Uyga vazifa topshiriqlari:
Yo‘riqnomalar turini yod olib kelish. [2] M. Sodiqov, B. Yusupov “Mehnat muhofazasi”16-20bet. [3] Yo’ldashev O’.R, Rahimov O.D va boshqalar “Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi” O’quv qo’llanma 109-117 betlar.
Mehnat muhofazasining nazariy, xuquqiy va tashkiliy asoslari: Mehnat muhofazasining asoslari mavzusi bo’yicha tarqatma material:
Savollarga javob bering.
1 - ilova.
3-Mavzu: Jarohatlanish va kasb kasalliklarining oqibatlari.
Reja:
1. Jarohatlanish va kasb kasalliklari tushunchasi.
2. Temir yo’l transportida baxtsiz xodisalarning sabablari.
3. Ishlab chiqarishda jarohatlanish turlari va uni oldini olish choralari.
1.Jarohatlanish va kasb kasalliklari tushunchasi.
Baxtsiz hodisa —kishi organizmining ish qobilyatini yuqotishga olib keladigan tusatdan jarohatlanishidir. Temir yo’l korxonalarida vaIshlab chiqarishda baxtsiz xodisa tasodifan yoki o’z -o’zidan sodir bo’lmaydi, unga ishlab chiqarish operatsiyalari bajarishda xavfsizlik qoidalari talablaridan turlicha chetga chiqishlar sabab bo’ladi.
0‘zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi» va «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunlari asosida mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslantiradigan ishlarda ishlovchi xodimlarga begilangan me’yorda maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi.
Temir yo’l korxonalarida va tashkilotlarida xavfsizlik texnikasi, sanitar- gigenik holatlar va yong’in xavfsizligi qoidalariga me’yor va tavsifnomalarga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishiga va zaharlanishida hamda kasb kasaliklariga olib kelish.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr tasiri natijasida shikastlansa buni jarohatlanish deyiladi. Jarohatlanishga urilish natijasida lat yeyish, kesilish, issiq urushi, sovuq urushi, suyak sinish va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, o’tkir zaharlanishlar kiradi. Jarohatlanish tushinchasi baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi.
Temir yo’l me’yorlarining buzlishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o’tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig’ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi.Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib keladi.Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitla-rida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam bo’lishi natijasida keson yoki tog’ kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig’lanish va zaharli moddalar ta’siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.
Temir yo’l korxonalarida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib bo’lmaydigan hol hisoblanadi. Agar bunday hol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo’l qo’yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz byergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish umumiy o’rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo’l qo’yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishining oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |