Ijtimoiy masalalar bo’yicha Mehnat qo’mitasi— korxonalarda mehnat muhofazasiga rioya etilishini nazoratga oladi.
Davlatkontexnikanazorat - sanoatda ishlarni xavfsiz olib borish qoidalariga amal qilinishini tekshiruvchi davlat nazorati bo’lib, u o’zining turli bo’limlariga ega.
Davlatenergetikanazorati — elektr va issiqlik yordamida ishlaydigan uskunalarga xavfsiz xizmat ko’rsatish ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirishdagi davlat nazorati.
Davlatsanitariyanazorati - korxona va tashkilotlar tomonidan gigiena me’yorlari, sanitariya-gigiena va sanitariya —epidemiologiya qoidalariga rioya qilinishini tekshiruvchi davlat nazorati. Temir yo’llarda sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli markaziy davlat sanitariya - epidemiologiya stansiya hodimlari yuk,orida ko’rsatilgan ishlar ustidan nazorat qilishadi.
Davlatyong’ingaqarshinazorat — yong’inga qarshi xavfsizligining yuqori darajada bo’lishini ta’minlash, temir yo’l xo’jaliklarida profilaktika ishlarini olib borishadi.
Oxirgi yillarda «O’TY» AJda poezdlar harakatini xavfsiz tashkil qilish ishlari ustidan davlat nazorat organi O’zdavlattemiryo’lnazorati tashkil qilinib, bu nazorat organi faol ish olib bormoada.
2003 yil ishlari natijasida bu nazorat organi qaramogidagi AJ «O’TY»da poezdlar harakati xavfsizlik qoidalarini buzish 2002 yilga nisbatan 41,6% ga kamaydi. Bu sohada Toshkent va Fargona MTU larida xavfsizlik qoidalarining buzilishi Buxoro va Orol bo’yi MTU lariga nisbatan sezilarli ravishda kamaydi. SHu qatorda lokomotiv brigadalari ish rejimini buzilishi ham 2003yilda 2004 yilga nisbatan ikki marta kamaydi. O’zdavlattemir yo’l nazorati poezdlar harakat xavfsizligini tashkil etish, avariyalarning oldini olish uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Ana shu tadbirlarning eng muhimlaridan biri — xodimlarni tanlash va ularni joy -joyiga qo’yish, mehnat xamda ishlab chiqarishni boshqarishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish, texnologik intizomni mustahkamlash, kadrlar o’qishini tashkil etish va ularning malakasini oshirib borishdan iboratdir.
O’zdavlattemiryo’lnazorat - xodimlari xavfsizlikni ta’minlashda inson omilining ahamiyati kattaligiga e’tibor berib, avvalo ish bajaruvchilar tomonidan texnologik jarayonlarning buzilishini oldini olishga harakat qilib, ishchilarning bilim bilan yetarli darajada qurollantirishga ham katta e’tibor berishadi.