5-MAVZU: BOLALARNING KUYLASN KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH.
REJA:
1.Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘shiq o‘rgatish metodikasi, yangi ashulani o‘rgatishdagi asosiy jarayonlar.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo‘shiqchilik ko‘nikmalarini tarbiyalash.
3. Qo‘shiqchilikda ovoz xosila tizilmalarining tuzilishi va ahamiyati.
Tayanch tusnunchalar: ijrochilik, qo‘shiq o‘rgatish metodikasi, qo‘shiqchilik ko‘nikmalari, tovush hosil qilish apparati, qo‘shiq o‘rgatish jarayoni.
1. Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘shiq o‘rgatish metodikasi, yangi ashulani o‘rgatishdagi asosiy jarayonlar.
Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘shiq o‘rgatish metodikasi, yangi ashulani o‘rgatishdagi asosiy jaraѐnlar Bu ijrochilikning eng oddiy, sodda va har bir insonga xos bo‘lgan shakli. Azal-azaldan kuylash insonning hayoti davomida, uning qaysi ijtimoiy qatlamdan kelib chiqishidan qat’iy nazar, unga hamroh bo‘lib kelgan. Turli marosim, bayram va sayllarga oid qo‘shiqlar shular jumdasidandir. O‘zbek millati, oilada farzand dunѐga kelgan ilk kunlarida, uning quloqlariga azon ayttiradi. Azon surasi ham Qur’oni Karimning boshqa suralari kabi ma’lum bir ohangga solib, qiroat bilan aytiladi. Demak, azonni alla bilan bir qatorda, inson dunѐga kelib eshitgan ilk qo‘shig‘i deb ham aytishimiz mumkin. Qo‘shiq-bolaning musiqa olamiga olib kiruvchi ilk musiqiy shakldir. Qo‘shiq insonning psixoemoqional muvozanatga keltiruvchi bir vosita ekanligini ona allasini tinglab, tinchlanuvchi va osuda uyquga ketuvchi go‘dakni kuzata turib to‘liq ishonch bilan aytishimiz mumkin. Bu borada sharq va g‘arb dunѐsining mashhur allomalari bir qator izlanishlar olib borganlar. Ular ѐshlarga ta’lim-tarbiya beribgina qolmay, o‘z ishlariga izodshlarni yetishtirish uchun tashkil qilgan maskanlarida, musiqa insonning ruhiga ta’sir etuvchi vosita ekanligini ta’kidlaganlar. Masalan, K.F.E.Baxning:«Musiqaning maqsadi-yuraklarga ta’sir etish» ѐki L. Betxovenning:«Musiqa insonlar qalbini olovlantirishi lozim» degan so‘zlarini misol qilishning o‘zi boshqa dalil va isbotga xojat qoldirmaydi. Musiqa ѐrdamida inson ruhini bokira, go‘zal, olijanob ѐki aksincha tuyg‘ularga sozlash (xuddi cholg‘u asbobi kabi) mumkin. Tarbiyachi o‘zi faoliyat olib boraѐtgan guruhda shunday muxitni yuzaga keltirishi lozimki, unda bolalarning so‘zlashlari, yurishlari, o‘ynashlari qanchalik tabiiy hol bo‘lsa, kuylashlari ѐki raqs tushishlari ham xuddi shunday tabiiy bir holga aylansin. Bunda, tarbiyachi ota-onalar bilan hamjihatlikda ish olib borib, bolaning yuqoridagi hatti-harakti oiladagi kattalar, ota-onalar tomonidan ham tabiiy holdek qabul qilinishiga erishish lozim. Tarbiyachi eng avvalo o‘zining kuylay olishiga o‘zida ishonch hosil qilishi va guruhda kuylashni birinchi bo‘lib boshlashi lozim. Buyuk mutafakkir Abu Nasr al Farobiy: «Kuylash-insonga xos tabiiy hususiyatdir» deb ta’kidlagan edilar. Agar siz kichik guruhdanoq ta’limtarbiya ishini ishni shunday shaklda yo‘lga qo‘ygan bo‘lsangiz, demak guruhingizda kuylash allaqachon taibiiy xolga aylanib bo‘lgan. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har bir tarbiyachi buni o‘z guruhida amalga oshira oladi va bundan o‘zi ham zavqlanadi. Eng muhimi-kuylash vaqtida o‘zingizning ruhiy holatingiz ham o‘zgaradi: tinchlanasiz, taskin topasiz, eng muximi, sizning bu holatingiz bolalarga ham o‘tadi. Aynan mana shuning uchun ham biz tarbiyachilardan bolalarga tabiiy, jonli ovozda kuylashlarini (turli ѐzuvli tasmalardan foylanmagan holda) iltimos qilib qolamiz. Shuni eslatib o‘tamizki, cholg‘u asbobi jo‘rligisiz kuylash, bolalarning tovush balandligini eshitish va farqlash qobiliyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki kuylash vaqtida ular faqat bir tovushnigina eshitadilar va kuy yo‘nalishini kuzatib, uni ilg‘ab olishlari, eslab qolishlari ancha yengillashadi. Kuylash bolalarning tovush hosil qilish apparatlarining to‘g‘ri rivojlanishiga yaxshi imkon beradi. Ayrim bo‘g‘inlarni kuylash usuli esa - nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan logoped-tarbiyachining olib boradigan ishida ham yaxshi natija beradi. Maktabgacha ѐshdagi bolalarning faoliyati kattalarga taqlid qilishlarini unutmagan holda, tarbiyachilar kuylash vaqtida so‘zlarni yutib yubormasdan, dona-dona, aniq talaffuz qilishlariga doimiy e’tibor berishlari shart. Tarbiyachilar bilan muntazam (yakka tartibda) ish olib borish hamda guruh xonasida bolalar bilan tinglash va kuylash uchun repertuar tanlashda ularga kerakli ѐrdam va tavsiyalarni berish-maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbarining majburiyatiga kiradi. Albatta musiqa rahbari tavsiya etgan musiqiy materialdan o‘zingizga ѐqqan, eng avvalo sizning o‘zingizda emoqional javob uyg‘ota olgan asarlarni tanlab olish huquqi sizda qoladi. Demak, kundalik haѐtning qaysi onlarida va nimalarni kuylash mumkin?
* uyqu oldidan - allalar;
* mehnati va qo‘l ishini bajarish vaqtida lirik va osoyishta ohangdagi (xalq og‘zaki ijodi namunalari ѐki mualliflik asarlari) qo‘shiqlar;
* o‘yin-davra qo‘shiqlari; * bolalar xazil qo‘shiqlari;
* tabiat qo‘ynida-mavsumiy, taqvimiy aytim va qo‘shiqlar;
* erkalamalar; Bolalar uchun repetuar tanlashda uning haqiqiy badiiy qiymatliligiga asoslaning! Shuningdek bolalarning haѐt xavfsizliklarini ta’minlash maqsadida ularga doimiy tarzda, ѐshlariga mos va tushunarli shakllarda kuylash vaqtida ovqat yemasliklarini, suv ichmasliklarini ta’kidlab turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |