1-мавзу: кириш


-semestr Leksiyalar



Download 14,93 Mb.
bet2/112
Sana18.02.2022
Hajmi14,93 Mb.
#454963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
19-20 ТМ УМЛ 2021-2022 лотин

3-semestr

Leksiyalar

1-mavzu

“Tо‘qimachilik materialshunosligi” fanininga kirish. Tо‘qimachilik materialshunosligi fanining rivojlanishi va ahamiyati

5

2-mavzu

Tabiiy tolalarning olinishi, tuzulishi va xususiyati

11

3-mavzu

Kimyoviy tola, iplarning olinishi va xususiyati

18

4-mavzu

Tо‘qimachilik tolalarining uzunligi va ahamiyati

23

5-mavzu

Tо‘qimachilik tola va iplarning chiziqiy zichligi, ahamiyati va aniqlash usullari

28

6-mavzu

Tо‘qimachilik tola va iplarining nuqsonlari

32

7-mavzu

Tо‘qimachilik tola va iplarining yarim, bir va kо‘p davrli chо‘zilish deformatsiyasi va olinadigan kо‘rsatkichlar

39

8-mavzu

Tо‘qimachilik tolalarining siqilish deformatsiyasi va olinadigan kо‘rsatkichlar

46

9-mavzu

Tо‘qimachilik tola va iplarining egilish, bikrlik va yemirilish deformatsiyasi, iplarning eshilishi va ahamiyati

51

10-mavzu

Tо‘qimachilik gazlamalarining olinishi, tuzilishi va xususiyati

56

11-mavzu

Trikotaj va noto’qima matolarning olinishi, tuzilishi va xususiyati

63

12-mavzu

Tо‘qimachilik gazlamalarining mexanik xususiyatlari...

67

13-mavzu

Tо‘qimachilik gazlamalarining egilish deformatsiyasiga bog‘liq xususiyatlari

70

14-mavzu

Tо‘qimachilik gazlamalarining fizik xususiyatlari

73

15-mavzu

Tо‘qimachilik materiallarining kirishishi

79

Amaliy mashg‘ulot

1-mavzu

Tо‘qimachilik tolalarining tuzilishini mikroskoplari ostida tekshirish

98

2-mavzu

Paxta tolasidan namunaviy va natijaviy pilik tayyorlash

107

3-mavzu

Paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdorini aniqlash

108

4-mavzu

Paxta tolasining uzunligini aniqlash

116

5-mavzu

Paxta tolasi pishib yetilganligini aniqlash

121

6-mavzu

Paxta tolasi chiziqiy zichligini aniqlash

125

7-mavzu

Paxta tolasi mustahkamligini asboblarida aniqlash

131

8-mavzu

Paxta tolasi navini qutblangan nur yordamida aniqlash

134

9-mavzu

Kanop tolasining uzunligi va chiziqiy zichligini aniqlash

137

10-mavzu

Gazlamalardan namuna olish va sifat kо‘rsatkichlarini aniqlash

139

11-mavzu

Trikotaj matodan namuna olish va sifat kо‘rsatkichlarini aniqlash

142

12-mavzu

Notо‘qima matodan namuna olish va sifat kо‘rsatkichlarini aniqlash

147

13-mavzu

Tо‘qimachilik gazlamalarining egilish deformatsiyasiga bog’liq xususiyatlarini aniqlash

155

14-mavzu

Tо‘qimachilik gazlamalarining kirishishini aniqlash

156




Mustaqil ish………………………………………………………

314




Glossariy………………………………………………………….

318




Adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………

332




Ilova………………………………………………………………

333




Fan dasturi……………………………………………………....







Fanining ishchi o‘quv dastur…………………………………...







Nazorat savollari……………………………………………....
























Fanning predmeti va mazmuni:-talabalarga mahsulot sifatini baholashning nazariy asoslari, asosiy tushunchalari, sifatni baholash uslublarini o‘rgatish bilan bir qatorda amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishda nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Fanni o‘qitishdan maqsad - to‘qimachilik materiallarining tuzilishi, olinishi va xususiyatlarini aniqlash uslub va vositalari orqali tegishli standartlar bo‘yicha sifatiga baho berishni o‘rgatadi.
Fanni vazifasi - to‘qimachilik tola, ip, gazlama va tayyor mahsulotlarning olinishi, ularning assortimenti, tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganish, zamonaviy asbob-uskunalar yordamida fizik-mexanik xossalarini aniqlash, mahsulotni qayta ishlanish jarayonida sifatini o‘zgarishi haqida, olingan sinov natijalarini standartlar talablariga asosan ularni baholash qoidalarini o‘rganish, ilmiy tekshirish ishlarni amalga oshirishga ko‘nikma hosil qilishdir.

3-SEMESTR
1-MAVZU: “TO‘QIMACHILIK MATERIALSHUNOSLIGI” FANININGA KIRISH. TO‘QIMACHILIK MATERIALSHUNOSLIGI FANINING RIVOJLANISHI VA AHAMIYATI



Ma’ruza mavzusining rejasi:

a) to‘qimachilik materialshunosligi fanining rivojlanishi va ahamiyati;
b) to‘qimachilik materialshunosligi fanining fundamental fanlar bilan bog‘liqligi;
v) to‘qimachilik materiallarining qo‘llanilishi.

Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri-to‘qimachilik va engil sanoat mahsulotlarini etarli darajada sifatli ishlab chiqarish va uni eksport qilishdan iboratdir. Bu ma’suliyatli vazifani bajarishda materialshunoslik fanining ahamiyati kattadir.


Respublikamiz iqtisodini rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, mahsulot sifatini sistematik ravishda oshirib borishdir. Mahsulot sifatini oshirish, assortimentlarini kengaytirish va iste’molchilar talabini qondirish hozirgi bozor iqtisodiyotining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifat darajasini ta’minlash uchun standartlar va texnik shartlarning me’yoriy talablariga bog‘liq holda sistematik nazorat ishlarini olib borish lozimdir.
Ushbu sohadagi mutaxassislar xom ashyo va mahsulot nuqsonlarini faqatgina qayd etmasdan, balki sifatni boshqarish bo‘yicha ham faol qatnashib, bo‘lajak nuqsonlarning qanday hosil bo‘lishini oldindan aytib berishlari mumkin.
Mahsulot sifatini oshirish dolzarb muammolardan bo‘lib, u ko‘p omillarga, shu jumladan mashinalarning ish holatiga, ishni tashkil etishga, xom ashyoning sifatiga, ishchilarning kasb mahoratiga, xom ashyoning sifatiga, ishchilarning kasb mahoratiga, xom ashyo, yarim va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda mutaxassislarning bilimdonligi va malakasiga, sinov o‘tkazuvchi qurol va asbob-uskunalarning zamonaviyligiga va hokazolarga bog‘liq.
Mahsulot sifatini oshirish uchun ishlab chiqarish tizimining barcha bo‘g‘inlarida ishni sifatli tashkil etish kerak. SHu bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish, nazoratning yangi usulini ishlatish samarali natija beradi. Avtomatlashtirilgan o‘lchash asboblarini tatbiq etish sermehnat sinash jarayonlarini tezlashtiradi va kutilayotgan natijalarni katta aniqlik bilan beradi.
O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalar bo‘yicha aloqalar olib bormoqda. SHu bilan birga savdo aloqalari yuksalmoqda va davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirmoqda. Davlatlararo savdo aloqalarini yaxshilash jahon bozori talablariga javob beradigan sifatli xom ashyo va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishni taqoza etadi.
Fan-texnikaning taraqqiyoti bilan mahsulot sifatini oshirish hozirgi kunning muammolaridan hisoblanadi. Mahsulot sifatini oshirish, sifat darajasining uzoq muddatgacha saqlanib turishini ta’minlash vazifasi esa ilm-fan va texnika yutuqlari asosida yaratilgan standartlar orqali amalga oshiriladi.
To‘qimachilik materialshunosligi fani to‘qimachilik materiallarining, ya’ni: tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto‘qimalarning olinishini, tuzilishini, xususiyatlarini va shu xususiyatlarni o‘rganishda ishlatiladigan uslub va asboblardan foydalanishni o‘rgatadi.
To‘qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan to‘qimachilik fani ham rivojlana boshlagan.
XVI asrning boshlanishida Leonardo da Vinchi (1452-1519) kemalarda ishlatiladigan arqonlarning namligini, ishqalanishga chidamliligini va yo‘g‘onligini o‘rgangan.
XVII asrning 2-yarmida ingliz olimi Guk deformatsiyani kuchlanishi bilan proporsionallik qonunini yaratgan va tibiiy ipakni tuzilishini o‘rganib, kimyoviy tolalarni olish mumkinligini bayon etgan.
1750 yil Italiyaning Turin shahrida «konditsion» degan laboratoriya tashkil etilib, tabiiy ipakning namligi maxsus asboblarda aniqlangan. Keyinchalik bunday laboratoriyalar boshqa davlatlarda ham tashkil etila boshlangan.
XVIII asr boshlarida qator davlatlar tomonidan to‘qimachilik xom ashyolari xususiyatlariga nisbatan maxsus talablar qo‘yiladi. Bu shu davrda xom ashyo xususiyatlari tashqi ko‘rinishi bo‘yicha aniqlansa ham, ularning sifatini yaxshilashga va samarali foydalanishga yordam bergan.
XVIII asr o‘rtalarida qator davlatlarga og‘irlik usuli orqali iplarning ingichkaligi aniqlangan. Natijada “metrik nomer” degan ibora va ko‘rsatkich vujudga kelgan.
XVIII asrning 2-yarmida Rossiya Akademiyasining olimi - P.I.Richkov to‘qimachilik materiallarining xususiyatining o‘rganib, yangi tolalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib borgan.
XVIII asrda ingliz olimlari paxta tolasini navlarga ajratish usulini tavsiya etishganlar. XIX asrning birinchi yarmida esa Rossiya va boshqa davlatlarning o‘quv yurtlari mutaxassislariga to‘qimachilik materiallarining xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berila boshlagan.
Umuman XVIII asrning ikkinchi yarmida to‘qimachilik materiallarining tuzilishi, ayrim xususiyatlari asboblar yordamida o‘rganilgan. SHu davrdan e’tiboran to‘qimachilik materialshunosligi fanining tiklanish davri boshlangan.
1828 yil prof. A.F.Ozerskiy «Paxtani yigirish» kitobini yozgan.
1850 yil prof. A.F.Ozerskiy, prof. N.A.Vasilevlar Moskva Oliy texnik bilim yurtida to‘qimachilik materiallarining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tashkil etishgan.
XIX asrda nemis olimi I.Bom jun tolasining, ingliz olimi O.Neyl paxta tolasining xususiyatlarini tahlil qilishadi. XIX asrning 80-yillarida nemis olimi Myuller har xil turdagi iplarning mustahkamligini, namligini, tolalarning uzunligini aniqlash bo‘yicha asboblarni takomillashtirilgan va hisoblash tenglamalarini yaratgan. Bu tenglamalardan bugungi kunda ham foydalanilmoqda.
1927 yil prof. S.A.Fedorov raxbarligida NITI-to‘qimachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan. Bu institutda to‘qimachilik sohasi bo‘yicha yirik olimlar: N.YA.Kanarskiy, A.A.Sinitsin, V.V.Linde, V.V.Zotikov va A.N.Solovevlar ishlashgan.
“To‘qimachilik materialshunosligi” fanining asoschilari Moskva to‘qimachilik instituti professorlari G.N.Kukin va A.N.Solovevlar 3 jilddan iborat “To‘qimachilik materialshunosligi” darsligini yuqori darajada mazmunli qilib, oxirgi-uchinchi nashrini 1985-1992 yillarda chop etdilar.
1934 yil “NITI” ayrim tarmoq bo‘yicha mustaqil institutlarga ajrab ketdi. Paxtaning xususiyatlari bo‘icha SNIXBI, poya po‘stlog‘idan olinuvchi tolalar bo‘yicha, jun tolalari bo‘yicha SNII kimyoviy tolalar bo‘yicha maxsus Markaziy va Butunittifoq ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi.
1944 yil MTI (Moskva to‘qimachilik instituti)da to‘qimachilik materialshunosligi kafedrasi ochildi. Uning rahbari bo‘lib, prof. G.N.Kukin 1980 yilga qadar ishladi.
O‘zbekistonda paxtaning xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston «Sifat» markazi, «Paxtasanoat ilmiy markazi» hamda to‘qimachilik va engil sanoat institutining kafedra olimlari ilmiy ishlarni olib boradilar.
To‘qimachilik materialshunosligi fanini rivojlantirishda O‘zbekiston olimlari - akademik, M.A.Xojinova, professorlar, M.X.Xolmatov va V.V.YAkovlevlar katta hissa qo‘shganlar.
Bizning institutda 1957 yil prof. M.A.Xojinova rahbarligida to‘qimachilik materialshunosligi kafedrasi ochildi va 1973 yildan boshlab kafedra “Materialshunoslik va to‘qimachilik mahsulotlarining sifatini boshqarish” bo‘yicha muhandislarni tayyorlab chiqara boshladi.
CHet el materialshunos olimlaridan V.Jurek (Polsha), Peres, Xerl (Ingliz), A.Parizo (Fransiya) SHvars, Sakel (AQSH) fanni rivojlanishga katta hissa qo‘shganlar.
SHveysariyaning “Sel’veger-Uster” firmasining olimlari butun dunyo bo‘yicha tarqalgan “Uster” asbobini yaratishdi. Paxta tolasining sifatini aniqlashda AQSHda “Spinlab” sistemasi yaratildi.
To‘qimachilik materialshunosligi fani fizika, kimyo, matematika, mexanika fanlariga asoslangan holda taraqqiy etadi. To‘qimachilik materialshunosligi fani texnikaviy fanlarga kiradi. SHuning uchun mexanika elektrotexnika, avtomatika fanlariga tayanadi. To‘qimachilik materialshunoslik faniga yaqin fanlardan: sanoat mollarining tovarshunoslik fani, tikuvchilik materialshunosligidir.
To‘qimachilik materiallari xalq xo‘jaligi tarmoqlarida keng ishlatiladi. Uni ishlatmagan birorta sanoat tarmoqlari yo‘q. Asosiy to‘qimachilik mahsulotlari kiyim kechak va xo‘jalikda ishlatiladi. Masalan: rivojlangan davlatlarda kiyim kechak uchun 35-40 %, xo‘jalik maqsadlari uchun 20-25 %, texnikada 30-35 % va boshqa maqsadlar uchun 10 %gacha ishlatiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, texnikada ham to‘qimachilik mahsulotlari ko‘p ishlatilar ekan. Hozirgi yo‘nalish texnikada ishlatiladigan mahsulotlarni asosan kimyoviy tolalardan ishlab chiqarishni talab etmoqda. Tibbiy tolalar asosan kiyim-kechak uchun ishlatilmog‘i lozim. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan barcha tolalar kelib chiqishi bo‘yicha ularni olish usuli va kimyoviy tarkibi bo‘yicha ikkita sinfga, ya’ni tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadilar.
To‘qimachilik sanoati engil sanoatining tabiiy va sun’iy tolalardan turli xildagi ip, gazlama, noto‘qima matolar va to‘qimachilik-attorlik buyumlari ishlab chiqariladigan yirik tarmoqlaridandir. U kundalik turmushda ishlatiluvchi mahsulot ishlab chiqarish va aholi ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
To‘qimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi-paxta, poya po‘stlog‘idan olinuvchi (zig‘ir, kanop, jut va hokazo) tolalar, jun tolalari va ipakdir. Bundan tashqari, to‘qimachilik sanoatida turli xildagi sun’iy va sintetik tola, iplar ko‘p ishlatiladi.
Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlariga o‘tish ishlarining asosiy mezoni-ishlab chiqarish hajmini va quvvatlarini oshirishgina emas, balki, avvalo, ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan talab va taklifning mavjudligi sanoatning yildan-yilga jahon bozoridan o‘z o‘rnini topib borish imkoniyatlarini harakterlovchi ko‘rsatkichlardir.

Download 14,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish