Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitasiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitasiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya‘ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma‘lum so‘zlar ma‘nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta‘minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e‘tiborlarini,
xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati bo‟yicha Ven diagrammasi to‟ldiring. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Suhbatda ob‘ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida xulosa bildirishni, to‘plangan bilimlardan, taqqoslashlardan foydalanishni hamda Nima uchun? Nega? Nima tufayli? Ular nimasi bilan o‘xshash? Nima uchun? Qanday qilib? kabi savollarga javob berishni talab qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi savollar yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Suhbatning har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-ketlikda joylashtirish zarur: dastlab bolalar tajribasini jonlantirish uchun reproduktiv, keyin yangi materialni hazm qilish uchun oz sonli, biroq murakkab bo‘lgan qidiruv savollari va oxirida 1-2 umumlashtiruvchi savollar. Savollar aniq va maqsadli bo‘lishi lozim. Noaniq bo‘lgan savollar bolalarga javob berishni qiyinlashtiradi – ular javob bera olmaydilar yoki noto‘g‘ri javob beradilar. Savol aniq, shoshmasdan, mantiqiy urg‘ular, mazmuniy pauzalarga rioya qilgan holda berilishi zarur. Bolaga javob qaytarishga vaqt berish uchun tarbiyachi pauza saqlab turadi. Agarda savol tez berilsa, bola uning mazmunini tushunishga ulgurmaydi va tarbiyachi savolini bir necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi, bu esa bolaga javobni o‘ylashda xalaqit beradi, uni tarbiyachiga quloq tutmaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Bolaga savolni birinchi martada qabul qilishni o‘rgatish zarur.
Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Bolalar tomonidan o‘zlashtirilmagan, qo‘shma gaplar yoki bir turdagi a‘zolardan iborat bo‘lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish;
Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli bo‘laklarining intonatsiyasini aytib berish (masalan, ogoxlantirish, xayratlanish, tashvishga tushish, xursand bo‘lish intonatsiyasi va x.k);
Bir o‘zakli so‘zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-sabzavotli va boshq.
Turlanmagan fe‘l shakllarini hosil qilishda yordam berish: sepish-sepilgan, qo‘yish-qo‘yilgan.
Suhbat jarayonida bolalarni savol berishga undash, ularning qiziquvchanligini rivojlantirish zarur. Bolaning savol bera olishga qodirligi uning fikrlash faoliyatidan dalolat beradi.
Badiiy asarlar – ertaklar, hikoyalar, she‘rlarni teatrlashtirish usuli – bu bolalarning ularga tarbiyachi o‘qib bergan asarlarni o‘sha shaxslar nomidan qayta aytib berish usullaridir.
Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o‘z ichiga olgan asarlardan foydalangan ma‘qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og‘zaki nutqini, xususan, murojaat, sanash, xayratlanish, xayron bo‘lish intonatsiyalarini takomil-lashtirish imkonini beradi; nutq emotsional jihatdan yanada boyiydi – u personajlarning axvolidan kelib chiqqan holda gox xursand, gox qayg‘uli va gox iltijonamo jaranglaydi.
Bolalarga og‘zaki dialogik nutqni o‘rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, qo‘g‘irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar ham ijrochi, ham tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Sahnalashtirish o‘yini – bu bolalarning badiiy asarni uning qahramonlari obrazlarida qayta hikoya qilib berishlari; bolalarning matnni erkin qayta aytib berishlari va bolalarning

Nutq o‘stirish metodikasining maqsad vazifalari. Nutq o‘stirish metodikasining fan sifatida taraqqiy etishi, pedagogik fan ekanligi.
Maktabgacha ta'limda bog`lanishli nutq o‘stirish metodikasi.
Bolalar so‘z boyligini oshirish metodikasi.
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish metodikasi.
Maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda nutqning tovush tomonini shakllantirish metodikasi.
Maktabgacha ta'limda badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasi.
Bolalarni maktabga tayyorlashga doir ishlar metodikasi.
Maktabgacha ta'limda nutq o‘stirish ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish.
Nutq o‘stirishning asosiy vazifalarini aniqlash, uning mazmunini to`liq belgilash, nutq o‘stirish ishlarini tashkil etishni yengillashtiradi, bolalar nutqini o‘stirishning samarali bo‘lishini ta'minlaydi, chunki cginakam oqilona ta'lim bola ongini ham, xulqini ham o‘zgartiradi.
Prezidentimiz so‘zlari bilan aytganda: ―Ta'lim-tarbiya ong mahsuli, ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib ozod va obod jamiyatni barpo etib bo`lmaydi‖
Chunki bugungi xalqaro hayot, jamiyat taraqqiyotida har qanday salbiy faoliyat va muammolarni bartaraf etishda intellektual saloqiyat, aql-idrok, fikr, ilg‘or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Demak, ―Kuch-bilim va tafakkurda‖ (I.A.Karimov).
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o‘stirishga doir barcha ishlar biz orzu etgan barkamol avlodni, komil insonni shakllantirishga qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |