3
1-MAVZU:
“TEXNOLOGIYA
TA’LIMINI
O’QITISHDA
INNOVATSION
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA
VAZIFALARI
.
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy kiyofasiga, akliy saloxiyatiga
xamda kasbiy maxoratiga nisbatan aloxida mas’uliyatlar yuklangan. Bu borada
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni kayd etadi: «Biz yurtimizda
yangi avlod, yangi tafakkur soxiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli
vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va
tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda
ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz». Ushbu fikrlardan
bugungi kun o’qituvchisiga nisbatan qo’yilayotgan talablarnipg mazmun va moxiyati
anglaniladi. O’z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Xojib, Sa’diy Sheroziy, Abu
Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Abdulla
Avloniy va boshqalar o’qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o’qituvchi
shaxsida aks etishi zarur bo’lgan sifatlar xususida qimmatli ma’lumotlarni o’z asarlarida qizg’in
baѐn qilishgan. Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda rivojlanayotgan, zamonaviy
axborot texnologiyalarining salmog’i keskin oshayotgan bir davrda o’qituvchining
pedagogik texnologiyalarni mukammal bilishi, o’z pedagogik maxoratini takomillashtirib
borishi muxim ahamiyat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror soxasida ro’y berayotgan
yirik kashfiyot kariyb o’n besh yillik samarali va kishi zo’rg’a ishonadigan voqea
xisoblangan bo’lsa, hozir xar yili, xatto xar oyda fan, texnika soxasida yangi kashfiѐtlar
yaratilmoqda, bilimlarning ilgari nom a’lum bo’lgan yangi yunalishlari maydonga kelmokda.
Kishilarda bilimga bo’lgan intilish beqiѐs darajada o’sib borayotir. Shuning uchun xozirgi kunda
o’qituvchi fakat o’z fani bo’yicha emas, balki o’z faniga yakin bo’lgan soxalardagi yangiliklarni
xam bilishi talab etiladi.
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat bo’lajak o’qituvchilar va
tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim -tarbiya jaraѐnida o’qituvchi
va o’quvchilarning o’zaro xamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati,
tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy — ma’rifiy na tarbiyaviy ishlarini tashkil etishi va
amalga oshirish, bu jarayonda hulq-atvorni va xissiyotini jilovlay olish xususiyatlarini
o’rgatadi va o’z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to’g’risida
ma’lumotlar beradi. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat o’qituvchilarning
pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi. Pedagogik texnologiyalar na pedagogik
maxoratni tanlashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash, pedagogik jamoa bilan
doimiy muloqotda bo’lish ijobiy natijalar 6eradi. Binobarin, bunday muxitda o’zaro fikr
almashish shaxsiy muloxazalarni boshqalar tomonidan bildirilaѐtgan qarashlar bilan
taqqoslab,ularning to’g’riligi, xaqqoniyligiga ishonch xosil kilish, mavjud bilimlarni yanada
boyitish, yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo’llarini topish
imkoniyati mavjud.O’quv fanning maqsadi va vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: