1. Mavzu maktabgacha ta’lim tashkilotarida musiqa ta’limi vatarbiyasining maqsad hamda vazifalari



Download 0,6 Mb.
bet20/38
Sana01.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#281793
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
musiqa majmua

Tarbiyachi ustozning tabrigi:

Ey, kichkintoy-shirintoy,

CHehrang tiniq misli oy.

Ushbu she’rim tinglagin,

Mag’zin chaqib anglagan.

Sen Vatanning quvonchi,



Istiqboli, ishonchi,

A’lo o’qib bilim ol,

Avloding kim bilib ol!

Turkiy qavmdir avloding,



Xo’ja Ahmad ajdoding,

Doim haqni so’zlag’in,

Yurt ravnaqin ko’zlagin.

Nur diyordir makoning,

Har ishga bor imkoning,

Yurtingni obod ayla,

Ajdod ruhin shod ayla.

Shudir senga tilagim,

Sog’ bo’l, yurtga keragim!

Boshqaruvchi: Bolajonlar, bayramimiz davom etadi. Hozir biz sizlar bilan ustozlarga bag’ishlangan musiqiy dasturni namoyish etamiz. Marhamat!

Musiqa rahbarining ixtiyori bo’yicha kichik musiqiy dastur namoyish etiladi. Kuy-qo’shiqlarga ulanib, bayram shu tariqa davom etadi.
Uzum sayli” bayrami

Maqsad. Bolalarni uzum navlari bilan tanishtirish va shu orqali ularda tabiatga muhabbat tuyg’usini uyg’otish, bog’dorchilikka qiziqtirish.

Bolalar bog’cha hovlisida o’rindiqlarga o’tirishadi. Davraga bog’cha mudirasi kirib keladi:

— Assalomu alaykum, bolajonlarim! Bugun bog’chamizga uzum saylini o’tkazish uchun yig’ilganmiz. Men bu saylga bog’bon Nodir boboni taklif qilganman.

Shu payt davraga bog’bon bobo uzum solingan savatlarni ko’tarib kirib keladi.

Bog’bon bobo: Kechirasizlar, ozgina kechga qoldim,

M u d i r a : Ayni vaqtida keldingiz, xush kelibsiz!

B o l a l a r : Assalomu alaykum!



Bog’bon bobo: Vaalaykum assalom! Mudira opangiz sizlarni menga juda maqtadilar. Bolajonlarim, hamma narsani bilib, o’rganib olishgan, deb aytdilar. Hozir sizlarning bilimlaringizni sinab ko’raman. Men bog’imda uzumning turli navlarini yetishtiraman. Uzumning qanday nav-larini bilasiz?

B o l a l a r : Husayni, kishmish,charos, toifi...



Bog’bon bobo: Barakalla, to’g’ri topdingiz, undan tashqari, uzumning yana qirmizi, shibirg’on, chillaki, soyaki navlari ham bor. Husayni uzumning mazasi qanday bo’ladi?

B o l a l a r : Husayni uzumning donalari uzunchoq, mazasi shirin bo’ladi.

Bog’bon bobo: Barakalla, to’g’ri toshshngiz! Kish-mish uzumning rangi qanaqa bo’ladi?

B o l a l a r : Kishmish uzumning donalari kichkina, rangi — qora, to’q ko’k bo’ladi.



Bog’bon bobo: Barakalla, to’g’ri topdingiz! Uzumdan nimalar tayyorlanadi?

B o l a l a r : Foydali sharbatlar, shinni tayyorlanadi, quritilib, mayiz qilinadi.



Bog’bon bobo: Juda aqlli bolalar ekansizlar. Mudira opangizni maqtaganicha bor ekan.

Boshqaruvchi: Nodir bobo bolalarga tokzorda qanday ishlar bajariladi, shular haqida so’zlab bering.

Bog’bon bobo: Jonim bilan. Uzum hosili yig’ib olinishi bilanoq, tok butasidan navdalar qirqib olinib, ulardan qalamchalar tayyorlanadi va chuqurchalarga ko’mib qo’yiladi. Bahorda qalamchalar yangi joyga o’tkaziladi va ulardan yosh tok tuplari o’sib chiqadi. Tok sovuqqa chidamsiz. Sovuq urib ketmasligi uchun kuzda yerga ko’mib qo’yiladi... Men siz-larga topishmoq aytaman, topib ko’ring-chi? «Bir onadan yuz bola, yuztasi ham bo’z bola».

B o l a l a r : Uzum.



Bog’bon bobo: Barakalla, to’g’ri topdinglar.

Boshqaruvchi: Nodir bobo, charchadingiz, o’tirib dam oling. Bizning bolalar mevalar haqida she’rlar, qo’shiq-lar, raqslar bilishadi. Tomosha qiling.

Musiqa rahbarining ixtiyori bo’yicha kichik musiqiy dastur namoyish etiladi.

Bog’bon bobo: Barakalla, bolalar! Men sizlarga bog’imdagi uzumlardan olib kelganman. Qani, uzumlarni yuvib, laganlarga solib, stollarga qo’yinglar, maza qilib yenglar.

Har bir stolda usti yopiq holda oldindan yuvilgan uzumlar tayyorlab qo’yiladi.

Bolalar va kattalar musiqa ostida uzumlarni yeyishadi. So’ng hamma sho’x raqsga tushadi.

Boshqaruvchi: Bolalar, mana, uzum saylimiz ham nihoyasig’a yetdi. Bog’bonlarimizga sihat-salomatlik tilab qolamiz. Ular yetishtirgan hosil doim dasturxonimizning ko’rki bo’lsin!

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish