2. Kasaba uyushma qo’mitasining asosiy maqsadi va faoliyati.
Mehnat munosabatlari va mehnat bilan bog’liq ijtimoiy — iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda jamoa shartnomalari tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Jamoa shartnomasini cho’zish tartibi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining mehnatkashlar ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limining tavsiyasi asosida cho’ziladi.
Jamoa shartnomasi tuzilishi oldidan ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi o’rtasida muzokaralar olib boriladi, kasaba uyushmasi yo’llanma hodimlar nomidan qatnashadi, ularning manfaatlarini ifodalaydi va himoy qiladi. Muzokaralar olib borishdan maqsad, bir tomondan, korxonaning samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan qarorlari, hujjatlari yo’nalishlarini ishlab chiqish bo’lsa, ikkinchi tomondan, hodimlarning turmush darajasini oshirish, tibbiy va madaniy xizmat kursatishni yaxshilash, mehnat qilish uchun sog’lom va xavfsiz ish sharoitni yaratish bilan qonuniy huquqiy va manfaatlarini himoya qilishdir.
Jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar ikki tomonning kelishuvi asosida olib boriladi, ish beruvchi tomonidan muzokarada rahbar yoki uning vakolatli hodimi, kasaba uyushmasi tomonidan - kasaba uyushma kumitasining raisi qatnashadi.
0‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodeksida kasaba uyushmalari, xodimlaming korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni boshqarishda qatnashishi alohida bob bilan ko‘rsatilgan. Qonunda ko‘rsatilishicha mehnatkashlar, shuningdek, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bilim olayotgan shaxslar hech bir tafovutsiz o‘z xohishlariga ko‘ra, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmasi tuzish, shuningdek, kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar.
Kasaba uyushma qo’mitasining asosiy maqsadi-hodimlarning ijtimoiy- iqtisodiy va huquqiy himoyasining taminlaydigan takliflar hamda majburiyatlarning iloji boricha to’la jamoa shartnomasiga kiritilishiga erishiladi.
Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida davlat boshqaruv organlaridan, xo‘jalik organlaridan, siyosiy va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir va ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini ifoda etuvchi hamda himoya qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Ular mehnat shart-sharoitlari va ish haqini belgilash, qonunlarda nazarda tutilgan hollarda mehnatga doir qonunlarni qo‘llash ishlarida ishtirok etadilar.
Kasaba uyushmalari ma’muriyat, mulkdor yoki u vakil qilgan boshqaruv organi mehnat va kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etishlarini nazorat qilib boradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga haqli bo‘ladi. Ular xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib, da’vo arizasi bilan sudga murojaat etishlari mumkin.
Kasaba uyushmalari davlat ijtimoiy sug‘urtasi, shuningdek, o‘z ixtiyorida bo‘lgan sanatoriylar, profilaktoriylar va dam olish uylarini, madaniy-oqartuv, turistik hamda sport muassasalarini boshqaradilar.
Kasaba uyushmalari ma’muriyat bilan jamoa shartnomasi tuzishi, musobaqalar uyushtirishi, tartib-intizomni mustahkamlashda yordamlashishi, ma’muriyat tomonidan taklif etilgan yangi me’yorlami ko‘rib chiqishda, mukofotlar oichamini belgilashda qatnashishi mumkin. Ma’muriyat ishchilarni ish vaqtidan ortiq ishlashga jalb etishda, balog‘atga yetmagan yoshlarni ishga qabo’l qilishda, mehnat ta’tillarini belgilashda, bepul sut, sovun va profilaktik oziq-ovqatlar beriladigan ish turlarini aniqlashda, albatta, Kasaba uyushmalari bilan kelishishi shart.
Temir yo’lchilar kasaba uyushmalaritemir yo’l xo’jalik idoralari hodimlarining mehnatiga old huquqlarni himoya qiladilar. Shu maqsadda o’z qarmog’larida Nizom asosida ishlovvchi bo’linmalarga egalari, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha davlat siyosayining asosiy tamoyillarining ishlab chiqarishda amal qilinishi va bajarilishini nazorat etadilar.
0‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashishlari, mehnatga va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid me’yoriy hujjatlar qabo’l qilish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat boshqaruv organlariga kiritishga haqlidirlar.
Qonunchilikning talabini bajarish uchun kasaba uyushmasining Markaziy kengashi bilan birgalikda yillik mehnatni muhofaza qilish va ish sharoitlarini yaxshilash rejasini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tekshirib boradi.
Kasaba uyushmasi o’z tashabbusi bilan yoki ishlovchilarning talabiga ko’ra korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini, jamoa shartnomalari va bitimlari bajarilishini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida qarorlar qabo’l qiladi yoki ma’muriyatga taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Mansabdor shaxslar tomonidan ularni bajarilishini asossiz rad etgan yoki odamlar sog’lig’i yoxud hayotiga xavf tug’diruvchi qonunga zid hatti - harakatlar qilgan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni hiisobga olishdan bosh tortgan (yashirgan) taqdirda kasaba uyushmasi aybdorlarni egallab turgan lavozimidan bo’shatishgacha javobgarlikka tortish, shuningdek aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ishlarni to’xtatib turish to’g’risidagi talablar bilan davlat va huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etishga haqlidirlar.
Temir yo’lchilar kasaba uyushmasi ham belgilangan tartibda mehatni muhofaza qilishga doyir me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda ishtirok etadilar, ular bilan kelishib olinmagan xujjatlarning kuchga kiritilishiga qarshi tegishli davlat idoralari orqali e’tiroz, norozilik (protest) kiritish huquqiga egadirlar.
Kasaba uyushmasi ishlab chiqarish vositalarini, texnologik jarayonlarni sinash va foydalanishga qabo’lqilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy — mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etadilar, mednatni muhofaza qilishning ahvolini uni yaxshilash bo’yicha jamoa shartnomalirda ko’zda tutilgan tadbirlar bajarilishini tekshiradilar va ularning natijalari yuzasidan aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan bajarilishi shart takliflar kiritadilar.
Xizmat vazifasini bajarish chog’ida mayib bo’lish yoki salomatlikka boshqacha tarzda putur yetishi tufayli keltirilgan zarar qoplanishi uchun, hamda ishchi — xodimlarning salomatligi va mehnati muhofaza qilinishiga bo’lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda, kasaba uyushmalari o’z tashabbusi bilan yoki ishlovchilarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, da’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |