Musiqa rahbari: Bolalar, siz qanday holatda qo’shiqlarni aytdingiz?
B o l a : «Bog’chamiz» qo’shig’ini turib aytdik.
B o l a : «Paxtaoy» qo’shig’ini o’tirib aytdik.
Musiqa rahbari: Bundan ma’lum bo’ldiki, qo’shiqlarni o’tirib ham, turib ham kuylash mumkin ekan. Bolalar, yana qanday qo’shiqlarni aytishni xoxdaysiz?
Bolalar xohishi bo’yicha 3 — 4 ta qo’shiq ijro etiladi.
Musiqa rahbari: Bolalar, qo’shiklar ritmik harakatlar bilan qo’shilib aytiladi, qo’shiq mazmuniga ko’ra, harakat qilib aytiladi. Mana shunday qo’shikdarni Siz bayram ertaliklarida aytgansiz. Bular qanday qo’shiqlar edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |