1-mavzu: Kirish. Immunologiya fani maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#787296
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu

Immunitetning gumoral hamda retseptorli nazariyalari. 
Immunitetning gumoral nazariyasini ko’plab yirik tadqiqodchilar yaratishgan bo’lib, 
shuning uchun ham antitelalar bilan bog’liq ko’plab fundamental kashfiyotlarni ochib bergan 
bo’lishiga qaramasdan, uni P. Erlix nomi bilan bog’lash adolatsiz bo’lgan bo’lar edi. Y.Fodor 
(1887), so’ngra esa J.Nattoll (1888)lar qon zardobining bateriyatsid xususiyatlari haqida 
ma’lumotlarni keltirib o’tishgan. 
G. Buxner (1889) ushbu xususiyat zardobda alohida o’ziga xos termolabil “himoya 
moddalari” bo’lishiga bog’liq bo’lib, ular aleksinalar deb nomlanadi. I.I. Mechnikov 
laboratoriyasida ish olib borgan J. Borde (1898) tsitotsid effektida ishtirok etishi haqida 
guvohlik beruvchi zardob substratlari – termolabil komplement va termobarqaror antitela 
xususiyatlariga ko’ra ikki xil sustratlar haqida ma’lumot 


beradi. Gumoral immunitet hosil bo’lishi uchun E. Bering hamda S. Kitazato (1890)lar 
tomonidan ishlab chiqilgan immun zardoblarga ustunsimon hamda difteriyali toksinlarni yo’q 
qilish imkoni va P. Erlix (1891) tomonidan ochib berilgan, kelib chiqishi o’simlikka oid bo’lgan 
toksinlarni yo’q qiluvchi antitelalar muhim ahamiyatga ega. Vabo vibrioniga rezistentli dengiz 
cho’chqalaridan olingan immun zardoblarida R. Pfeyffer (1894) mikroblarni eritib yuboradigan 
antitelani topdi; immuniteti yo’q hayvonlarga ushbu zardobni yuborish vabo vibrioniga 
chidamlilikni keltirib chiqarishi aniqlandi. Antitelalar, agglyunitiv mikroblarning ochilishi 
(Gruber, Darxem, 1896), shuningdek ularning hayot faoliyatidagi antitelalarning (Kraus, 1897) 
ochib berilishi gumoral omillarning bevosita mikroblar va ularning hayot faoliyati 
mahsulotlariga ta’sirini tasdiqladi. Difteriyaning zaharli shakli (formasini) davolash uchun 
zardobni olish g’oyasi infektsiyadan organizmni himoyalashda gumoral omillarning roli 
borasidagi g’oyani batamom tasdiqlab berdi. 
Hujayra va gumoral immunitet tarafdorlariga mazkur yo’nalish keskin va murosasiz 
ziddiyatlardan bo’lib qoldi. Biroq kelajakdagi fanning rivojlanishi immunitetning hujayra hamda 
gumoral omillari orasida uzviy bog’liqlik borligini ko’rsatib berdi. Masalan, opsoninlar, 
agglyutininlar va boshqa antitelalar kabi gumoral moddalar ularni fagotsitar hujayralar bilan 
egallab olish va hazm qilib yuborishi uchun imkon yaratib berdi. O’z navbatida, fagotsitar 
hujayralar atitetalar mahsulotiga olib keluvchi kooperativ hujayralarning o’zaro ta’sirlarida 
ishtirok etadi. 
Zamonaviy nuqtai nazardan immunitetning ham gumoral, ham hujayra nazariyalari uning 
alohida jihatlarini to’g’ri aks ettirgan, ya’ni hodisani to’liq qamrab olmasdan, bir tomonlama edi. 
Har ikkala nazariyaning qadr-qimmatini tan olishlik natijasida 1908-yilda, bir vaqtning o’zida 
I.I. Mechnikov hamda P. Erlixga immunologiya rivojiga qo’shgan buyuk xizmatlari uchun 
Nobel mukofatining topshirilishiga olib keldi. P. Erlix (1897) hujayralar tomonidan antitelar 
hosil qilinishi mexanizmiga birinchilardan bo’lib kirib borishga urindi. Uning ta’kidlashicha, 
so’ngisi, masalan toksin singari antigenlar bilan ta’sirlashadigan hujayralardan hosil bo’ladi. 
Biroq P. Erlixning mazkur holati (qonuni) tasdiqlanmay qoldi. Ustunsimon toksin (zaharli 
modda) asab tolalari hujayralariga nisbatan tropizmga ega, antitoksin esa boshqa antitelalar 
singari, antigen aynan qaysi hujayra tizimlariga halokatli ta’sir etishidan qat’iy nazar plazmatik 
hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. 
P. Erlixning eng muhim xizmatlaridan biri sirtqi (yon) zanjirlar nazariyasi sanaladi. 
Toksinlarning (zaharli moddalarning) antitoksinlar hamda toksinlarga ta’sirchan hujayralar bilan 
ta’sirlari asosini, boshqa hujayra hamda antitelalardagi singari kimyoviy printsip – har bir 
antigenlar hamda antitelar uchun o’ziga xos alohida strukturalar - retseptorlar tashkil qilib, ular 
orqali hujayralar, antigenlar bilan antitelalar orasidagi ta’sirlashishlar amalga oshirlar edi. 
Moddalarni fiksatsiya qiluvchi (ishlab chiquvchi) retseptorlar – xemoretseptorlar, shuningdek 
antigenlarni fiksatsiya qiluvchi retseptorlar haqida tasavvur (ta’limot, tushuncha) kiritlgan edi. 
Hujayralardan ajralgan retseptorlar, P. Erlix fikriga ko’ra, antitelalar sanaladi. P. Erlix retseptiv 
nazariyani yaratgan holda ko’p jihatlarda antitelalar hosil bo’lishning zamonaviy nazariyalarini, 
ularning antigenlar bilan ta’sirini oldindan bila oldi. T- hujayralarda o’ziga xos 
immunogolubilinlarni, 
V-hujayralar 
hamda 
makrofaglarda 
antigenlarni 
aniqlaydigan 
retseptorlarning, antitelalar molekulalari hamda ularga koplementar bo’lgan determinant 
guruhlarda antigenlarning bo’lishini aniqlay 


olishning o’zi zamonaviy immunologiyaning eng muhim yutuqlaridan biridir. I.I. Mechnikov 
hamda P. Erlixning immunitetni tadqiq etishdagi hujayra va gumoral yo’nalishlari borasidagi 
ishlari asoslarga ega bo’lib muvofaqqiyat bilan rivojlanib bormoqda. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish