1.1$ XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi uchun butunlay yangi sahifa ochildi O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida o‘zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi. O‘zbekistonda ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, angicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. mustaqillik davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1) 1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yildi 2) 2017-yildan keyingi yillar. Budavr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan O‘zbekiston Prezidenti ShavkatMirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli islohotlardavri hisoblanadi. Shuningdek, bu davrda jtimoiy-siyosiy hayotimizga yangiiboralar, xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, “tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”,“o‘z bolangni o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik”, “kitobxonlik ko‘nikmasi” singari tushunchalar kirib keldi va ayotimizning ajralmas qismiga aylandi. +0 Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi.Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi.To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani, O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi.
1.2$ 1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o'rtalarida sovet jamiyatida "qayta qurish" boshlandi. Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi. 80-yillarning o'rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro'y bera boshladi. Qayta qurish kontsepsiyasi cheklangan bo'lib, u SSSRni taraqqiyotini ta'minlay olmas edi Qayta qurish yillarida O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi.Respublikada milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. Milliy o'zlikni anglash boshlandi.O'zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog'lomlashtirishni O'zbekistonda dolzarb masala sifatida ko'tarildi.
1.3$ “Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili,madaniyati,qadriyatlari, tarixini bilishga,o’zligini anglashga qiziqish ortib bormoqdi. O’zbekiston davlat mustaqillikka erishgandan so’ng, respublika va uning manfaatlariga muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiyiqtisodiy siyosatni o’tkazish imkoniyati tug’ildi. U xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo’ldi. Bu esa jahon mehnat taqsimotida munosib o’rinni egallashga sharoit yaratdi. Mamlakatda yuzaga kelgan murakkab vaziyatda hayotga tayanish ,umumiy hamda balandparvoz so’zlarga asoslanib, emas,balki konkret sharoit real imkoniyatlarga amal qilish eng muhim ishdir Prezidentimiz I.Karimov “Biz uchun asosiy yo’nalish, barcha vazifalarni hal etish kaliti – O’zbekistonning real siyosiy suverenititeti va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashdir ”16 deb ta’kidlagandi 30 – yillarning boshlarida iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriyatchilik buyruqbozlik usullari g’alaba qozonib ,O’zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlar tobora qaror topa bordi. Xo’sh , bu illatlar, avvalo ,nimalarda namoyon bo’ladi? Avvalo ,shunday bizning respublikamiz asosan xomashyo ba’zasi, sanoat ministrlari va idoralarining mo’may xomashyo manbai deb hisoblanardi. O’lkaning mahalliy,ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan yetarlicha,ba’zan yetarlicha ,ba’zan mutlaqo ,baho berilmadi,ba’zan bu xususiyatlar pisand ham qilinmadi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks ,jadallashtirish ,rivojlantirishning umumittifoq mehnat taqsimotida O’zbekiston SSR mavqei va o’rnini o’zgartirishning muqobil yo’llari e’tiborga olinmadi
2.1$ Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar. Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun ma’sul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi
2.2$ Ma’lumki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet davrining “qayta qurish” davrlarini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi. O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
2.3$ Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti o`z-o`zini anglash, eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma`naviy voqelik, sha`ni, qadr-qimmat, obro`-e`tibor, or-nomus orqali namoyon bo`lishini ko`rsatadi. Hayotning ma`no-mazmunini, maqsadini tushinib etish, o`zlikni anglashdan boshlanadi. Milliy g’oyada uning negizlari mujassam bo`lganligi uchun ham o`zlikni anglashga xizmat qiladi va bir-biri bilan uzviy bog’liq. “O`zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni anglab etishni tushunaman” deydi I.A.Karimov. O`zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish, avvalambor, har bir fuqaroning va butun jamiyatning oliy maqsadlarini o`zida mujassam etgan. Milliy g’oya atrofida jipslasha olishi, o`zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligi anglab etishiga ham bog’liq. Zero, buyuk bobokolonimiz Amir Temur o`git berganlaridek: “Birliksiz kuch bo`lmas” binobarin, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” ko`rishdek ulug’ ish avvalo, o`zlikni anglamagan joyda amalga oshmaydi. Milliy birligida insonni o`zlikni anglash omili alohida o`ringa ega. Prezident I.A.Karimov ta`kidlaganidek; “Chinakam insoniy fazilatlarga ega bo`lgan yoki ega bo`lishga intilgan odam demokrtiya ne`matlarining oddiy iste`molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylandi
3.1$ Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
3.2$ O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
3.3$ O‘sha davrda sovet jamiyatining siyosiy tizimiga partiya, turli darajadagi Sovet organlari, kasaba uyushmalari, komsomol (yoshlar tashkilotlari) kirardi. Tizimning asosiy ustuni partiya hisoblangan. 1966-yildagi zilziladan so‘ng Toshkentni Toshkent metropolitenining qayta tiklash ishiga u ko‘p kuch-quvvat qurilishi va g‘ayratini sarfladi. Toshkent metropoliteni qurilishi uning tashabbusi bilan boshlangan. Metropolitenning birinchi navbati (9 ta bekat) 1977-yil noyabrda ishga tushirildi. Sovet jamiyatida davlat boshqaruvi organlari turli darajadagi Sovetlar bo‘lgan. Oliy Sovetdan boshlab qishloq sovetlarigacha bo‘lgan organlar mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishlari kerak edi. Aslida esa bunday bo‘lmagan. O‘zbekistonda ham xuddi butun Ittifoqda bo‘lgani singari mehnatkashlar deputatlari tuman, shahar, viloyat Sovetlari hamda respublika Oliy Soveti ikkinchi darajali masalalarni ham partiya komitetlaridan ruxsat olmasdan hal qila olmas edi.
4.1$ Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira shunchalik bubk ma’naviy kuchga aylana boradi. Zero, o‘tmish xotirasiga ega bo‘lmagan, o‘z xalqining tarixiy tajribasidan mahrum kishi butunlay tarixiy istiqbolni his qilishdan ayrilib qoladi. Teran va dono bir hikmat bor, o‘z qahramonlarining xotirasini muqaddas bilib e’zozlovchi xalqgina buyuk bo‘lishga, buyukman deb da’vo qilishga munosibdir.
4.2$ XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet davrining “qayta qurish” davrlarini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi
4.3$ 1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: "Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi". O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g(risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.
5.1$ O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yoshlarga nisbatan alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga oid davlat siyosati izchil ravishda amaliy hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan.O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Bu borada yoshlarning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadi qo‘yilgan. SHu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida hisoblanadi. Chunki, mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i 60,0 foiz foizdan yuqorini tashkil qiladi. Mazkur mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi
5.2$ Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubiy-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoliy-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Orol – 50 yil avval ham dunyoning quruqlikdagi eng yirik to‘rtinchi dengizi edi. Afsuski, dengizning qurib borishi va uning oqibatlari bugunga kelib dunyoning eng og‘riqli ekologik fojialaridan biriga aylangan. Avvallari yoz oylarida Orol ustidan o‘tayotgan garmsel harorati dengiz suvi harorati ta'sirida pasayardi va bizga nisbatan iliq havo sifatida, qishda esa, aksincha, Sibirdan esayotgan sovuq oqim Orolning iliq suvi ta'sirida mo‘'tadillashib kelardi. Hozirgi vaqtda Orolning ushbu termoregulyator funksiyasi umuman teskarisiga ishlayapti. Dengiz qurib, iqlim ham o‘zgargan Xullas, Markaziy Osiyoni o‘z xomashyo bazasiga aylantirgan Sovet Ittifoqi shu asno Orol dengizini, uning tubidagi baliqlarni, atrofidagi tabiat va jonzotlarni xarob qilgan.
5.3$ 1990-yil boshlarida Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Markazning respublikalar siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayotini nazorat qilishi va boshqarishi yanada qiyinlashdi. SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqirozni bartaraf etish chora-tadbirlarini topishga ojizlik qildilar O‘zbekistonda milliy, huquqiy va demokratik davlatga zamin yaratilgan muhim qadam O‘zSSR Oliy Sovetining12-chaqiriq birinchi sessiyasida (1990 yil 24-mart) ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvini ta’sis etish to‘g‘risida qarori bo‘ldi. Deputatlar 2 I.Karimovni O‘zSSRning Birinchi Prezidenti qilib sayladilar. 1990 yili 20-iyunda O‘zSSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida “Mustaqillik deklaratsiyasi” qabul qilindi. Bu deklaratsiya O‘zbekistonning mustaqillik uchun tashlagan muhim va zurur qadami bo‘ldi. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat maqsadi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”,- deb yozib qo‘yildi. Mazkur hujjat O‘zSSR qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Respublika hududida joylashgan sobiq SSSR IIV, SSSR DHQ hamda Ichki Qo'shinlari O'zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinadi”, deb ko'rsatilgan edi. Bu qoidalar 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to'g`risida”gi qonunda mustahkamlandi va “O'zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil hizmatni tashkil etish huquqiga ega” deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Bu amalda yosh respublika uchun harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berdi. I.A.Karimovning siyosat maydoniga kirib kelgan birinchi kunlardanoq o'z faoliyatini O'zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan huquqlarini tiklashdek oliyjanob va hayrli ishdan boshlagan edi. Keltirib o`tganimizdek, O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 6-sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining quyidagi asosiy belgilarini ko‘rsatib berdi.
6.1$ Milliy manfaatlar ustuvorligining o'sib borishi Farg'ona fojiasi 1989 yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va yetnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo'l stantsiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 iyundan boshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8 iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi xalok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi.
6.2$ 1990-yil 18-fevralda O`zbekiston SSR Oliy Kengashiga saylov bo‘ldi. 1990 yil boshida O‘zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko‘tarildi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi. 1990-yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston SSR Oliy Kengashining I-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning tazyiqiga qaramasdan, respublikalar orasida birinchi bolib “O`zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida” qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I.A.Karimov nutq so‘zlab, O`zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta’minlashni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’kidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo‘lgan sharoitda O`zbekistonda o‘z Prezidentining saylanishi muhim voqea, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo‘ldi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo'lib o'tgan VIII sessiyasi «O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida» qonunni qabul qildi. 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to'g'risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo'lib o'tgan XI sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada Nhoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlandi.O'zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo'lgan kundanoq dastlab mustaqillikka erishgan Boltiqbo'yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida munosabat o'rnatish uchun harakat boshladi. 1991-yil 31-avgust kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to'g'risidagi Bayonot O'zbekiston hukumatining siyosiy yo'lini to'la qonunlashtirib berdi.
6.3$ Taraqqiyotning “O’zbek modeli” Dunyoviy davlat qurishda «O’zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi 3. O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishida o’ziga xos yo’li. Bu asar birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 1992 yilda yozildi. Asarda O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos yo’li va demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi. Jahon taraqqiyotida: 1) Demokratiya va qonunchilik. 2) Mulkchilikning turli shakllari v unga munosabat. 3) Yuksak ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishi. 4) Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga kirish masalalari ko’rsatib berilgan. O’zbekiston BMTga 1992 yil 2 martda qabul qilinganligi ko’rsatilgan. Umuman, bu asar 5 qism, bo’limlarni o’zida ifoda etadi. Bular: 1.O’z yo’limizning shart-sharoiti va zaminlari. 2.O’zbekiston demokratikf va itimoiy adolat jamiyati. 3.Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat. 4.Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish – mustaqil O’zbekiston ichki siyosatining negizlari. 5.Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari.
7.1$ O'zbekistonda1989 yilning ikkinchiyarmidan boshlangan o'zgarishlar Gdlyan guruhiga nisbatan munosabatlarni ham eskino'zgartiribyubordi. "Paxtaishi" bilan bog'liqbo'lganqonunbuzarliklarnifoshetish, egunohkishilarnioqlashda O'zbekistonning yangirahbari IslomKarimovboshchiligidakengko'lamliishlarboshlandi. Bu ishlarmarkazdan hech qanday ruxsatso'ramasdanmustaqiltarzdaolibborildi. Shunday murakkab sharoitda ittifoqdosh respublikala richida birinchi bo'lib respublika Bosh prokurori PrezidentIslomKarimovningtavsiyasigako'ratayinlandi. YurtboshimizBosh prokuror oldiga respublikamiz manfaatlarini himoya qilish, birinchi navbatda, "paxtaishi" bo'yicha nohaq qamalaga nfuqarolarninghaq-huquqinitiklashmasalasiniqo'ydi. O'zbekistonSSR OliySovetiPrezidiumi1989 yil12 sentyabrda" paxtachilikdaqo'shibyozishgayo'lqo'yganiuchunjinoiyjavobgarlikkatortilgankishilarniavfetishmaqsadidahujjatlartayyorlaydigankomissiya" tashkiletdi. Bu komissiyatergovhujjatlariniO'zbekistongaqaytarib , minglab ishlarniqayta o'rgandi. O'zoqdavometganmashaqqatlikurashnatijasida, 2940 kishininghaq-huquqiqaytatiklandi, 1015 kishi asossiz sudlangani aniqlandi. Noqonuniy ravishda hibsga olingan vatandoshlarimiz ozodlikka chiqdi.
7.2$ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1991- yil 12- martda bo‘lgan IV plenumida so‘zlagan nutqida: « Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Qaltis vaziyatda 1991- yil 19- avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Тoshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi. 1991- yil 20- avgust kuni Тoshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Тoshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
7.3$ ttifoq tarkibiga kirgan respublikalarda o'zlikni anglash, til, madaniyat, tarix va kelajakka teran nazar solish, inson huquq va erkinliklarini har narsadan ustun qo'yishga bo'lgan intilish kuchayib bordi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betartiblik avj olib ketdi. O'z navbatida necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to'ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga sabab bo'ldi. Bunday salbiy holatlar, afsuski, O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. 1989 yilning may oyi ohirlari, iyunning boshlari butun Farg`ona viloyati janjal-to'polonlar alangasi ichida qoldi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojia ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so'ng Marg`ilon va Qo'qon shaharlariga tarqaldi. Qadimdan o'zining bag`rikenglik, mehmondo'stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuhrat qozongan halq hech qachon birovga nisbatan adovatda bo'lmagan, qo'l ko'tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg`unchi kuchlar ta'sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojia sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo'ldi, mingga yaqin kishi jarohatlandi, sakkiz yuzdan ortiq uyga o't qo'yildi, davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon etkazildi. Ommaviy chiqish va to'polonlarda o'ttiz mingga yaqin odam ishtirok etib, yetkazilgan ziyon bir necha million rubldan ortib ketdi. Hukmron partiya va sovet hukumati rahbarlari bo'layotgan bu jarayonlardan manfaatdordek, fojia ildizlarini so'rab-surishtirishni o'ylamas edi. Ular ana shunday betayin pozitsiyasi bilan O'zbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish, ohir-oqibatda butun O'rta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni ko'zlab yurgan, qizil imperiyani qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi yovuz kuchlarga yo'l ochib berayotgan edi. Farg’ona fojialari zamirida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu voqealar, aytish mumkinki, 1986 yili Qozog’iston poytaxti Olmaotada amalga oshirilgan “Metel” operatsiyasining davomi edi. Albatta, ssenariylar shakli, tashkiliy uslubi jihatidan ular har xil bo'lishi mumkin. Biroq, maqsad bitta: mavjud siyosiy tuzumni turli alg’ov-dalg’ovlar, to's-to'polonlar, milliy respublikalardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni chigallashtirish orqali saqlab qolishga harakat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |