3.
Innovatsion menejment
4.
Ma’muriy menejment
5.
Operatsion menejment
6.
Moliyaviy menejment
7.
Xalqaro menejment
8.
Munitsipial menejment.
9.
Ekologik menejment.
10.
Bank menejmenti.
4.
Fanning asosiy maqsadi.
«Menejment»
fanining asosiy maqsadi tashkilotlar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlarni
berib, ulardan samarali rahbar o’z ishida har xil xolatlarni hisobga olib, kelajakni oldindan ko’ra
bilib, har qanday o’zgarishga tez tayyorlanishiga yordam beradi.
Mana shunday xolatga
tayyorlashni «Menejment» fani o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi.
Boshqa mehnat turlariga qaraganda bu mehnat o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Boshqaruv mehnati bilan tugullanayotganlar ijodiy harakterdagi akliy mehnat bilan band
bo’ladilar. Bunda ular maqsadlarni quyish, ularga erishish usul va vositalarini kidirib topish va
foydalanish, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish ishlarini amalga oshiradilar.
«Menejment» kursining maqsadi bozor munosabatlari sharoitida ishlay
oladigan malakali
boshqaruvchilarni
tayyorlash, ya’ni, o’quvchilarda zamonaviy
fikrni shakllantira oladigan,
shuningdek, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar
berishdir.
«Menejment asoslari» fanining asosiy maqsadlaridan yana biri tashkilotlar (katta va kichik,
tijorat, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tashkilotlari va hokazo turdagi) to’g’risida
asosiy
ma’lumotlarni berib, ularni samaradorligini ta’minlashda rahbar o’z ishida har xil holatlarini
hisobga
olishini, kelajakni oldindan ko’ra olishini, har qanday o’zgarishga
tez tayyorlanishi,
ya’ni har qanday rahbar kishini uddaburon, o’zgarishlarga tayyor, malakali va zamon bilan teng
qadam tashlashini talab qiladi.
Menejment kursining asosiy vazifasi korxonalarni boshqarish tizimini takomillashtirish,
shuningdek uning negizida bozorni zarur yuqori sifatli xalq iste’moli mahsulotlari bilan boyitish,
jahon bozoriga chiqishga keng yo’l ochish va o’z mahsulotlarini xorijiy davlatlarda raqobatdosh
qilib tayyorlash, uni valyutaga sotish va u bilan birga respublika iqtisodiyotini boshqarishni
xalqaro andozalarga olib chiqadigan kasbiy mahoratga ega bo’lgan
mutaxassislar tayyorlashni
yo’lga qo’yishni ilmiy negizini yaratishdir.
«Menejment» fani muayyan iqtisodiy-ijtimoiy, ilmiy fanlar, xalq xo’jaligini rejalashtirish,
statistika, buxgalteriya, moliya, rejalashtirishning
iqtisodiy-matematik usullari, psixologiya,
huquqshunoslik, iqtisodiy nazariya fanlari bilan o’zviy bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: