1.6. Kompyuter grafikasi turlari va koʻrinishlari
Bugungi kunda kompyuter grafikasining quyidagi tur- larini ajratib koʻrsatish mumkin:
Tijoratga oid;
Namoyishlarga oid;
Muhandislikka oid;
Ilmiy-tadqiqotga oid;
Koʻrgazmaviy;
Animasiyali.
Tijoratga oid grafika - elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar EHMlar ekranida grafik shaklida, gistogramma, diagramma va xoxlagan boshqa shakllarda aks ettirilishi mumkin, kerakli grafiklar matn izohlari va ma’lum joylarda belgili izohlar bilan ta’minlanadi.
Tijorat grafikasiga tegishli boʻlgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va kerakli servislar bilan ifodalashga moslashtirilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi oʻzgarishlarni tezda muhoqama qilib, tegishli oʻzgartirishlar kiritishdan iborat.
Tasvirning yaqqolligini yanada oshirish uchun ushbu paketlarga tasvirni ekranda bir necha xil grafiklar shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa oʻz navbatida tasvirlarni ekranda birgalikda koʻrib, mulohazalash imkoniyatini oshiradi.
Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, shu jumladan statistik tahlil, extimol- lar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborotlar toʻplamini tahlil qilish imkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni ya’ni mashina tasvirini hosil qilib, uni namoyishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa yuqori sifatli va chiroyli koʻrinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Shu tipdagi grafiklarning eng afzallik tomonlari shundaki, bunday tasvirlar toʻplami va koʻrinishini tezda oʻzgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qoʻllaniladi. Injenerlik grafikasi tahlil, sintez, modellashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalashni avtomatlashtirish ishlarining hamma bosqichlarini oʻz ichiga oladi.
Ilmiy-tadqiqot grafikasi - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qoʻllaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil boʻladigan axborotlarni vizuallashtirish - koʻzga koʻrinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yoʻnalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika va samolyotsozlikda, geografiyada - xullas qamrovi katta boʻlgan, tez kechadigan jarayonlarni oʻrganishda juda qoʻl keladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shakllarda - diagrammalar, kartalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda keng qoʻllaniladi.
Koʻrgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji boʻlib, shu ikkala grafika imkoniyatlarining yigʻindisi integrasiyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarni slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, soʻngra uni ma’lum vaqt ichida ekranda ketma-ket koʻrgazma shaklida namoyish etishi mumkin. Har bir slaydning ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qoʻshib olib borilishi mumkin.Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyati ham mavjud.
Animasiyali grafika - rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi uch oʻlchovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlari bilan (masalan, reklama e’lonlari va telekoʻrsatuvdagi bir tasvirning ichiga ikkinchisini kiritish) qoʻshib uygʻunlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |