1-Mavzu: Kompyuter grafikasi haqida tushuncha


Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va axborot asoslari



Download 73,75 Kb.
bet7/8
Sana01.02.2023
Hajmi73,75 Kb.
#906369
1   2   3   4   5   6   7   8
1.7. Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va axborot asoslari
Kompyuter grafikasi zamonaviy axborot texnologiyalar orasida toʻxtovsiz rivojlanib borayotgan yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham, dasturiy vositalar sohasida ham (SUPER ANIMATOR yoki 3-D STUDIO ) koʻzga tashlanmoqda. Ular videofilm kadrlari bilan sifat boʻyicha taqqoslashga loyiq haqiqiy, hajmli harakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Buday dasturiy mahsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar hisoblanib, san’at va multimediya texnologiyasi sohalarida qoʻllaniladi.Bundan tashqari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyihalashga, animasiyaga va koʻzga koʻrinuvchi (визуальный) harakatli koʻrishga katta e’tibor berilmoqda.
Umumiy holda kompyuter grafikasidagi tasvirlar ikki xil koʻrinishda: ikki oʻlchovli yoki uch oʻlchovli shakllarda boʻladi. Ikki oʻlchovli grafikaning dasturiy ta’minoti (X,U) koordinatalari tizimida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D koʻrinishidagi tasvirdir.
Uch oʻlchovli grafikaning dasturiy ta’minoti tekis ekranda (X,U,Z) (3D) koordinatalari tizimida tasvirlarni hosil qilish imkonini beradi.
4D grafikasi-vaqt tizimidagi uch oʻlchovli tasvirdir. Shuningdek 2,5D turidagi tasvir ham mavjudir.Bu 2D koʻrinishli tasvir boʻlib 3D tasvirining ba’zi bir xususi- yatlari bilan toʻldirilgan(masalan, ustunli diagrammada har bir ustun yoʻgʻonligi ham koʻrinib turadi).
2D turidagi grafiklarning xilari:

  • aylanma diagramma – Pie;

  • chiziqli grafik – Line;

  • ustunli gistogramma – Bar;

  • ustunli boʻlakli gistogramma - Stacred Bar;

  • min va max qiymatli diagramma - HI-LO;

  • zonali diagramma – Arca;

  • X va U li diagramma ( X-U).

2D turidagi bunday grafiklarni jadval muharrirlarining eng sodda variantlarida ham hosil qilish mumkin:SC3,4, LOTUS 1-2-3, FW-1,2,3 va hokazo.
3D turidagi grafika amaliy dasturlar paketining eng oxirgi versiyalarida amalga oshirilgan (masalan,SC5,6; FW-4; Fax Graph, Statgraphics - 3.5; Quattro Pro 4.0 va hokazo).
Mukamallashtirilgan grafik imkoniyatlarga ega boʻlgan dasturiy vositalar nafaqat ekranda berilganlarni aks ettirish usulini tanlashga, shuningdek tasvirning ekrandagi elementlari oʻlchamlarini, holatini oʻzgartiradi, bir joydan ikkinchi joyga koʻchiradi va shunga oʻxshash ishlarni ham bajaradi.
Lekin bu qoʻshimcha imkoniyatlar, foydalanuvchiga qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdiradi hamda grafika tuzish vaqtini uzaytirib yuboradi.
Koʻrgazmaviy grafika amaliy dasturlar paketini-koʻpincha grafik tahrirchi bilan adashtiradilar. Aslida grafik tahrirchi shu sinfga oid amaliy dasturlar paketining bir boʻlagi, xolos.
Masalan, Story board Plus amaliy dasturlar paketida grafik tahrirchi - Picture Maker, undan tashqari ssenariy tahrirchisi - Story Editor, tayyor slaydfilmlarni qoʻyuvchi tahrirchi - Story teller va amaliy dasturlar paketidan kerakli boʻlaklarni koʻchiruvchi dastur Pictyre Taker ham mavjud.
Ushbu sinfga mansub boʻlgan dasturiy vositalar qatoriga 2D grafikasiga ishlay oladigan dasturlarni ham kiritish mumkin. Ular hosil qilgan tasvir va matnlardan slayd-filmlar yaratishga va uni turli-tuman effektlardan foyda- langan holda namoyish qilishga imkoniyat yaratadi: diagonal boʻyicha, ekran markaziy nuqtasidan uning chetlariga yoʻnalgan holda, bir-birini qoplovchi ikki toʻsiq shaklida va boshqacha effektlar bilan namoyish eta oladi.
Bu sinfga oid boʻlgan dasturlar vositasida quyidagi ish- lar amalga oshirilishi zarur:

  • shriftlarni tanlash;

  • rangning jilolarini tanlash;

  • chiziq qalinligini tanlash;

  • ilgari hosil qilingan va grafika kutubxonasidagi tasvirlarga murojaat hamda ularni tanlash;

  • hosil qilingan tasvirni saqlash va uni kutubxonaga joylashtirish;

  • tasvirga matnni joylashtirish;

  • tasvirni qirqish, ulash va oʻchirish;

  • tasvirlarni slayd rejimida maxsus effektlar bilan birgalikda tamosha qilish;

  • tasvirlarni sharhlash vositalari;

  • ish grafikasi vositalarini mavjudligi.

Ushbu sinfga tegishli boʻlgan keng tarqalgan amaliy dasturlar paketi quyidagilardir:
Pc Illustrator, Pc Point Brush, Pc Storyboard, Pc Storybord Plus, Dr.Hallo Fantavision, Buku, Bgraf, Bukount, Grasp.
Yuqorida keltirilgan ADPlarning eng keyingi versiya- larini, masalan, CorelDraw 12 va X3 lar 3D grafikasi bilan ishlaydi, ularda rasm chizish uskunalari koʻpaytirilgan: retush vositalari, maxsus filtrlar, fon uchun tayyor tasvirlar kutubxonasi va hokazo. Bu dasturlarning koʻpchiligi multiplikasiya vositalarini ham oʻz ichiga oladi va imkoniyatlari boʻyicha animasiyali grafika sinfiga oʻtib ketadi.
Injenerlik grafikasining ikki asosiy funksiyasi mavjuddir:

  1. Obyektni konstruksiyalash;

  2. obyekt yordamida turli xil harakatlar qilish.

Bunday boʻlinish ikki koordinatali tizim konsepsiyasiga olib keladi: bogʻliq boʻlmagan, mustaqil tizim. Bunda obyekt konstruksiyalanadi koordinataning apparatli tizimi (Auto Cad) yordamida.
Injenerlik grafikasida birinchi marta real dunyo obyekt larini uch oʻlchovli koordinatada modellashtirish imkoniyati tugʻiladi. Injenerlik grafikasi tasvirlarni birinchi oʻzaro qirralari tutashtirilgan karkas shaklidagi rasmlardan zamonaviy murakkab obyektlarni ekranda turli ranglarda va turli koʻrinishdagi tasvirigacha boʻlgan rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi.
Yuqorida aytib oʻtilganidek, koʻrgazma grafikasi tijorat va namoyish grafikasining yigʻindisidan iborat. Shunday qilib koʻrgazma grafigi tijorat va namoyish grafikalarining bazaviy funksiyalari toʻplamidan iborat va u quyidagi uch xil masalani yechishga imkon beradi:

  • grafika va diagrammalar bilan ishlash;

  • tasvirlarni tahrirlash va saqlab qoʻyish;

  • koʻrgazma materiallarini rejalashtirish va tayyorlash.

Bunday sinfdagi eng ommalashgan dasturlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Harvard Graphics, Free Lance Graphics, Ms Power Point va hokazo.
Ushbu animasiyali grafika yordamida quyidagilarni bajarish mumkin:

  • karkasli 3D obyektini modellashtiradi va konstruksiyalaydi, uni murakkablashtiradi va har xil sharoitda ishlatib koʻradi;

  • yaratilgan karkasli obyektning yuzasini qoplash uchun ma’lumotlar bazasidan tayyor materiallarni olish yoki uni oʻzi yaratish;

  • ilgari yaratilgan modellarni fazoda joylashtirish , boshqacha aytganda , yaratilgan obyektlar uchun sahna, ish joyini hosil qilish;

  • obyektlarni matnlar bilan bogʻlab chiqish;

  • yoritish harakterini aniqlash, yorugʻlik manbalarini joy-joyiga qoʻyish, kamerani sahnada joylashtirish;

  • kadrlar ketma-ketligini aniqlash va kadrdan kadrga ularning siljishini ta’minlash;

  • yakka kadrni yoki bir necha kadrlarni rang jilosini, yorugʻligini, soyalarni, qarash burchagini, obyektlarni oʻzaro joylashishini va kadrdan kadrga ularni oʻzgarishini nazarda tutgan holda hisobini olish;

  • yakka tasvirni yoki olingan kadrlar ketma-ketligini ekranga film sifatida chiqarish.

3D animasiyali grafikasi ADPdan tashqari (3d Studio Topas, 9 Studio, Snagit, Macromedia Flash va boshqalar) 2D ADPlari ham mavjuddir. (Limena, Gif Animator Pro va boshqalar). Bular tasvirning dastlabki va oxirgi kadrlarini hosil qilish uchun moʻljallangan, qolgan oraliq kadrlar esa avtomatik ravishda hosil qilinadi.



Download 73,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish