Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Gasanov M., Sokolov Ye., «O’zbekistonning mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari: savollar va javoblar». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 187-362 betlar.
2.Karimova O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari» Toshkent: «O’qituvchi»-1995 yil, 413-423 betlar.
3.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: «Adolat»-1996 yil, 61-72 betlar.
4.G’oyipov H.E. «Mehnat muhofazasi». Toshkent: «Mehnat»-2003 yil, 14-16 betlar.
9-mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari.
1.. .. – bu xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va bundan u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish mumkin bo’lgan vaqtdir.
a)ish vaqti
b)dam olish vaqti
v)qisqartirilgan ish vaqti
g)to’liqsiz ish vaqti
d)tungi ish vaqti.
2.Dam olish vaqtning qanday turlari mavjud?
a)ish kuni davomidagi tanaffuslar
b)kundalik dam olish
v)dam olish kunlari
g)yillik mehnat ta’tillari
d)barcha javoblar to’g’ri.
3.Qo’shimcha ta’tillar har necha soat oralab har biri 30 minutdan kam bo’lmagan muddat bilan berilishi kerak?
a)bir soat
b)ikki soat
v)uch soat
g)to’rt soat
d)besh soat.
4.Kompyuterda ishlaganda har biri necha soatdan keyin muddati 10-15 minutlik qo’shimcha tanaffuslar bo’lishi belgilab qo’yilgan?
a)1,5-2 soatdan
b)2-2,5 soatdan
v)2,5-3 soatdan
g)0,5-1 soatdan
d)1-1,5 soatdan.
5.. .. –bu bir ish kuni (smena) tugashi bilan keyingi kungi ish boshlanishi o’rtasidagi vaqt hisoblanadi?
a)ish kuni davomidagi tanaffuslar
b)kundalik dam olish
v)har yilgi bayram kunlari
g)dam olish kunlari
d)yillik mehnat ta’tillari.
6. .. .. deganda mehnat ta’tillari kafolatlangan ishda xoli dam olish kunlari tushuniladi?
a)kundalik dam olish
b)bayram kunlari
v)ishdagi tanaffuslar
g)har xaftalik dam olish
d)yillik mehnat ta’tillari.
7.Qaysi toifadagi xodimlarga ishdan xoli, qo’shimcha ta’til (kun) beriladi?
a)donorlarga
b)nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalarga
v)mehnat shartnomasi bekor qilinishi to’g’risida ogohlantirilgan xodimlarga
g)ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim muassasalarida o’qiyotgan xodimlarga
d)barcha javoblar to’g’ri.
8.Mehnat ta’tillarining qanday turlari mavjud?
a)asosiy va qo’shimcha
b)tashqi va ichki
v)gorizontal va vertikal
g)ob’yektiv va sub’yektiv
d)yakka tartibdagi va guruhiy.
9.O’z navbatida, asosiy ta’tilning qanday turlari mavjud?
a)minimal va maksimal
b)qisqa muddatli va uzoq muddatli
v)minimal va uzaytirilgan
g)yakka tartibdagi va guruhiy
d)oshkora va xufyona.
10.Minimal asosiy ta’tilning muddati har bir ish yilida necha kundan kam bo’lmasligi kerak?
a)o’n to’rt
b)o’n besh kundan
v)o’n olti kundan
g)o’n yetti kundan
d)o’n sakkiz kundan.
11.Yillik uzaytirilgan asosiy ta’til kimlarga belgilanishi mumkin?
a)18 yoshga to’lmagan shaxslarga
b)ishlayotgan I va II guruh nogironlariga
v)homilador ayollarga
g)a va b javoblar to’g’ri
d)a,b va v javoblari to’g’ri.
12.Bolalar bog’chalarining mudirlari, tarbiyachilariga, to’garak rahbarlariga, musiqa xodimlariga necha kundan iborat ta’til beriladi?
a)24 ish kunidan
b)36 ish kunidan
v)48 ish kunidan
g)15 ish kunidan
d)18 ish kunidan.
13.Qo’shimcha ta’tillar qaysi toifadagi xodimlarga belgilanishi kerak?
a)mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlarga
b)og’ir va noqulay tabiiy iqlim sharoit ish bajarayotgan xodimlarga
v) donorlarga
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a,b va v javoblar to’g’ri.
14.Prokuror-tergov xodimlariga asosiy ta’tildan tashqari yigirma besh kalendar yildan keyin qancha muddat bila haq to’lanadigan qo’shimcha ta’til beriladi?
a)5 sutka
b)10 sutka
v)15 sutka
g)20 sutka
d)25 sutka.
15.Birinchi ish yili uchun mehnat ta’tilidan foydalanish ish boshlangan kundan e’tiboran necha oy o’tganidan so’ng paydo bo’ladi?
a)uch oy
b)olti oy
v)sakkiz oy
g)to’qqiz oy
d)o’n bir oy.
16.Qaysi toifadagi xodimlarga ularning xohishi bo’yicha olti oy o’tmasdan ta’til beriladi?
a)I va II guruh nogironlariga
b)o’rindoshlik asosida ishlayotganlarga
v)o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga
g)ayollarga-homiladorlik va tug’ish ta’tili oldidan, yoki undan keyin
d)barcha javoblar to’g’ri.
17.Ta’til beriladigan vaqt haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida necha kun oldin xabardor qilinishi kerak?
a)15 kun
b)14 kun
v)13 kun
g)12 kun
d)10 kun.
18.Mehnat ta’tilining necha ish kunidan ortiq bo’lgan qismi keyingi ish yiliga ko’chirilishi mumkin?
a)10 kun
b)11 kun
v)12 kun
g)13 kun
d)14 kun.
19. .. .. .. deganda xodimga mehnat ta’tilini yoki uning faqat ayrim qismini ta’tillar jadvalida belgilanganidan farq qiluvchi muddatda berish tushuniladi
a)ta’tilni ko’chirish
b)ta’tilni bo’lish
v)dam olish vaqti
g)ta’tilni uzaytirish
d)ijtimoiy ta’tillar.
20. .. .. ..- bu undan ish yili mobaynida qismlar bo’yicha foydalanish imkoniyati bo’lib, qismlardan biri qonun hujjatlarida belgilangan muddatdan kam bo’lmasligi lozim.
a)ta’tilni ko’chirish
b)ta’tilni bo’lish
v)ta’tilni uzaytirish
g)dam olish vaqti
d)ijtimoiy ta’tillar.
21.Ishlayotgan I vaII guruh nogironlariga har yili ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilning muddati qancha?
a)12 kaledar kunga qadar
b)13 kalendar kunga qadar
v)14 kalendar kunga qadar
g)15 kalendar kunga qadar
d)16 kalendar kunga qadar.
22.Xodim qanday ijtimoiy ta’tillarni olish huquqiga ega?
a)homiladorlik va tug’ish ta’tillari
b)bolalarni parvarishlash ta’tillari
v)o’qish bilan bog’liq ta’tillar
g)ijodiy ta’tillar
d)barcha javoblar to’g’ri.
23.Tuqqanga qadar va tuqqandan keyin necha kalendar kun muddat bilan homiladorlik va tug’ish ta’tili beriladi?
a)50 va 56 kalendar kun
b)60 va 66 kalendar kun
v)70 va 66 kalendar kun
g)70 va 56 kalendar kun
d)50 va 50 kalendar kun.
24.Nomzodlik dissertatsiyasini yakunlash uchun necha oygacha ijodiy ta’til beriladi?
a)ikki oygacha
b)uch oygacha
v)to’rt oygacha
g)besh oygacha
d)olti oygacha.
25.Doktorlik dissertatsiyasini yakunlash uchun ne oygacha ijodiy ta’til beriladi?
a)olti oygacha
b)besh oygacha
v)to’rt oygacha
g)uch oygacha
d)ikki oygacha.
10-mavzu: Mehnati muhofaza qilish muammolari.
Reja:
1.Mehnati muhofaza qilish va u bo’yicha davlat nazorat tashkilotlarining faoliyatlari.
2.Yo’riqnomalar o’tkazish va ishchilarni xavfsiz ishlash usullariga o’rgatish.
3.Mehnat gigienasi, fiziologiyasi va psixologiyasi asoslari.
4.Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari haqida tushuncha.
Tayanch iboralar:
mehnat muhofazasi; kasaba uyushmasining texnik nazorati; sanoatda ish olib borish va kon nazorati; sanitariya nazorati; energetika nazorati; mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazorati; intizomiy, jinoiy va moddiy javobgarlik; chegaralangan moddiy javobgarlik va to’liq moddiy javobgarlik; kirish yo’riqnomasi; ish joyidagi yo’riqnoma; vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan yo’riqnoma; rejadan tashqari yo’riqnoma; mehnat gigienasi; umumiy va xususiy mehnat gigienasi; mehnat fiziologiyasi; mehnat psixologiyasi; diqqat-e’tibor; o’ziga olish; sezish, xotira, ishga layoqat; toliqish; hissiyotlar; jarohatlanish; kasb kasalligi.
Mehnatni muhofaza qilish va u bo’yicha davlat nazorati tashkilotlarining faoliyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |