determinant bo’lishi lozim. Bundan tabiiyki, yod antigenga immun reaktsiyasining genetik
determinatsiyasi yangidan paydo bo’lgan faktor hamda mexanizmlar singari immunitetning
zamonaviy nazariyasini yaratishda hisobga olinishi lozim.
Immun reaktsiyalari nafaqat mikroblar va ularning ta’sirlaridan himoyaning o’ziga xos
funktsiyasini bajaradi, balki boshqa bir nisbatan fiziologik bo’lgan funktsiyani ham bajaradi.
Immun reaktsiyalari organizmni raspiratorli va ovqat hazm qilish tarkti orqali, yaralangan teri
orqali, shuningdek davolash maqsadlarida sun’iy ravishda kiritilgan qon zardobi va dori-
darmonlar orqali kirib keladigan turli xil nomikrob antigen moddalardan qutqarishda ishtirok
etadi. Retsipientning antigenlaridan genetik jihatdan ajralib turuvchi barcha ushbu substratlarga
organizm maxsus, ham o’ziga xos bo’lmagan hujayrali, gumoral hamda umumfiziologik
reaktsiyalarni destruktsiya qiluvchi va organizmdan haydab chiqaruvchi reaktsiyalar orqali javob
beradi. Tajribada sinalayotgan hayvonlarda virus etiologiyasining zararli o’smalari paydo
bo’lishining olidini olishda immun reaktsiyalarining ahamiyati isbot qilingan.
Organizmning immun tizimi somatik hujayralar jamlanmasining genetik jihatdan
doimiyligini nazorat qilish funktsiyasini amalga oshiradi degan faraz aytilgan (M.F. Bernet
1962; R.V. Petrov 1976). O’ziga xos hamda o’ziga xos bo’lmagan himoya reaktsiyalari yer
yuzida hayotning saqlanib qolishi uchun muhim rol o’ynaydi.
Biroq immun reaktsiyalarining mukammalligi muayyan sharoitlardagi boshqa reaktsiyalar
singari ular ham zararli oqibatlar ham keltirishi mumkin. Masalan, organizmga begona oqsillarni
qaytadan ikkinchi marotaba kirib kelishi o’lim bilan yakuniga yetishi mumkin bo’lgan shiddatli
hamda tezkor reaktsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Yallig’lanish kabi kuchli
reaktsiyalarning hayot uchun muhim organda ko’payishi ba’zida to’qimlaragi ulkan hamda
davolab bo’lmaydigan zararlanishlarga olib kelishi nisbiy nomukammallik bo’lishi mumkin.
Alohida himoya faktorlarining funktsiyasi nafaqat kuchsizlangan, balki o’zgargan bo’lishi
ham mumkin. Agar me’yordagi immun reaktsiyalari begona agentlar – bakteriyalar, toksinlar,
viruslar va boshqalarni yo’q qilishga yo’naltirilgan bo’lsa, patologiyada ushbu reaktsiyalar ta’sir
qilishni boshlaydi va ular o’zining normal, o’zgarishga uchramagan hujayra va to’qimalariga
ta’sir eta boshlaydi.
SHunday qilib, himoya vositalari bo’lgan immun reaktsiyalari muayyan sharoitlarda
patologik holatlar: allergiya, autoimmun jarayonlarning sababchisi bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: