Qisqa xulosalar.
Xodimlarni boshqarish tizimi deganda korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko‘rsatish uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan iqtisodiy – tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida mehnat reusrslarini boshqarish juda ham murakkabdir. Chunki ishlab chiqarish va boshqarish masalalarining markazida odamlar-ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar turadi. Korxona maqsadiga erishi va rejalarning bajarilishi faqat shular ishtirokida bo‘ladi. Inson omilini hisobga olmaslik, insonga be’etiborlik iqtisodda kamsamaralikka va ishlab chiqarish samaradorligini pasaytirishiga olib keladi.
Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning qobilyatlarini, ya’nada jadal va unumli mehnat qilishga qo‘zgatishdir. Inson omiliga e’tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, ma’suliyat bilan yondoshish mehnat resurslarini boshqarishning bosh g‘oyasidir.
Yerkin bozor sharoitida boshqaruv vazifalarning murakkablashuvi korxona rahbarlariga xodimlarni to‘g‘ri tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash ishlariga juda katta ma’suliyat bilan yondoshishni talab qiladi.
Shunday qilib, xodimlarni boshqarishdan asosiy maqsad ularning faoliyatini korxona foydasini oshirishga yo‘naltirishdir.
10-MAVZU. MENEJMENTDA MOTIVLASHTIRISH
10.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati
10.2. Motivlashtirish modellari va strategiyasi
10.3. Motivlashtirish nazariyalari
Tayanch so‘z va iboralar. Motivlashtirish. Ehtiyoj. Motivlashtirishning oqilona modeli. Insoniy munosabatlarni motivlashtirish. Kompleks motivlashtirish. Rag‘batlantirish va jazo strategiyasi. Ish orqali motivlashtirish. Menejarlar bilan doimiy aloqada bo‘lish. Motivatsiya bosqichlari.
10.1. Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati.
Ruscha – o‘zbekcha lug‘atda Motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan:
Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbai sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.
|
Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish – bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablardan namoyon bo‘ladi.
Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash dam olib o‘z kuchini tiklash, o‘zini issiq- sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni keyim – kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bo‘larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi, aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi.
Umuman:
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir.
|
Ehtiyoj qat’yyan tabaqalashgan bo‘ladi. Ya’ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga yoshi va jinsiga oilaviy ahvoli millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq.
Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali kishilarni motivlashtirish jarayonini quyidagi rasmda ifodalash mumkin (9-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |