9-mavzu: Dam olish vaqti va uning huquqiy kafolatlari.
Reja:
1.Dam olish vaqti tushunchasi va uning turlari.
2.Mehnat ta’tillari tushuchasi va uning turlari.
3.Mehat ta’tillarini berish va ulardan foydalanish.
4.Ish haqi saqlanmagan holda beriladiga ta’til.
5.Ijtimoiy ta’tillar.
Tayanch iboralar:
dam olish vaqti; ish vaqti davomidagi tanaffuslar; ishdagi tanaffuslar; dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffuslar; qo’shimcha tanaffuslar; kundalik dam olish; har haftalik dam olish; bayram kunlari; ishdan xoli qo’shimcha kunlar; mehnat ta’tili; asosiy va qo’shimcha ta’tillar; minimal asosiy ta’til va uzaytirilgan asosiy ta’til; qo’shimcha ta’til; ta’tilni uzatirish; ta’tilni ko’chirish; ta’tilni bo’lish; ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til; ijtimoiy ta’tillar; homiladorlik va tug’ish ta’tillar; bolani parvarishlar ta’tillari; o’quv ta’tillari; ijodiy ta’tillar.
Dam olish vaqti tushunchasi va uning turlari.
Mehnat Kodeksining 126-moddasiga binoan,-dam olish vaqti-bu xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va bundan u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtdir. Xodim ishdan ozod etib qo’yilgan va mehnat vazifalarini bajarish bilan band bo’lmagan (masalan, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ta’lim olish, malaka oshirish va shu kabilar bilan bog’liq holda) boshqa davrlar dam olish vaqtiga kiritilmaydi, chunki xodim bunday davrlardagi vaqtni o’zi xohlaganidek tasarruf etish va undan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish imkoniyatiga ega emas. Ijtimoiy ta’tillar ham dam olish vaqtiga kiritilmaydi, negaki ularning hammasi tamomila belgilab qo’yilgan maqsadga ega bo’ladi. Xodimga bunday ta’llar dam olish, hamda ish qobiliyatini tiklash uchun emas, balki masalan, bolani parvarishlash uchun, o’qish uchun, darslik yozish bilan bog’liq ish uchun, nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyasini yoqlash va shu kabi maqsadlar uchun beriladi.
Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida dam olish vaqtinig quyidagi turlari nazarda tutilgan:
-ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
-kundalik lam olish (smenalararo tanaffus);
-dam olish kunlari (uzluksiz har haftalik dam olish);
-har yilgi bayram (ishlanmaydigan) kunlari;
-ishlan ozod etib qo’yiladigan qo’shimcha dam olish kunlari;
Ish kuni davomidagi tanaffuslar. Ishdagi tanaffuslar–bu ichki mehnat tartibi qoidalari yoki boshqa lokal normativ hujjatlarda, agar ular bo’lmasa-xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan, muayyan hollarda esa bevosita qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan ish kuni mobaynidagi shunday davrki, unda xodim mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etib qo’yiladi. Huquqiy rejim inobatga olingan holda, ko’proq ikki turdagi tanaffuslar beriladi:
-ish vaqtiga qo’shilmaydigan, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffuslar;
-ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan, odatda, ish vaqtiga qo’shiladigan tanaffuslar.
Ish kuni davomidagi tanaffuslardan biri-dam olish va ovqatlanishi uchun beriladigan tanaffus bo’lib, u ish vaqtiga kiritilmaydi. Barcha xodimlarga shunday tanaffus berish majburiy ekanligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. Mehnat Kodeksi 127-moddasining ikkinchi qismiga binoan, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusning boshlanish va tugash vaqti ichki mehnat tartibi qoidalarida, ish smenasi jadvallarida yoki xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan bevosita mehnat shartnomasida belgilab qo’yiladi. Ish vaqtining normal muddatida ishlayotgan korxonalarga amaliyotda bunday tanaffuslarga ko’picha ish kuni boshlanganidan keyin to’rt soat o’tgach, chiqilishi belgilangan bo’ladi. O’zining oshxonasi, qahvaxonasi, bufeti, hamda turli kompleks taomlar tayyorlanadigan boshqa umumiy ovqatlanish nuqtalari bo’lgan korxonalarda normal ovqatlanishga yetarli muhlatdagi, masalan, muddati 30 minutlik tanaffus beriladi. Bunday sharoit bo’lmagan taqdirda tanaffus muddati, tabiiyki, uzaytirilishi lozim.
Ish vaqti jamlab hisobga olinganda ayrim kunlari kudalik ish (smena) muddati, aytaylik, 10, 11 yoki 12 soatga borganda, korxonada da olish va ovqatlanish uchun xodimlarga ikki marta tanaffus berish nazarda tutilmog’i kerak. Aksincha, ish vaqtining qisqartirilgan muddatida, to’liqsiz ish kuni va shu kabilarda tanaffusni umuman belgilamaslik ham mumkin.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish sharoitlari ko’pincha ishni to’xtatib turishga imkon bermaydi, binobarin, dam olish va ovqatlanish uchun xodimlarga tanaffus belgilashning iloji ham yo’q. Chunonchi, bolalar bog’chasi tarbiyachisi bolalarni qarovsiz qoldirib, ishdagi tanaffusdan o’z xohishiga ko’ra foydalana olmaydi. Nazorat o’tkazish punkti nazoratchilari, axborotni uzluksiz, qabul qilib uzatish pultida ishlayotgan operatorlar va shu kabi kasb egalari navbatchilikni tashlab keta olmaydilar.
Bunday ishlarni bajaruvchi xodimlarga ish beruvchi bevosita ish vaqtida ovqatlanib imkoniyatini ta’min etishi shart. Jumladan, bolalar bog’chasi tarbiyachilariga ovqatlanib olish uchun belgilanadigan vaqt, masalan ular tarbiyasida bo’lgan bolalarning ovqatlanish vaqtiga to’g’rilanishi yoki boshqa vaqt tayin etilishi (aytaylik, yasli grappasidagi bolalar ovqatlanib bo’lib, uxlash uchun yotgan paytda) mumki.
Mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda yuqorida aytib o’tilganidek, bajarilayotgan ishlarning o’ziga xos jihati va xususiyatlarini, hamda boshqa holatlarni inobatga olib, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffuslardan tashqari, qo’shimcha tanaffuslar berish ham nazarda tutilishi mumkin. Ana shunday tanaffuslardan biri Mehnat Kodeksining 236-moddasida nazarda tutilgan va u bolani ovqatlantirish uchun ayollarga beriladi. Bu tanaffuslar har uch soat oralatib har biri 30 minutdan kam bo’lmagan muddat bilan berilishi kerak. 2 yoshga to’lmagan ikki yoki undan ortiq bolasi bo’lgan taqdirda tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o’rtacha oylik ish haqi hisobi bo’yicha haq to’lanadi. Chunonchi, kompyuter va tashkiliy texnika bilan ishlovchilar uchun O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari, bosh sanitariya vrachi tomonidan 1996 yil 20 sentyabrda tasdiqlagan saitariya qoidalari va normalariga binoan kompyuterda ishlaganda har bir yarim-ikki soatda keyin muddati 10-15 minutlik qo’shimcha tanaffuslar bo’lishi, tushlik tanaffus muddati kamida 40 minut bo’lishi belgilab qo’yilga. Yuqorida zikr qilingan dam olish uchun beriladigan qo’shimcha tanaffuslar ish vaqtiga kiritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |