Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti
Urdu tili va filologiyasi yo'nalishi 1-bosqich
talabasi Muazzamova Manzuraxonning
Axborot texnologiyalari va jarayonlarini matematik
modellashtirish fanidan mustaqil ishi
Mavzu: Smart texnologiyalar tahlili.
Smart ta’lim texnologiyasi
Axborot asrining kirib kelish davri haqida so‘z borganda, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ularni real o‘quv jarayoniga qo‘llash,
zamonaviy axborot infrastrukturasini yaratish, mutlaq yangi multimedia o‘quv
dasturlarini yaratish va ta’limga tatbiq etish bosqichlari asta-sekin nihoyasiga yetib
bormoqda.
Shu o‘rinda, tabiiy bir savol paydo bo‘ladi: ortirilgan bilim va tajribalarni qanday
baholash mumkin, keyingi qo‘yiladigan qadam qanday bo‘lmog‘i kerak?! Masalan,
an’anaviy o‘quv jarayonlarining AKT qo‘llash bilan bog‘liq muammolari, jumladan:
dunyo internet tarmoqlarida tobora taraqqiy etib borayotgan turli ko‘rinishdagi
noformal ta’lim birlashmalari, «real» ta’lim maskanlarini «virtual» lari bilan
almashinuvi, masofaviy ta’lim va boshqalar.
AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik ta’lim
texnologiyalari, balki elektron ta’lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydiganehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda e-learning tizimidan Smart (engl. — aqilli,
mushohadali, harakatchan) e-learning hamda Smart Education (aqilli ta’lim) ga
o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini,
shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnologiyalarni kompleks
modernizatsiyasini mujassamlashtiradi.
Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, «aqilli taxta», «aqilli
ekran», ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni
shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini
yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada ta’lim
olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham
amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayonini baholovchi asosiy element
sifatida faol ta’lim beruvchi kontent maydonga chiqadi. Uning asosida vaqt va fazo
tushunchalari to‘sig‘idan holi qiluvchi yagona repozitor yaratiladi.
Smart ta’lim konsepsiyasi — mavjud manbalarga tez moslashuvchanlik,
multimedianing maksimal xilma-xilligi, tinglovchining saviyasi va talabi
darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat. Kompetentlikning uzluksiz
rivojlanishi, bilimlarni doimiy o‘sishi va yangilanib borishi zamonaviy ta’lim
tizimidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sababi bilimni rivojlantirish uchun
endi inson kapitalining ta’siri kamlik qila boshlaydi.
Bu kabi masalalarni hal qilishda nafaqat ta’lim muhitining o‘zini, balki ta’lim
tizimining tarkibi, instrumentlari, usullari tubdan o‘zgartirilishi shart. Analitik
kompetensiyalar, kompleks muammolarni yechish mahorati, yangi g‘oyalarni
rivojlantiruvchi — innovatsion xususiyatlar, o‘zaro kommunikatsiya madaniyati kabi
bilimlarni takomillashtirish zarur. Chunki an’anaviy ta’lim parametrlari asosida bilim
berish insonlarni Smart — jamiyat uchun tayyorlamaydi (1-rasm). O‘z navbatida,
Smart — texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Agar ta’lim shu
yo‘nalishda ortda qolsa, u tormozlanib, qotib qoladi.
Hozirgi kunda, o‘quv darslarida, multimedia vositalaridan foydalangan holda,
Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash dasturiy paketlarida tayyorlangan
taqdimotlarni qo‘llash oddatiy holga aylanib bormoqda, biroq shu bilan birga, ta’lim
sohasiga shunday interfaol texnologiyalar kirib kelmoqdaki, ular slayd-shou
turkumidagi taqdimotlarni siqib chiqarmoqda. Axborotlarni talabalarga yangi
interfaol uskunalar (interfaol taxta — Smart Boards, interaktiv displey —
Sympodium) yordamida uzatish, ma’ruzachiga dars jarayonining o‘zida taqdimotlar
yaratish imkonini beradi.
Interfaol Smart Boards taxtalariga maxsus markerlar yordamida yozish,
o‘quv materiallarini namoyish etish, ekrandagi tasvir ustidan yozma sharhlar
berish mumkin. Shu bilan birga, interfaol Smart Board taxtasiga yozilgan
ma’lumotlarni magnit tashuvchilarda saqlanib qolib, ularni bosib chiqarish, darsga
kelmagan talabaning elektron pochtasiga yuborish amalga oshiriladi. Ma’ruza
davomida Smart Board taxtasida yaratilgan o‘quv materiallini esa, o‘rnatilgan
videokoderga yozib olib, ko‘p martta qayta qo‘llanishi mumkin.
Albatta bugungi kunda interfaol smart taxtalar imkoniyatlaridan maksimal
foydalanish uchun maxsus dasturiy ta’minotlar (Smart Notebook, Bridgit, SynhronEyes) ishlab chiqilgan. Mazkur dasturiy ta’minotlar har birining o‘z imkoniyatlari
mavjud.
Masalan, Smart Notebook matnlar va obyektlar bilan ishlaydi, axborotlarni
saqlaydi, yozma harflarni bosma harflarga aylantiradi. Bridgit dasturi taqdimotlarni tez
va osonlik bilan butun dunyoning turli nuqtalaridagi hamkorlarga tarqatadi, o‘z
hujjatlariga taqrizlar oladi. Buni amalga oshirish uchun o‘qituvchi chiqishidagi muhim
pozitsiyalarini umumiy «ishchi stol»da ajratib ko‘satishi bilan shu onning o‘zidayoq,
dastur real vaqtda, barcha konferensiya ishtirokchilari oynasida paydo bo‘ladi.
Synhron Eyes (sinxron ko‘z) dasturiy paket yordamida o‘qituvchi barcha
o‘quvchilarni kuzatib turishi, o‘quvchilar ishchi monitorlarini ekranga chiqarishi,
blokirovka qilishi, interfaol taxta yordamida o‘quv materiallarini, darsliklarni, testlarni
yuborishi va jarayonni nazorat qilishi mumkin.
Interfaol taxtalar bilan ishlash jarayonida barcha ishtirokchilarning diqqati
konsentratsiyalanadi va ular o‘quv materiallarini juda tez o‘zlashtirishni boshlaydilar.
Buning natijasida har bir ishtirokchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi oshib boradi. Yangi
ta’lim texnologiyasini ta’limga joriy etilishi o‘zi bilan birga, ta’lim sxemasini
reproduktiv shakldan kreativ shaklga o‘tishini ta’minlaydi.
Zamonaviy Smart ta’limning o‘z oldiga qo‘ygan ikkita asosiy maqsadi mavjud
bo‘lib, ular:
1. O‘quvchilarda bilim olish uchun zarur bo‘lgan barqaror motivatsiyani
yaratish.
2. Ijodiy yechimlar yordamida bilim o‘zlashtirishning yangi shakli va
instrumentlarini izlab topishdan iborat.
Qisqacha aytganda, Smart ta’lim — bu ta’lim muassasalari hamda professor-
o‘qituvchilar tarkibining umumiy standartlar, kelishuvlar va texnologiyalar asosida
yagona Internet tarmog‘i orqali ta’limni amalga oshiruvchi birlashmasidir. Ta’lim
jarayonida AKTni qo‘llash borasida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda,
jumladan, joriy o‘quv yilida universitetning «Teleradioeshittirishlar tizimlari» kafed-
rasining Internetda Lincom. uz (Learning in communication) nomli sayti tashkil
etilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tish o‘rinli (2-rasm) bo‘ladi. Ushbu sayt bir
nechta, bo‘limlardan iborat bo‘lib, ular orqali talabalar kafedra yangiliklari bilan
muntazam tanishib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, sayt
kutubxonasiga joylashtirilgan, kafedrada o‘qitiladigan «Elektromagnetizm», «Elekt-
romagnit maydonlar va to‘lqinlar», «Antenna asoslari» kabi fanlardan yuzga yaqin
mamlakatimizda va xorijda chop etilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarni mutolaa qilishlari va osonlik bilan ko‘chirib olishlari mumkin.Saytning «Bizning jamoa», «Bizning nashrlar» bo‘limlarida kafedra professor-
o‘qituvchilarining respublika va xorijda o‘tkazilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy anjumanlarda
chop etilgan tezis va maqolalari, ilmiy ixtiro va ratsionalizatorlik ishlanmalari bilan
tanishishlari, kunning istalgan vaqtida, ular bilan on-layn tarzda, o‘zlarini qiziqtirgan
savollariga javoblar olishlari mumkin. Hozirgi kunda saytga kafedra professor-
o‘qituvchilari tomonidan fanlarga doir bo‘lgan virtual va video-laboratoriyalarni
yuklash ustida qizg‘in ishlar olib borilmoqda. Kelajakdagi orzularimiz esa, AKT
imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, ta’lim berish sifatini yanada
takomillashtirishdan iborat. Xulosa qilib aytganda, axborotlashgan jamiyatni
rivojlantirish bosqichlarida oliy ta’lim muassasalarining eng asosiy vazifalaridan biri
talabalarni zamonaviy taraqqiyot g‘oyalaridan unumli va maqsadli foydalanish
madaniyatini shakllantirishdan iborat.
Hozirgi davrda texnologiyalar rivojlanishi asosida ko’plab aholi turar-joy
binolari avtomatlashtirilmoqda, ya’ni «Aqlli uylar» bunyod etilmoqda. Bugungi kunda
«Aqlli uy» tizimini yaratishda havo harorati, namlik darajasi, atmosfera bosimi va
yoritilganlik darajasi, uy xavfsizligini ta’minlash darajasi kabi o’rsatkichlarni nazorat
qilish texnologiyalaridan keng foydalanib kelinmoqda
Ssinsinnatidagi 10ta davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ruhiyatlari,
ularning psixik holatlarini o‘rganish uchun yangi mobil ilovalaridan foydalandilar.
O‘quvchilardan biri mutaxassis-psixolog bilan suhbatlashganida iPhone uchun ilova
sun’iy intellekti suhbatni tahlil qiladi hamda unga asosan mazkur o‘quvchi xatti-
harakatini aniqlaydi, - deya ko‘rsatilgan Robotics. ua bergan ma’lumotida.
Smart-iqtisodiyoti bu shunday iqtisodiyotki, u yangi texnologiya avlodining
barcha sektorlarida modernizatsiya va innovatsion rivojlanishga asoslangan bo’lib u
yuqori sifat, energiya samaradorlik, sifatli atrof-muhitga va sotsial turg’unlikka
asoslangan.
Smart-jamiyat –bu jamiyatning yangi turi bo’lib, u yangi tasirlar-ijtimo iy,
iqtisodiy va eng yaxshi hayot tarzi uchun imkon beruvchidir.
Smart ta’limi- u o’quv tashkilotlarini va professor-o’qutuvchilar tarkibini
birlashuvi bo’lib, u internetda va umumiy baza standartlar, texnologiyalar asosida
ta’lim berishga asoslangan.
Ta’limda Smart texnologiyalari. Interaktiv qurilmalar
Interaktiv qurilmalar– bu shunday jarayonki, u ta’lim jarayonini tashkil qilishda,
prezentatsiya va yig’ilishlar o’tkazishda ulkan, beqiyos yordam berish imkoniyatiga
ega. Interaktiv oborudovanya slaydlar namoyish etish, video, belgilar qo’yish, turli xil
sxemalar chizish, elektron ovoz berish, ta’lim va muhokama jarayonida
eshituvchilarning yoki majlis ishtirokchilarining aktiv ishtirokini ta’minlab beradi.
Ta’lim soxasida texnologiyalarni o’ta faol qo’llash. O’qituvchi ta’lim jarayonini
sezilarli darajada ancha interaktiv qilishi munkin. Bunga dasturiy ta’minot imkon
yartatib, o’qituvchiga quyidagilarga imkon beradi: turli-xil fanlardan o’quv
materiallarini yaratish, tajriba va eksperimentlarni namuna qilish, auditoriani doskada
shu zahotiyoq javobi chiquvchi testlar bilan sinash, chet tillarini o’qitishda audiolardan
foydalanish, video materiallar taqdim etish.
Interaktiv doska-o’quv muassasalarida ta’lim olish va o’qitishda, shuningdek,
prezentatsiya, trening o’tkazish, biznes-ta’lim sohasida ishlarni jamlashda juda
samarali va qulay aslahadir.
Interaktiv doska –bu komputerga ulangan , proyektor orqali doskaga tasvir
uzatuvchi sensorli ekran bo’lib, doska odatiy doskaga o’xshab, komputer monitori kabi
bir vaqtda ishlaydi. Dasturlarni boshqarish uchun komputerga ulangan doskaning
sirtiga tegib qo’yish yetarli.
Slayd mazmuni: 1998-yildan Polymedia kompaniyasi SMART Board nomli
interaktiv doskalarni Rossiya o’quv muassasalarida taqdim etmoqda va o’zining o’quv
markazlarida ta’lim seminarlarini tashkil qilmoqda. Shunday doskalar borki, ta’limda
AKT bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarga uchrayotgan viloyatlardagi ta’lim
maskanlari uchun ishlab chiqilgan.
Interaktiv qurilmalar asosiy turlari
Proyektdagi interaktiv doskalar.
Smart Board 800 interaktiv doskasi
(dual touch)proyektdagi ikki marta tegsa ishlovchi interaktiv doskalar
Interaktiv tizimlar
Plazmali va LCD –displeylari uchun interaktiv ekranlarInteraktiv stol
SMART bizness komplektlari
SMART konsentratorlari
Multimedia-proyektlari (videoproyektlari)turli xil uskunalardan olinadigan
ma’lumotlarni katta ekranda namoyish etish uchun ixtisoslashgan: komputerlar, DCD-
namoyishlari, videokameralar. Bugungi kunda proyektor har yerda ishlatish mumkin
bo’lgan universal uskuna hisoblanadi. Ofeslarda, konferensiya-zallarida, o’quv
maskanlarida katta auditoria uchun proyektor prezentatsiyalar namoyishi, rasmlar va
video uchun ajoyib moslama. Proyekt yaxshi sifatli va katta hajmli suratlar olish uchun
ajoyib imkon yaratadi.
Zamonaviy dunyoda plazmali panellar yanada keng taniqli bo’lib bormoqda. Bu
ko’plab omillar bilan sinalgan: plazmali ekranlar tiniqligi yuqori bo’lgan suratlar
namoyish qilish bilan farq qiladi. Bundan tashqari, plazmali ekran tomoshabinlarning
ko’z nurini tejaydi.
Multimediali globuslar –Magnit planet nomli multimediali globus sifrovoy
displeyli ekran va maxsus dasturli ta’minot bo’lib, yerdagi nafaqat statistik suratlar ,
balki ayni vaqtda dunyoda o’zgarayotgan ob havolarni namoyish etuvchi dinamikali
prezentatsiyalarni, yer sharida eng so’nggi inson hati-harakatlari, biologic ekotizim
migratsiyasi, dunyoning turli qismidagi o’zgarayotgan ob havo.
SMART C hujjat –kamerasi orqali shunday obyektlarni ko’rish mumkinki, ular
endigina printerdan chiqarilgan hujjat, surat.
Ta`lim jarayonini texnologiyalashtirishda zamonaviy axborot
texnologiyalari vositasidan foydalanish
Ta'limda innovatsiyalarga ehtiyoj sezilayotgan bugungi kunda talabalarga
ta`lim jarayonida yagnicha yondashuvlar asosila, o'quvchi va o'qituvchining o'zaro
faolligida interfaol usullardan foydalanib, darslarni tashkil qilish dolzarb
masalalardan biri bo'lib qolmoqda.
O'z navbatida shuni aytish joizki, 2006-2007 o'quv yili "Axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini
oshirish yili" deb nomlanishi ham ayni muddao bo'ldi. Bu borada bugungi kunda
respublikamizning barcha ta'lim muassasalarini axborot kommunikatsiya uzatuvchi
texnik jihozlar bilan ta'minlash ishlari jadallik bilan olib berilmoqda. O'qitish
jarayonida bunday vositalardan foydalanish borasida avvalo o'qituvchining o'zi
ham tegishli texnologiya bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
Bu esa, pedagog xodimlarni o'z ustida tinmay izlanishi, yangiliklardan
birinchilardan bo'lib xabardor bo'lishi, shaxsiy darsturi asosida uzluksiz malaka
oshirishi demakdir. Nafaqat 3 yilda biz oshiriladigan malakada, balki har bir
darsga tayyorgarlik ko'rishda turli treninglardan, internet tarmoqlaridan
foydalanib, o'qitishning yangi intensiv metodlarini ishlab chiqib, interfaol usullar
"Bank" ini yaratish zarur. Bu o'rinda ta`lim jarayonida talabaga individual
yondashgan holda u qabul qilishi osonroq bo'lgan uslubni tanlash maqsadiga
muvofiqdir. Bu talabaning og'zaki nutqini shakllantirishga, o'z fikrini ifodalash,
to'g'ri gapirish kabi ko'nikmalarini hosil bo'lishiga olib keladi.
Mashg'ulotlarning videokamera orqali tasvirga tushurilgan ko'rinishini
muhokamaga qo'yilishi o'zining xatolarini ko'rish, o'zini, do'stlarini ob'ektiv
baholash imkonini yaratadi. Turli metodlarning qo'llanishi talabalar qiziqishini oshirad.
O'qilishda qo'llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar o'quvchilarning,
talabalarni mustaqil fikr yuritishga o'rgatadi.
O'quv jarayonida yangi axborot texnologiyalarni qo'llash pedagogik
metodikalarning boyishi pedagoglar mehnat faoliyatining o'zgarishi ish
uslublarning takomillashishini, pedagogik bilimlar tarkibining o'zgarishiga olib
keladi. Bu esa pedagogik jarayonni boshqarishni tashkil etishda o'ziga xos
vazifalarni qo'yadi:
Zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida pedagogik jarayonni
samarali tashkil etish:
- o'quvchilar o'rtasida mehnatning taqsimlanishi
- masofaviy o'quv kurslari va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga
pedagoglar va komp'yuter dasturlari mutaxassislarning birlashuvi:
- pedagogik jarayonni tashkil etishni takomillashtirish va o'qituvchilik
faoliyati samaradorligini moniyligini taqozo etadi.
Yangi texnologiyalar pedagogik faoliyatning:
- ta'limning texnologik asosi hech rivojlanishi bilan bog'liq ravishda
kurslarni yaratishdagi murakkab jarayonning engillashtiruvi;
- o'quv kurslarini yaratishda maxsus malakalarning shakllanishi;
- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo'lgan
talablarning va o'quv materiallarining samaradorligini nazorat qilishga ehtiyoj;
- o'quv jarayonida o'quvchi faoliyatining rivojlanishi, o'quv jarayoni
salmoqning o'qituvchidan talabaga ko'chishi;
- o'quv jarayonini tashkil etishda talaba shaxsiy yordamning ortishi.
Hozirgi bilim muassasalari zamonaviy komp'yuter va telekommunikatsiya
texnologiyalari joriy etilishi o'qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib
chiqarishga emas, balki uning vazifalarini mohiyatini o'zgartiradi. O'qituvchilik
faoliyatining murakkablashuviga olib keladi.
Endi o'qituvchi:
- o'quv kurslari dizayneri - o'quv kurslarini yaratuvchi;
- Fasilitator - o'qitish metodlari bo'yicha maslaxatchi;
-myuzor - interfaol o'quv kurslarini taqdim etuvchi;
- invigilyator - ta'lim natijalarini nazorat qilish usullari bo'yicha
mutaxassis bo'lishi kerak. Zamonaviy texnalogiyalar masofaviy ta'limning
yangicha tashkil qilinishiga asos yaratadi. Bunday bilimda pedagoglar komp'yuter
dasturchilari va mutaxassislari o'quv kurslarini yaratishlari lozim bo'ladi.
Masofaviy o'qitish kurslarni yaratishda dastlab quyidagilarni aniqlash lozim:
- kurslarni maqsadi
- maqsadga erishish yo'llari
- o'quv materiallarni taqdim etish usullari;
- o'qitish metodlari;
- o'quv topshiriqlari turlari
- muhokamalar uchun savollar
- munozara va baxslarni tashkil etish yo'llari;
- o'zaro aloqa usullari va kommunikatsiyasi.
Bularning barchasini kurslarni yaratuvchilar - o'qituvchilar va
texnologiyalar bo'yicha mutaxassislar hamkorligida amalga oshiradilar.
Masofaviy o'qitish tizimining yaratilishi pedagogik jarayonning
takomillashtirilishi va uning olib borilishini talab qiladi.
Pedagogik faoliyat samaradorligini monitoring qilish va pedagogik
jarayonni tashkil etishni takomillashtirish quyidagilarni taqozo etadi.
- masofaviy kurslarni yaratuvchi va etkazuvchi mutaxassislar jamoasining
kuchsiz jihatlarni aniqlash va taxlil etish.
- boshqa ta'lim muassasalarining masofaviy o'qitish bo'yicha pedagogik
jarayonni tashkil etish
Pedagogik jarayonni tashkil etish monitoringining asosiy masalalari
quyidagi muammolarni hal etishga qaratilmog'i lozim.
Kurslarni yaratuvchi va etkazuvchilar guruhini to'g'ri tashkil etish, bu
guruhlarda mehnatning taqsimlanish usullarini o'zini oqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. J. O'. Muxammadiev. : Axborot texnologiyalari. Toshkent 2019.
2. M.Aripov,B.Begalov va boshqalar “Axborot texnologiyalari” . Noshir
Toshkent 2009
3. S.S.G’ulomov, R.X.Alimov va boshqalar “Axboort tizimlari va
texnologiyalari”-T.Sharq nashriyoti 2000y
4. M.Aripov va boshqalar “Informatika va information texnologiyalar” T-
2004y
Do'stlaringiz bilan baham: |