1 Mavzu: Materiallar qarshiligi fani, ahamiyati, boshqa fanlar bilan bog‘lanishi. Asosiy tushunchalar va qabul qilingan gipotezalar. Kuchlanish va deformatsiya tushunchalari Reja


Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari



Download 210,45 Kb.
bet2/5
Sana12.04.2022
Hajmi210,45 Kb.
#544985
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.2. Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari
Murakkab shaklli muhandislik tuzilmalarining elementlarini sxemalashtirib, oddiy shaklli jismlar ko‘rinishiga keltiriladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Brus - ko‘ndalang kesimining ikki o‘lchamlari uchinchi o‘lchami (bo‘ylama uzunligi) ga nisbatan ancha kichik bo‘lgan prizmatik jism. Bruslar to‘g‘ri va egri o‘qli bo‘ladilar. Ko‘ndalang kesimlar og‘irlik markazlarining brus uzunligi bo‘ylab geometrik o‘rni brus o‘qini tashkil qiladi. (1-shakl)



1.1 rasm

Agar brus cho‘zilish yoki siqilishga ishlasa - sterjen, buralishga ishlasa - val, egilishga ishlasa - balka deyiladi.
2. Plastinka - ikkita tekis sirt bilan chegaralangan jism bo‘lib, tekis sirtlar orasidagi masofa, ya’ni jism qalinligi, boshqa ikki o‘lchamlariga nisbatan ko‘p marta kichikdir (2-shakl).


2 - shakl


1.2-rasm
3. Qobiq - ikkita egri sirt bilan chegaralangan jism bo‘lib, uning qalinligi, ya’ni sirtlar orasidagi masofa qolgan ikki o‘lchamiga nisbatan ko‘p marta kichikdir (3-shakl).

1.3-rasm



4. Massiv - uch o‘lchami bir xil tartibda bo‘lgan jism (4-shakl).




1.4 -rasm


5. Sterjenlarni sharnirlar yordamida tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o‘zgarmas sistema ferma deb yuritiladi. Fermani tashkil qiluvchi sterjenlar faqat cho‘zilish - siqilishga ishlaydi.
6. Bruslarni bikr qilib tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o‘zgarmas sistema rama deyiladi.


1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar
«Materiallar qarshiligi» usullarida bajarilayotgan hisoblarda ko‘rilayotgan jismlarning barcha xususiyatlarini nazarda tutib bo‘lmaydi. Hisob usullari sodda va hisoblarda qo‘llanilishi qulay bo‘lishlari lozim. Ular etarli aniqlikda va tuzilmaga qo‘yiladigan asosiy talablarni qanoatlantiradigan bo‘lishlari zarur.
SHu maqsadlarda quyidagi asosiy umumiy farazlar nazarda tutiladi:
1 - faraz. Jism materialining tuzilishi uzluksiz. Bunda jismning atom tuzilishi hisobga olinmaydi, material jism hajmini bo‘shliqlarsiz to‘ldiradi deb qaraladi.
2 - faraz. Jism materiali bir jinsli va izotrop, ya’ni jismning xususiyatlari uning barcha nuqtalarida va yo‘nalishlarida bir xil.
3 - faraz. Jismga tashqi kuch qo‘yilgunga qadar uning tashkil qiluvchilari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari bo‘lmaydi (zo‘riqmaganlik).
4 - faraz. Kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasi (prinsipi). Bu farazga ko‘ra kuchlar tizimining jismga ta’sirlarining umumiy natijasi har qaysi kuchning alohida - alohida ta’sirlari natijalarining yig‘indisiga teng.
5-faraz. Sen-Venan qoidasi (prinsipi). Bu farazga ko‘ra tashqi kuchlarning qo‘yilish nuqtalaridan etarlicha uzoqlikda joylashgan nuqtalardagi ichki kuchlarning xarakteri bu kuchlarning ta’sir usuliga bog‘liq emas. Bu farazga asoslanib, kichik yuzalardagi taqsimlangan kuchlarni, hisoblarni soddalashtirish maqsadlarida, to‘plangan kuch bilan almashtirish mumkin.
Ushbu asosiy umumiy farazlardan boshqa cheklanishlar fanning tegishli bo‘limlarida ko‘rsatiladi.



Download 210,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish