11
mohiyatini ko‘rgazmali tasvirlovchi ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi
kerak.Mavzuning bayoni doskadagi va o‘quvchilar daftaridagi yozuvlar bilan birgalikda olib
boriladi. Doskada yozuv va rasmlarni o‘qituvchi tushuntirayotgan paytda, o‘quvchilar esa
doska oldida javob berayotganda bajariladi. Doskadan foydalanish o‘qitishdagi muhim
zvenodir. Masala yechishda, takrorlashda, o‘quvchilardan so‘rashda, hullas, barcha hollarda
to‘la ko‘rgazmalilik bo‘lishi lozim. Doskadagi rasmlar bilan bir qatorda o‘qitishda
ko‘rgazmalilik jadvallar, diapozativlar, kinofilmlar, kodoskoplar, proeksion apparatlar va
boshqalar bilan namoyish etiladi. Jadvalning roli ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchidan,
jadvaldan o‘qituvchi dars jarayonida, sinf oldida mavzuni tushuntirish paytida foydalanishi
mumkin. Bunda jadvallar o‘qituvchining bayonini va yozuvlarni to‘ldirib boradi. Ikkinchidan,
jadvallarni ko‘rinadigan joyga uzoq muddat ilib qo‘yish mumkin. ¤qituvchilarga diapozitivlar
va prosksion apparatlar uchun plyonkalardan foydalanish katta yordam beradi.
Diapozitivlarni o‘qituvchining o‘zi komp’yuterdan yoki printer uchun maxsus varaqlardan
foydalanib tez va oson tayyorlashi mumkin. Diapozitivlar barcha o‘qituvchilar tomonidan
yaxshi ko‘riladigan katta o‘lchamdagi tasvirlarni hosil qilish imkonini beradi, lekin
foydalanganda sinf xonalari qorong‘ilatirilishi kerak bo‘ladi. Bu esa ayrim noqulayliklarni
keltirib chiqaradi. Agar epidiaskop bo‘lsa, ekranga shaffof bo‘lmagan tasvirlarni ham
proeksiyalash mumkin. Bunda kitob va jurnallardagi rasmlardan ham foydalansa bo‘ladi.
Hozirgi kunda zamonaviy multimediaviy videoproektorlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ular tasvirni bevosita komp’yuterdan katta ekranga proeksiyalashga imkon
yaratadi.Nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishiO’quvchilarning informatikani bilishlarida
asosiy manba bo‘lib amaliyot hizmat qilishi kerak. Ushbu holat hozirgi jamiyatda har bir
kishining hayotida EHMlarni amaliyotda qo‘llashlaridan kelib chiqadi. Shuning bilan birga,
nazariya ham amaliyot bilan yaqin aloqada bo‘lib, o‘z o‘rnini topishi lozim. C hunki
faqatgina amaliy ko‘nikmalarning uzi nazariy jihatdan yoritilmasdan, informatika bilimlar
tizimini tashkil eta olmaydi. ¤quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, tafakkurini
shaklantirish informatika o‘qitishda amaliyot va nazariyani to‘g‘ri uyg‘unlashtirish,
informatika tarixi bo‘yicha ma’lumotlarning qiziqarli kiritish, nazariya va amaliyotning
birligini ta’minlash orqaligina amalga oshirish mumkin. FaollikInformatika bo‘yicha katta
hajmli, murakkab va har hil materiallar o‘quvchilar tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishi
mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan o‘quv axboroti
o‘quvchining haqiqiy bilimiga aylanadi, agarda u hech bo‘lmaganda o‘quvchilar tomonidan
qabul qilinsa, ularga tushinarli bo‘lsa va o‘quvchilar berilayotgan axborotni foydali deb
baholasalar. ¤qituvchi bilimlarni tanbeh holda bermasligi, balki o‘quvchilarni o‘zlarining faol
yaxlit ish faoliyati jarayonida bilimlar tizimini shakllantirishga erishish lozim. Faqatgina
o‘quvchilarning faol, mustaqil ishlari mavjud bo‘lgandagina, biz tashabbuskor kishilarni
tarbiyalay olamiz. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlashning faol
(interfaktiv, progressiv) shakl va usullardan foydalanishi lozim.Boshqa o‘quv predmetlaridan
kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ko‘pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq
o‘quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo‘lishlari bilan
birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning
samarali vositasi hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: