1-mavzu: Kirish. Immunologiya fani maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#787296
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu

Immunitetning selektiv hamda instruktiv nazariyalari. 
P. Erlix davridan boshlab paydo bo’lgan immunologik o’ziga xoslik fenomeniga tegishli 
barcha gipotetik tuzilmalarning eng qisqartma shaklida ikki guruhni: instruktiv hamda selektiv 
guruhlarni ajartib berish mumkin. 
Instruktiv nazariyalarni antitelalarning antigenlarni bog’lovchi qismini hosil qiluvchi 
qismga matritsalar – passiv material sifatida qarab kelingan. SHu nazariyaga ko’ra barcha 
antitelalar aminokislotalar qoldig’ining bir xil ketma-ketiligiga ega. Farqlanish uchinchi 
strukturaga tegishli bo’lib, antigen atrofida antitela molekulalarining yakuniy hosilalari paydo 
bo’lishi jarayonida vjudga keladi. Immunologik nuqtai nazardan ular tushuntirib berilmagan edi, 
birinchidan, negaki molyar nisbatda antitelalar soni antigenning organizmga tushishi miqdoridan 
katta, ikkinchidan, nimaning evaziga immunologik xotira hosil bo’lishi haqidagi savollarga 
javob berilmadi. Nazariyalar immunologiya hamda molekulyar biologiyaning zamonaviy 
dalillariga (faktlariga) zid bo’lib, shunchaki tarixiy qiziqishni namoyon etadi. 


Antitelalar o’zgaruvchanligining selektiv nazariyalari nisbatan mahsuldor bo’lib 
chiqdi. Barcha selektiv (saralash) nazariyalari asosida antitelalarning o’ziga xosligi 
oldindan belgilangan va antigen immunoglobulinlarning o’ziga xosligi bo’yicha tegishli 
saralash faktori sifatida namoyon bo’ladi. 
1995-yili selektiv (saralanish, saralash) nazarisini N. Yerne ilgari surgan edi. 
Uning tasavvurlariga ko’ra organizmda turli o’ziga xosliklar bilan antitela mavjud 
bo’ladi. Antitela kerakli antigen bilan ta’sirlashgandan so’ng hujayra mononuklenlari 
tomonidan yutilib, dastlabki o’ziga xoslik antitelalarining ushbu hujayralari bilan faol 
mahsulot hosil bo’lishiga olib keladi. 
Immunologiyada M.F. Bernetning (1959) immunitetning klonal-selektiv 
nazariyasi (urug’li saralash) alohida o’rin tutadi. Unda ustunsimon gematogen 
hujayrasidan limfotsitlarning ajralib chiqishidagi va antitelalar sinteziga javob beradigan 
kerakli genlarda mutatsion o’zgarishlarga olib keluvchi jarayonlarda bir muayyan o’ziga 
xoslik bilan ta’sirlashishga qodir bo’lgan klonlar (urug’lar) paydo bo’ladi deyiladi. SHu 
kabi ta’sirlashishlar natijasida o’ziga xos saralangan klon paydo bo’lib, u berilgan 
o’ziga xoslik bilan yo antitelani berkitadi, yoki qat’iy bir hujayra reaktsiyasini ta’minlab 
beradi. Berent tomonidan ilgani surilgan immun tizimi hosil bo’lishining klonal-selektiv 
printsipi hozirgi kunda to’liq o’z isbotini topdi. Nazariyaning kamchiligi antitellarning 
xilma-xil bo’lishi faqatgina mutatsion o’zgarishlar natijasida paydo bo’ladi degan 
tasavvurning mavjudligidir. 
O’ziga xos bo’lgan klonlar selektstyasining asosiy printsipi L. Xudning paydo 
bo’lgan liniya nazariyasida saqlanib qolgan. Biroq klonlarning xilma xil bo’lishiga 
birinchi sababni mualliflar immunoglobulinli genlarning o’zgarishga uchrash 
darajasining yuqoriligi bilan emas, ularda paydo bo’lgan dastlabki vjudga kelish 
jarayonida ko’rmoqdalar. Immunitglobulinlarning o’zgaruvchanligini nazorat qiluvchi 
V- genlarning barcha jamlanmasi oldiniga genomda tasvirlangan bo’lib, avloddan 
avlodga o’zgarishlarsiz uzatilib kelinmoqda. V-hujayralar rivojlanishi jarayonida 
immunoglobulin genlarning rekombinatsiyasi ro’y berib, alohida ajratib olingan va 
yetilgan V-hujayra bir turdagi o’ziga xos immunoglobulinni sitez qilishga qodir. 
SHunday ko’pgina o’ziga xosliklarga ega bo’lgan hujayra muayyan immunoglobulinni 
o’ziga xosligi jihatdan ishlab chiquvchi V-hujayralar klonining manbai sanaladi. 
Barcha mazkur nazariy qoidalarni birlashtiruvchi holat antigen – faqatgina 
selektsiya faktori, ammo o’ziga xoslik shakllanishida ishtirok etmaydi degan 
tushunchaga ishonishdir. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish