1-mavzu madaniyatlararo muloqotning asosiy masalalari reja



Download 375,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.04.2022
Hajmi375,74 Kb.
#557990
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU



1-MAVZU
 MADANIYATLARARO MULOQOTNING ASOSIY MASALALARI
Reja:
1. “Madaniyatlararo muloqot” fanining maqsadi va masalalari
2. “Madaniyatlararo muloqot” tushunchasining mohiyati va o‘ziga xos xususiyati 
3. Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining darajalari 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
madaniyatlararo muloqot, madaniyatlar kesishuvi, 
kommunikatsiya, til, madaniyat, diskriminatsiya, milliy xarakter, o‘zaro ta’sir, etnik daraja, milliy
daraja, sivilizatsiya darajasi, donor-madaniyat, retsipiyent-madaniyat.
 
1. 1. “Madaniyatlararo muloqot” fanining maqsadi va masalalari 
Inson – ijtimoiy mohiyat. Inson jamiyatda yashaydi va tabiiyki, u mazkur jamiyatning boshqa 
a’zolari bilan muloqot qilishi lozim bo‘ladi. 
Kommunikatsiya 
termini ham lotincha 
communication, communis 
“umumiy” so‘zidan kelib chiqqan.
Demak, so‘z insonlarni bir-biri bilan bog‘laydi, ularni muloqot vositasida birlashtiradi. 
Muloqotsiz jamiyat bo‘lmaydi, jamiyatsiz ijtimoiy inson, madaniy va ongli inson 
homo sapiens
bo‘lmaydi. So‘z tilda mujassamlashib, insonni hayvonot dunyosidan ajratadi. Hech qaysi bir fan, 
hech qaysi bir ilm so‘zsiz mavjud bo‘lmaydi. Hech bo‘lmaganda, bilim va tajribalarni 
shakllantirish, ularni qayd qilib kelgusi avlodga qoldirish uchun ham so‘zlar kerak bo‘ladi. 
Xullas, muloqot insoniyat borligining tamali, sinchini tashkil qiladi.
“Madaniyatlararo muloqot” fanining maqsadi – insonlar muloqoti masalalarini asosan til 
va madaniyatga e’tibor bergan holda tahlil qilishdan, farqli madabiyatlar orasidagi 
kommunikatsiyani osonlashtirish va to‘qnashuvlarni oldini olishdan iborat.
Hozirgi kunda turli xalqlar, tillar, madaniyatlar aralashgan bir paytda, boshqa 
madaniyatlarga qiziqish, ularni hurmat qilish, ularni tushunishga harakat qilish, ularga sabr-toqat 
bilan yondashishni o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Aynan shu tufayli madaniyatlararo, 
xalqaro muloqot masalalari umume’tiborni tortdi.
Qanday omillar kommunikatsiyaga yordam beradi, nimalar unga to‘sqinlik qiladi, turli 
madaniyat vakillari bilan muloqot qilishni nimalar qiyinlashtiradi? Til va madaniyat bir-biri 
bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Tilning shaxsning shakllantirishidagi ta’siri qanday bo‘ladi? 
Tilda individual va jamoaviy mentalitet, mafkura, madaniyat qanday aks etadi va qay tarzda 
shakllanadi? Milliy xarakter nima va u til bilan qanday shakllanadi? Chet tillarini o‘rganishda 
ijtimoiy-madaniy omilning roli qanday bo‘ladi? Ona tilidagi birlamchi dunyo manzarasi va 
boshqa tillarni o‘rganish jarayonidagi ikkilamchi dunyo manzarasi til va madaniyatda qanday 
vujudga keladi? Nima uchun butun dunyoni madaniyatlararo muloqot va madaniyatlararo 
to‘qnashuv muammolari tashvishga solib qo‘ydi? Mashhur amerikalik siyosatshunos olim Samuel 
Xantingtonni uchinchi jahon urushi siyosiy yoki iqtisodiy emas, balki madaniyatlar va 
sivilizatsiyalar urushi bo‘ladi, deb bashorat qilishiga sabab nima edi?
1
.
Demak, “Madaniyatlararo muloqot” fani yuqorida qayd etilgan savollarga javob beradi. 
Amerikalik tadqiqotchilar Judith Martin va Thomas Nakayamaning “Madaniyatlararo 
muloqot vaziyatlarida” (Intercultural communication in contexts) nomli asarida madaniyatlararo 
muloqot masalalarini ko‘rsatish uchun Muhammad va Aleksning quyidagi tajribalarini 
keltirishadi: 
1
Тер-Минасова С. Г. Язык и межкультурная коммуникация. –М.: Слово, 2000. –C. 8-9.


Muhammad va Aleksning tajribalari madaniyatlararo muloqotning imkoniyatlari va 
muammolarini ko‘rsatib beradi. Madaniyatlararo munosabatlar orqali ko‘plab xalqlar va 
madaniyatlar, shuningdek, o‘zimiz va madaniyatimiz haqida bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. Ayni 
paytda, ko‘plab muammolar bilan ham duch kelinadi. Binobarin, madaniyatlararo muloqot 
stereotiplar va diskriminatsiya kabi to‘siqlarni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur munosabatlar 
murakkab tarixiy va siyosiy vaziyatlardan o‘rin oladi
2
.
Shunday qilib, “Madaniyatlararo muloqot” fani kommunikatsiya turlari, verbal va 
noverbal muloqot, kommunikatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, kommunikatsiyadagi to‘siqlar 
va ularni bartaraf etish yo‘llari, til va madaniyat munosabati, mentalitet, milliy xarakter, mafkura, 
olam manzarasining madaniyat va tilda ifodalanishi, madaniyatlararo to‘qnashuvlar, 
diskriminatsiyalar, stereotiplar, turli madaniyatlardagi ramzlar, tabular va evfemizmlarning 
talqini, gender va h.k. masalalarni tadqiq etadi.

Download 375,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish