Muvozanat tenglamasi. Jism muvozanatda bo‘lishi uchun kuchlarning bosh vektori va bosh momenti nolga teng bo‘lishi kerak[1]:
(1.1)
Ushbu shartni koordinata o‘qlariga proeksiyalasak, quyidagi 6 ta tenglamani yozish mumkin:
(1.2)
Amaliyotda ko‘p hollarda jismga tasir qilaetgan kuchlar bir tekislikda bo‘lsa (komplenar) bo‘lsa, u holda yuqoridagi muvozanat tenglamasidan 3 tasi qoladi:
(1.3)
4. Qoldirilgan chap qismning muvozanat sharti yoziladi.
(1.4)
Ichki kuch omillarining har bir alohida turi deformatsiyaning alohida turi bilan bog‘liq. Masalan, brus ko‘ndalang kesimlarida faqat normal kuch N hosil bo‘lib, qolganlari nolga teng bo‘lsalar, brus cho‘zilish yoki siqilish deformatsiyasi ta’sirida bo‘ladi. Brus ko‘ndalang kesimlarida faqat ko‘ndalang kuch (QX yoki QY) ta’sir etsa-siljish, faqat burovchi moment MZ ta’sir etsa buralish deformatsiyasi sodir bo‘ladi. Brus ko‘ndalang kesimlarida bosh moment tuzuvchilaridan faqat Mx yoki Mu ta’sir etsa, u sof egilish deformatsiyasi ostida bo‘ladi. Bir vaqtda ko‘ndalang kesimda bir necha zo‘riqish kuchlari ta’sir etsalar brus murakkab deformatsiya vaziyatida bo‘ladi.
Ichki kuchlarning jadalligini (intensivligini) baholash uchun kuchlanish tushunchasi kiritiladi. Kuchlanish topilishi zarur bo‘lgan K nuqta atrofida elementar G‘ yuzacha ajratamiz (8 - shakl). Unda o‘rtacha kuchlanish
(1.5)
__________________
[1] Hibbeler.R.C Mechanics of materials (ninth edition) copyright.2014. 905pp ( 6-bet)
bu erda R - ushbu G‘ elementar yuzachadagi ichki zo‘riqish kuchlarining teng ta’sir etuvchisi.
|
|
|
1.8 - rasm.
|
|
1.9- rasm 1.10-Rasm
|
Ajratilgan elementar yuzacha qancha kamaytirilsa, kesim nuqtasidagi ichki kuch intensivligi shuncha aniqroq topiladi.
Ajratilgan elementar yuzacha nolga intilganda (nuqtaga tortilganda) nuqtadagi kuchlanish haqiqiy kuchlanish deyiladi.
(1.6)
Kuchlanish vektorini ikkita tuzuvchiga ajratamiz (9 - shakl): kesim yuziga tik yo‘nalgan normal kuchlanish (), kesim yuziga parallel yunalgan urinma kuchlanish ().
Nuqtadagi to‘la kuchlanish
(1.7)
Malumki jismning ko‘ndalang kesimlaridagi zo‘riqish kuchlarini topish uchun kesish metodidan foydalanib ularni bir bosh vektor va bir bosh momentga keltiriladi.[1] Kesimning biror nuqtasida elementar yuzachaga tasir etayotgan teng tasir etuvchisi ∆R bo‘lsin(1-11 rasm).
∆R ni o‘qlar bo‘yicha 3ta tashkil etuvchiga ajratiladi. (1-11 rasm).
Kesimning biror nuqtasiga tasir etayotgan kesim yuzasiga perpendikulyar va parallel yunalgan yo‘nalgan tashkil etuvchilarga ajratamiz(1-11rasm, a,v,s,).
Kesimning biror nuqtasiga tasir etayotgan kesim yuzasiga perpendikulyar va parallel yunalgan yo‘nalgan tashkil etuvchilarga ajratamiz(1-11rasm, a,v,s,).
Normal va urinma kuchlanishlar quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi(1-11rasm).[2]
Do'stlaringiz bilan baham: |