keyin paydo bo’ladi. Mehnat Kodeksi 143-moddasining uchinchi qismiga binoan, ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo’yicha olti oy o’tmasdan beriladi:

-ayollarga-homiladorlik va tug’ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;

-I va II guruh nogironlariga;

-o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga;

-muddatli harbiy xizmatdan zahiraga bo’shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;

-o’rindoshlik asosida ishlayotganlarga;

-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, umumiy ta’lim maktablarida, hunar-texnika bilimi yurtlarida, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida o’qiyotganlarga, agar ular o’zlarining yillik ta’tillarini imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni shohlasalar;

-texnologiyadagi ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga:

Ko’rsatilgan hollarda ish beruvchi, shuningdek, xodimning unga ishga kirga kunidan boshlab olti oy o’tmasdan to’liq muddatli haq to’lanadigan ta’tilni berish to’g’risidagi idtimosini qanoatlantirish shart. Avvalgi ish joyidagi mehnat shartnomasi xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o’zgarishi munosabati bilan birinchi ish yili uchun mehnat ta’tilidan muddatidan oldin foydalanish huquqiga ega. Binobarin, birinchi ish yili xohishiga ko’ra, istalgan paytda, shu jumladan, mazkur korxonadagi ishning olti oyi o’tmasdan oldin ham berilishi mumkin. Xodim muddatidan oldin ta’til olish uchun tasdiqlovchi hujjat sifatida unga avvalgi ish joyidan berilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning ko’chirma nusxasini ish beruvchiga taqdim etishi mumkin. Ta’til mazkur toifadagi xodimlar uchun belgilangandan kam bo’lmagan muddatga berilishi va to’liq miqdorda haq to’lanishi lozim.

Mehnat Kodeksi 144-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, ta’til beriladigan vaqt haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida o’n besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.

Mehnat ta’tilini uzaytirish, uni boshqa muddatga ko’chirish va qismlarga bo’lish. Ta’tilni uzaytirish deganda xodim qonunlar va mehnat to’g’risidagi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ob’yektiv sabablarga ko’ra, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun foydalana olmagan, uzilib qolgan ta’tilning foydalanmay qolgan qismii keyiroq muddatga surish tushuniladi. Ta’tilni uzaytirishning uni boshqa muddatga ko’chirishdan farqlovchi o’ziga xos belgisi shundaki, xodim ta’tildan foydalanishga to’sqinlik qiluvchi ob’yektiv sabablar yo’qolganidan keyin o’z mehnat vazifalarini bajarishga kirishmaydi, balki mehnat ta’tili tugashini bildiruvchi sana kelganiga qaramay, ta’tilda bo’lishni davom ettiraveradi. Masalan, 1 martdan 31 martga qadar mehnat ta’tili berilgan xodim shu davrda 10 kun kasal bo’lgan. Xodim ish joyiga taqdim etgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi mehnat ta’tilini unda ko’rsatilgan kasallik kunlari soiga uzaytirish uchun asos bo’ladi. Ko’rsatilgan misolda ish beruvchi mehnat ta’tilini 10 aprelga qadar uzaytirishi kerak.


Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish