1-mavzu: Kirish. Immunologiya fani maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#787296
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu

Emlashdan keyingi immunitet. 
Emlashdan keyingi immunitet – emlash (vaktsinatsiya) qo’llanilgandan so’ng rivojlanadigan 
immunitetdir. Uning rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: 
1.
 
Emlashning o’ziga bog’liqliklar 
a.
Preparat (dori) chastotasi; 
b.
Antigenning yashash davri; 
c.
doza (miqdor, me’yor) 
d.
protektiv antigenlarning bo’lishi; 
e.
kiritishning (jo’natishning) karraliligi; 
2.
 
makroorganzmlarga bog’liq bo’lgan 
a.
individual immun reaktivligining holati; 
b.
yosh; 
c.
immun taqsillining bo’lishi; 
d.
organizmning umumiy holati; 
3.
 
tashqi muhitga bog’liq bo’lgan 
a.
ovqatlanish (oziqlanish); 
b.
hayot tarzi va mehnat shartlari; 
c.
iqlim; 
d.
muhitning fizik-kimyoviy omillari. 
3. 
Immunitet nazariyalari

“Muhitning kamayish” nazariyasi. 
“Muhitning kamayish” nazariyasi 1880-yilda Lui Pastern tomonidan taklif qilingan bo’lib, 
orttirilgan immunitetni tushuntirib berishga qo’yilgan ilk qadamlardan biri edi. Bir safar 
boshdan kechirilgan kasalikdan so’ng yuzaga kelgan kasallikni yuqtirmaslik shu bilan 
tushuntirib beriladiki, mikroblar organizmda kasallik paydo bo’lganga qadar ularning hayoti 
uchun zarur bo’lgan moddalardan foydalanishgan, shuning uchun ular uning ichida yana 
ko’paya olishmagan, shu taqlid ular uzoq muddat ko’paytirilgandan so’ng sun’iy ozuqa muhiti 
ichida ko’payishdan to’xtaydi. 
Usha davrga bakterilarning ko’payib borishning to’xtashi organizmda mikroblarning 
navbatdagi ko’payishiga qarshilik qiluvchi alohida turdagi mahsulotlarning to’planishi bilan 
tushuntirib beriladigan, SHovo tomonidan taklif etilgan immunitetning retseptor nazariyasi ham 
kiradi. Immunitetning retseptorli nazariyasi ham “muhit tugashi” farazi kabi o’ylab chiqilgan 
nazriyaga oid bo’lsada, baribir ular qaysidir ma’noda ob’ektiv haqiqatni o’zida aks ettirgan edi. 
SHovo farazida immunizatsiya yoki infektsiya natijasida qandaydir yangi ikkinchi marotaba 
zararlangan holatda mikroblarni faolligini tormozlaydgan yangi moddalar paydo bo’lishiga 
sha’ma qilingan. Keyinroq ko’rsatib o’tilganidek, shundaylardan biri antitelalar sanaladi. 
Immunitetning fagotsitar nazariyasi. 
Uning asoschisi I.I. Mechnikov bo’lib, ushbu nazariya kasallikni yuqtirmaslikning ilk tajribada 
sinalgan va asoslangan nazariyasi edi. Unga L. Paster yuqori baho berib, o’ziga xos betakror, 
yangi yo’nalish deb ataydi. Ilk bor 1883-yilda Odessada ilgari surilgan nazariya keyinchalik 
Parijda I.I. Mechnikov va uning ko’plab hamkorlari hamda 


shaogirdlari tomonidan qayta ishlab chiqildi. I.I. Mechnikov umurtqali hayvonlarning 
harakatchan hujayralarining ozuqa luqmalarini yutish, ya’ni ovqat hazm bo’lishi jarayonida 
ishtirok etish qobiliyati organizm uchun xos bo’lmagan barcha narsalarni: turli xil mikroblar
inertli zarralar, tananing o’layotgan zarralari va qismlarini, barcha turdagi “yod” narsalarni 
yutish qobiliyatidir deb ta’kidlaaydi. Insonlarda yana shuningdek ameboid harakatchan 
hujayralar – makrofaglar, neytrofillar ham mavjud. Lekin ular o’ziga xos bir turdagi ozuqani – 
patogen mikroblarni “eydi”. Tadrijiy rivojlanish bir hujayrali hayvonlardan tortib, to umurtqali 
hayvonlar, shu jumladan insonlarda ham ameboid hujayralarning yutish qobiliyatini saqlab 
qolgan. Biroq ushbu hujayralarning (to’qimalarning) vazifasi yuqori rivojlangan organizmlarda 
biroz boshqacharoq – bu mikroblar xo’jumiga qarshi kurashishdir. 
Fagotsitar terapiya (muolaja) ko’p karra o’tkir ilmiy munozaralarga sabab bo’lib, uning 
muallifi ko’p yillar davomida o’z g’oyasini oqlashiga to’g’ri kelgan bo’lib, bular P. Baumgarten, 
R. Kox, R. Pfeyffer, K. Flyugge singari olimlar bilan butun olamga mashhur kishilar edi. Biroq, 
vaqt hamda dalillar infektsiyalardan organizm himoyasida fagotsitar reaktsiyalarning dastlabki 
ahamiyatini to’liq oqladi va immunitetning fagotsitar nazariyasini butun olam tan oldi. 
Keyinchalik unga yana qo’shimcha va aniqliklar kiritildi. Fagotsitlar tomonidan kasallik 
qo’zg’atuvchi agentlarning egallanishi hamda yutib yuborilishi organizmning yagona himoya 
faktori emas ekanligi ham ta’kidlandi. Fagotsitoz o’z o’zicha uncha katta ahamiyatga ega 
bo’lmagan mikroblar, masalan viruslar, mavjud bo’lib bakterial infektsiyalardagi singari 
antitelalarning oldindan ta’sirigina ularni egallab olish va yo’q qilish uchun imkoniyat yaratib 
berishi mumkin. 
I.I. Mechnikov hujayrali himoya reaktsiyasining bir jihatini – fagotsitar jihatini ta’kidlab 
o’tgan edi. Fanning kelajakda rivojlanib borishi fagotsitar hujayralar vazifasi xilma-xil ekanligi 
ko’rsatib berdi: fagotsitozdan tashqari, ular immunitet hosil bo’lishda katta ahamiyatga ega 
bo’lgan antitelalar, interferon, lizotsim va boshqa moddalar mahsulotlarida ham ishtirok etadi. 
Undan tashqari, immun reaktsiyalarida nafaqat limfotsit to’qimalar ishtirok etadi, balki boshqa 
to’qimalar ham ishtirok etadi. Interferon barcha hujayralarni (to’qimalarni) ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega. Sekretsiya antitelalarining glikoproteinli fragmenti shilliq qavatlarning 
epitelial hujayralari (to’qimalari) bilan ishlab chiqariladi. Immunitetning fagotsitar nazariyasi 
bilan bir vaqtda infektsiyalardan himoyalanishda asosiy rolni mikroblar va ulaning yashashi 
uchun zararli bo’lgan, ya’ni ularni yo’q qiluvchi moddalarni o’zida saqlaydigan organizm 
suyuqliklari va shiralariga (soklarga) (qon, limfa, bezlar) katta ahamiyat qaratilgan gumoral 
yo’nalish ham rivojlana bordi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish