1-mavzu: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar musiqiy tarbiyasining vazifalari reja



Download 320 Kb.
bet22/25
Sana20.04.2022
Hajmi320 Kb.
#567608
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Mavzu 7 ta musiqa

- Musiqiy(didaktik) o’yin faoliyat turlari xilma - xil va xar biri o’zicha qiziqarli.Bolalar mard,jasur tipratikanni yoki boshqa jonivorlarni o’ynash va o’zini ’’artist’’sifatida his qilishga qiziqadi. Musiqa faoliyati - bola nutqini rivojlantirish uchun bitmas - tuganmas xazina.
Musiqiy asarlar ijrosi jarayonida bolalar qahramonning xarakterini ochib bergani holda,to`g`ri kuylash bilan birga savodli gapirishi lozim.So’zni sahna xarakatlari bilan birlashtirish murakkab, ayniqsa uyatchan bolalar uchun juda murakkab ish sanaladi.
2.Qo’g’irchoq teatrining ya’ni sahnalashtirish faoliyatining MTMda ahamiyati.
Olim pedagoglarning kuzatuv va tajriba ishlari asosida qo‘g‘irchoq teatri bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqladi. Ta’limiy mashg‘ulotlar , qo‘g‘irchoq o‘yin, ertak tomoshalarining tarbiyaviy imkoniyatlari bolalarda kattalarga hurmat , xushmuomilalik, jasurlik, nima yaxshi-yu, nima ѐmon ekanini anglab yetish, mehnatsevarlik kabi sifatlatlarni shakllantirishi bilan bir qatorda, ulardan quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
- har bir insonning insoniylik belgisi uning odobi va axloqi bilan o‘lchanishi ;
- har bir harakatda to‘g‘rilikka amal qilish va rostgo‘y bo‘lish;
- bir-birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlash;
- oila, ta’lim muassasalari, ko‘cha-kuyda ona tabiat qo‘ynidagi barcha yashil o‘simliklarga etiborli bo‘lish, payhon qilish kabi holatlarga bee’tibor qaramaslik, ularni sevib parvarish qilish va ko‘paytirish ;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar sirasidagi qadimiy ѐdgorliklarda nafislik, buyuklik salobatlikni his etish, mehnat asosida yaratilgan go‘zallikdan zavqlanish hissni shakllantirish, ularni e’zozlash tuyg‘usini vujudga keltirish . O‘sib kelaѐtgan ѐsh avlodni tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samaralifoydalanishda tarbiyachi-musiqarahbarning quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘g‘irchoq tomoshalarini yo‘lga qo‘yish va unga bolalarni qiziqtira olish;
-teatr tomoshalarining bolalarning ѐsh xususiyatlarga mos kelishini inobatga olish; - davlat qo‘g‘irchoq teatlari bilan maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
- ―Hunarmand uyushmalarida qo‘g‘irchoq ustalari bilan uchrashuv o‘tkazish;
- ta’lim muassasalarining ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish.
Yosh avlodga mustaqillik mafkurasini singdirish, ongi va qalbini ezgulik qislariga tuldirish, ularni barkamol, vatanparvar shaxslar qilib tarbiyalash mamlakatimizda yangi davrning vazifasidir. Maktabgacha davr - bolalarning bilim olishga intilishi kuchli bulgan, taqlid qissi rivojlangan davrdir. Ularning barkamol shaxs bo‘lib yetishishida tarbiyachipedagoglarning urni muqimdir. Bugungi usib kelaѐtgan ѐsh avlodni xar tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol inson kilib kamol toptirish jamiyatimizning ustuvor vazifalaridandir. Bu borada kelajagimiz poydevori bulgan ѐshlarni komil inson kilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarining urni
bekiѐsdir. Mamlakatimiz xaѐtining barcha jabg‘alarida keng kamrovli ishlar amalga oshirilmokda. Uning samarali rivoji uzluksiz ravishda ta’lim soxasiga singib boraѐtgan isloxotlarda xam yakkol namoѐn bulmokda. Bu kabi isloxotlardan kuzda tutilgan maksad ѐsh avlodning tarbiyasiga atroflicha ѐndashish, turli ѐsh guruxdagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, ukuv-bilish faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu jaraѐn jamiyatimizning ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib borilaѐtgan davlat siѐsatining ustuvor yunalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmokda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimining ilk bug‘ini sifatida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga xar tomonlama e’tibor berish zaruratini kun tartibiga olib chikadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ishini kup kirrali, deb xisoblash mumkin. Shu jixatdan olib karalganda, bolalarda axlokiy sifatlarni shakllantirishda teatrlashtirilgan tomoshalar - Qug‘irchok , stol teatrlari xam uziga xos axamiyat kasb etadi. Teatrlashtirilgan tomoshalar bolalar bilan bevosita mulokotda bulish, ularning «tili»da fikr almashish, maxsus ifoda vositalariga egaligi, bolalarni ishontirish, vokeaxodisalarga nisbatan xis-tuyg‘ularini bildira olish xususiyatiga kura pedagogik axamiyatga ega. Maktabgacha ѐshdagi bolalarni axlokiy tarbiyalashda teatrlashtirilgan tomoshalar bolalarning iktidori, ob’ektiv borlik xakidagi tasavvuri, dunѐkarashini yanada rivojlantirish uchun kulay shart- sharoitni yaratish bilan yanada axamiyatlidir. Bolalarni milliy ma’daniyat va umuminsoniy kadriyat-lar bilan tanishtirish, ularni rivojlantirish davlat talablarining maksadidir. Bolaga maktabgacha ѐshida berilgan bilim uning butun xaѐti davomida yetakchi urinni egallaydi. Tarbiyachi uchun bevosita musiqiy-ta’limiy faoliyatni amalga oshirish, nutqni rivojlantirish muhim, musiqiy drammatik sahnalar , kichik spektakllarga o’xshashi kerak. Bunda tarbiyachi bosh rol’ni o’ynaydi,kuylab tarbiyalanuvchilarni o`ziga ergashtirishi lozim. . Bu jarayonda qo’g’irchoqlar, ayiqchalar va x.k. jonlanib o`ziga xos kuylab musiqiy ritmik xarakatlarni bajarib boradilar.
Bolalar o’ynaydi, niqoblar kiyadi, turli jonivorlarga aylanadi, o’rmonda bo’ladi, bizni stol - stullar emas, balki ertaklar mamlakati o’rab turadi,bunda ham albatta musiqiy ohanglar tassavvurlaridagi holatni ko`z oldiga keltirishi,obrazga kirishishlariga yordam beradi.
Tomoshaga tayyorgarlik jarayyonida ham bolalarning o’zi qatnashadi.Bunda tomoshaning mazmuni , bayram muhitini tashkil qilish masalalari muhokama qilinib, rollar taqsimlanadi.Bolalar ishtirokchi artist bo’lganida ularning faol nutqi nomoyon bo’ladi va mashq qildiriladi. Xamma vaqt va hamma sharoitda yahshi gapirish,kuylash uchun nafaqat gapirishni bilish, balki omma oldida , notanish auditoriya – tinglovchilardan uyalmasdan gapira olishi,kuylashiga odatlanish talab qilinadi.Boy ichki dunyo egalari,nutqni yaxshi - mukammal egallagan , ammo shu qadar uyatchan, o’ziga ishonmaydigan,omma oldida kuylash tugul , nutq so’zlashga odatlanmagan tarbiyalanuvchilar uchraydiki, ikki – uchta notanish kishining borligi ularning lom – mim deyolmay qolishiga sabab bo’ladi.Bunga qarshi kurashish, bolalarda o’zi va o’z kuchiga ishonchi rivojlantirish zarur. Omma oldida nutq so’zlash odatini insonda kichik yoshidan notanish auditoriya oldida nutq so’zlash,kuylashga o’rgatish yo’li bilan sakllantirish mumkin.Buni musiqiy faoliyat, teatrlashtirilgan faoliyatda ajoyib tarzda amalga oshorish mumkin.Bola MTTdayoq umum – ko’pchilikning ishida qatnashayotganini anglab yetishi, ularning xatti – xarakati hammada qiziqish uyg’otayotgani, bundan boshqalar manfaatdor ekani, ular xammani qiziqtirishi mumkin va kerak bo’lgan xarakatlarni amalga oshirayotganini tushunib yetishi juda muhim.Kichik sahnalarda rol` o’ynab,musiqiy asarlarni kuylab ,raqs ijrosi,o`yin jarayonida boshqa qiyofalarga kirib, bolalar nutqini sayqallashiga, ularda o’ziga ishonch, topqirlik rivojlanadi , ijod uchun imkoniyatlar ochiladi.
Zamonaviy olamda , ezgu hislar va hamdardlik , hamkechinmalilikga kam o’rin qolayotgan bir davrda, aynan musiqiy ta`lim, teatrlashtirilga faoliyat maktabgacha ta’lim yoshidagi bola tarbiyasi uchun juda zarur , zero u bolada ezgu hislar uyg’otadi va yorug’lik urug’larini shakllantiradi.Pedagoglarga bolaning emosional ruhiyati olamiga murojaat qilib,’’hislarini tarbiyalash’’ bilan shug’ullanish imkonini beradi.
Aynan musiqiy ta`lim, teatrlashtirilgan faoliyat, san’atning amaliy turi sifatida, ham tarbiya , ham ta’lim uchun katta imkoniyatlarga ega va shaxsni tarbiyalash imkonini beradi.Aynan u bolani to’laqonli qiziqtirishi , uni yanada jur’atli , faol qila olishi mumkin. Musiqiy ta`lim,teatrlashtirilgan faoliyat bolaning barcha qobiliyatlarini rivojlantiradi.Bola aqlan , jismonan , va ehg muhimi , emosional rivojlanadi.Pedagog uchun musiqiy asarlar ijrosini,raqs turlarini o`rganish, teatrlashtirilgan faoliyat zarur va u bilan imkon qadar erta ya`ni ikkinchi kichik guruhdan boshlab shug’ullanish kerak , shunda tayyorlov guruhiga kelib o’zimiz kutgan natijaga erishish imkoniyati bo`lishi mumkin.
Musiqiy ta`lim,raqs ijrochiligi,teatrlashtirilgan faoliyat bilan shug’ullanish bolalarga nafaqat musiqiy asarlar,ertaklar vositasida atrof olamni o’rganish va bilish , balki u bilan uyg’unlikda yashash , turli faoliyat shakllaridan zavq olish imkonini beradi.Shu nuqtai nazardan musiqiy ta`lim, raqs ijrochiligi, teatrlashtirilgan faoliyatni amalga oshirish uchun makonni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Musiqiy ta`lim,raqs ijrochiligi,teatr faoliyatlarining barchasi tarbiyalanuvchilarga sevimli – qiziqarli bo’lishi bilan bir qatorda , o’zining barcha turlari bilan tarbiyalanuvchiga o’ziga xos ta’sir doirasiga ega.Qo`shiq ijrosi jarayonida tarbiyalanuvchi o’zini xaqiqiy qo`shiqchidek , ertak qaxramoni o’rnida o’zini his qilsa ,raqs ijrosi jarayonida raqqosadek,sahna namoyishi jarayonida ertakchi bo`lsa yuz berayotgan voqea – xodisa boshqaruvchisidek o’zini his etib voqea - xodisa jarayoniga bevosita ta’sir etgisi kelib ijobiy yakun topishi uchun go’yoki ta’sir etishga urinib , bundan qoniqish his etib ,ruhi – kayfiyati ko’tariladi.
Musiqiy – ritmik xarakatlar jarayonida shunday kechinmalarni boshdan kechirib , ayniqsa o’zlaridan kichik guruhlar ’’oldida’’namoyish etish jarayonida o’zlarini ’’katta xaqiqiy aktyorlardek’’his qilib o’zlariga ishonchlari ortib , mustaqil xarakatlanib , fe’l – atvorlarida ’’ijobiy o’zgarish lar’’yaqqol namoyon bo’lganiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
Bu mashg`ulotlar mazmunidan kelib chiqib,dastur asosida tuzilishi lozim.Bunda musiqiy asarning badiiy mazmunini,bolalar yoshiga mosligi,ilg`or pedagogic texnologiyalardan foydalanganligihisobga olinadi.Turli yosh guruhlari bolalari uchun sodda elementlar , axloqiy tushunchalar haqida ma’lumot berish; Xar bir o’rgatiladigan u yoki bu fazilatlar rasmlar,mul’tfil’m tasmalar,axbarot kommunikativ texnologiya vositalari asosida va bolalarga jonli xarakatlari orqali tushuntirish;Bolaga doimiy ravishda ’’nima yomon’’ma’nosini anglab,o’z fikrini sodda bayon etishga ko’maklashish.Maktabgacha yoshdagi bolalarni teatr tomoshalariga oshno qilish,ularning qo’g’irchoq o’yinlarini tashkil qilishda quyidagilar maqsad qilib olinadi;Bolalar uchun ijodkorlik , faollikni ta’minlovchi shart – sharoitlar yaratish, Teatr ko’rish odobiga o’rgatish, Teatr tomoshalari jarayonida bolalarning nutqi va jismoniy rivojlanishidagi uzviylikni ta’minlash;Xalq yaratgan boy merosimizga bo’lgan muhabbat hissini uyg’otish;Musiqiy sahnalashtirish faoliyatlarini ota – onalar bilan hamkorlikda tasdhkil qilish imkoniyatini yaratishdan iborat;Xar bir sahnalashtirish faoliyati tarbiyalanuvchi ruhiyatiga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi;
Sahnalashtirish faoliyati uchun tanlangan ertak bolaning yosh va bilim saviyasiga mos bo’lsa,bolada butun vujudi bilan uni ko’rish va unga nisbatan qiziqish paydo bo’ladi;
Kuzatishlarimizdan ma’lumki ayrim bolalarda ertak qahramonlariga nisbatan ruhiy tetiklik yoki qo’rqish, nafrat, ko’ziga yosh olish,yoki kulib yuborish kabi emosionalxolatlar nomoyon bo’ladi;
musiqiy sahnalashtirish ko’rinishi yakunida o’tkazilgan suhbatda bolalar qo’g’irchoq teatrida ko’rganlarini qiziqish bilan xursand bo’lib eslab,doimo ko’rishga xohish bildirib boradilar;
Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo’g’irchoq teatrini tayorlash va tomoshalar ko’rsatish,mazmunini bosqichma – bosqich amalga oshirish ijodiy imkoniyat beradi;

Download 320 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish