1-mavzu. Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja



Download 398,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.06.2022
Hajmi398,17 Kb.
#680091
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza



1-mavzu. Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining 
predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
Reja 
1.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
2.
Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, 
komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan 
o‘rni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning ma’naviy 
yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari 
to‘g‘risidagi fikrlari. 
4.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi 
nazariy-kontseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar. 
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, 
maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy 
asoslari. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, dini, 
madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi 
ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan uzoq va 
betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining 
ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‘tmishda Turon, Turkiston, 
Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik 
manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk 
mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, 
tsivilizatsiyalar tutashgan eng to‘lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‘lib, bu 
zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan 
ma’lum darajada aralashuvi sodir bo‘lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, 
san’ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan. 
Bugungi kunga kelib Vatanimiz O‘zbekiston nafaqat 
shar
q, balki umumjahon 
tsvilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz 
ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. O‘zbek xalqining boy va 
qadimiy davlatchilik tajribasi bo‘lib, hozirgi O‘zbekiston hududida ilk mustaqil 
davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo 
bo‘lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va dunyo davlatchiligi 
ravnaqiga eng yuksak darajaga ko‘tarilganligi butun dunyoga ma’lumdir. Bundan 
qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar, 
siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari 
mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. 


Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid har xil voqea-hodisalarning 
izchil rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi, 
insoniyatning paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyutsion rivojlanish jarayoni va 
boshqalarni o‘rganadi. SHuning
dek
O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat 
tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani yaqin tarixni, so‘nggi yarim asrdan kamroq 
vaqtni xolisona va haqqoniy o‘rganadi. 
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix 
fanining predmeti va ob’ektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. 
CHunki, O‘zbekistonning eng tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori 
predmet va ob’ekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning 
o‘rganish predmeti va ob’ekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, 
maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, 
o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan saboq 
beradi, xulosa chiqaradi, yosh mustaqil davlatning hayot yo‘lini ko‘rsatadi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, 
o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan saboq 
beradi, xulosa chiqaradi, yosh mustaqil davlatning hayot yo‘lini ko‘rsatadi. 
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga
nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Voqea va hodisalar 
qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-
xillik xususiyatiga ega. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi 
jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik 
hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning 
yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish 
makoni-ob’ekti O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixidir.
Ob’ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, 
ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi 
voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana 
shu bir butun ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlardan iboratdir.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va 
uzviy aloqa birligida rivojlanadi. SHuning uchun ham, tarixchilar falsafani, 
adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni 
to‘la yoritib bera olmaydilar. 
SHuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning 
o‘rganish ob’ekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. SHuning 


uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga 
chiqishiga bevosita yordam beradi. SHuning
dek
tarix fani ham boshqa soha fanlari 
rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa 
fanlarni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. CHunki boshqa 
fanlarning hammasi ham, tarix mahsulidir.
Xulosa shuki, tarix fani ya’ni, O‘zbekiston tarixi millat va Vatan taqdirini 
ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, 
birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining 
naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. CHunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq.
Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham 
shuncha yuksak darajada bo‘ladi. 
Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri 
xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, 
kelajakni to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum 
mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz 
tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari 
zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori 
ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish 
kabi vazifalarni yuklamoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik 
kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi 
kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi 
ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir. 
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini 
tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va 
o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va 
rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda 
ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish 
lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi 
yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, 
mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va 
mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, 
mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday 
muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi 
davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa 


shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud 
edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funktsiyalar 
bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi 
davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 
vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining 
kontseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya 
jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini 
xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy 
davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini 
o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodiq ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash 
va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda 
O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va eng 
yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” 
bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix, 
xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, 
iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo 
yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, institutning olti 
nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir. 
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning 
eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va 
uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, 
“O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida 
iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator to‘plam va 
monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga 
oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin. 
Bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish 
bilan 
shug‘ullanayotgan 
mutaxassislarning 
(tarixchilar, 
sotsiologlar, 
siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular 
faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. 
Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda 
sarflanadigan kuch-g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish 
murakkabligi barchaga ayon. 
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha 
jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va 
tarixchilarga muhim yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va 
kengashning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan 


tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal 
etmoq talabini qo‘ymoqda. 
Mazkur qarorda belgilanganidek institut va kengash a’zolari qator rejalar
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, 
iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan 
voqealar asosida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks 
yondashuvni ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi 
va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik 
arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga 
oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy 
yo‘nalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bog‘liqdir. 
1.
O‘zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
-
Ilmiy xolislik (ob’ektivlik); 
-
Tarixiy – tahliliylik; 
-
Mantiqiy – uzviylik; 
-
Vorislik va izchillik; 
-
Xronologik izchillik; 
-
G‘oyaviylik va vatanparvarlik; 
-
Halol va xolislik; 
-
Qiyoslash va kuzatish; 
-
Kuzatish va umumiylashtirish; 
-
Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash; 
-
Ayrimlikdan 
umumiylikka 
(induktsiya) 
va 
umumiylikdan 
ayrim 
(juz’iy)likka (deduktsiya); 
Bugungi kunda oshkoraliq shaffoflik kabi tamoyillar ilgari surilayotgan bir 
vaqtda tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustivor bo‘lmog‘i kerak. 
CHunki yaqin tarix ko‘pchilik o‘z ko‘z o‘ngidan o‘tkazgan voqeliklardir. Uni 
oshirmay, yashirmay, boricha o‘rganish zarurdir. 
Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni 
o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini 
chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini 
tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol 
muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin 
o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom 
etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, 
uni to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy 
vazifani amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir. 


Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy 
siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi 
hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb yetdi. 
Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, 
huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan 
keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, 
zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, 
intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. 
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum iskanjasidan 
chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi 
g‘oyatda tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi. 

Download 398,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish