1-mavzu: Kirish. Immunologiya fani maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi


rasm. Immunolog-olimlar: E. Djenner, L. Paster, I.I. Mechnikov, P.Erlix



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#787296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu

1 rasm. Immunolog-olimlar: E. Djenner, L. Paster, I.I. Mechnikov, P.Erlix 
Immunologiya rivojlanishining yangi bosqichi birinchi navbatda buyuk avstraliya olimi 
Mak-Farleyn Bernetning nomi bilan bog’liq. Barcha “yod narsalardan” barcha “o’zining 
narsalariga” o’zgartirishga qaratilgan reaktsiya sifatida immunitetni o’rgangan holda u 
organizmning individual (ontogenetik) rivojlanish davrida uning genetik birligini saqlashda 
immun mexanizmlarining ahamiyati borasidagi muammoni ko’tardi. Aynan 
M.F. 
Bernet 
limfotsitga “immunotsit” degan nomni bergan holda uni o’ziga xos immun reaktsiyasining 
asosiy ishtirokchisi sifatida tushunishga e’tibor qaratdi, ingiz 
Piter Medavar 
hamda chex 
Milan 
Gashek
lar tajribada immun reaktsiyasiga zid bo’lgan – tolerantlik holatini tasdiqlab berishdi. 
Aynan 
M.F. 
Bernet immun javobi (reaktsiyasi) 


shakllanishida bezning alohida rolini ko’rsatib berdi. Va nihoyat, 
M.F. 
Bernet immunologiya 
tarixida immunitetning klonal-selektsion (klonli-selektsiyali) yaratuvchisi sifatida joy egalladi. 
Bunday nazariya formulasi juda oddiy: limfotsitlarning bir avlodi (kloni) faqatgina bir muayyan, 
antigenli, alohida determinantiga javob berishga qodir. 
Bernetning immunitetga barcha “o’zining narsalaridan” barcha “o’zga, yod narsalarni” 
ajratib turadigan organizmning reaktsiyasi singari qarashi alohida diqqatga sazvordir. P.Medavar 
tomonidan begona transplantatning bitib ketmasligi immunologik tabiati isbot qilinganidan 
so’ng, yomon sifatli (xafli) yangi hosil bo’lgan hosilalar immunologiyasi bo’yicha faktlar 
to’plangandan so’ng immun reaktsiyasi nafaqat mikrobli antigenlarda rivojlanishi, balki 
organizm va u duch kelgan biologik material (transplant, xavfli o’smalar), bu hoh arzimas 
antigen farqlanishlar bo’lsin, har qanday ahamiyatsiz antigenlar farqi mavjud bo’lganda ham 
immun reaktsiyasi (javobi) rivojlanishi aniq bo’lib qoldi. 
XIX - XX asrlardagi xorijdagi kashfiyotlar, ishlanmalar hamda nazariyalar klassik 
immunologiya asosi bo’lib xizmat qildi. Mazkur davrdagi olib borilgan ishlar uchun 6 ta Nobel 
mukofotlari berilgan bo’lib, jumladan fiziologiya hamda tibbiyot borasidagi dastlabki mukofotlar 
E. Beringga berilgan edi ( 1 jadval). 
Bugun biz ko’plab immun reaktsiyalari haqida bilmiz. 
1jadval. 
Immunologiya sohasiga tegishli tadqiqodlar uchun fiziologiya va tibbiyot borasida berilgan Nobel 
mukofotlari 
Yil 
Olimlar 
Ta’rif berilishi 
1901 
E. von Behring (Germaniya) 
Seroteropiya va undan foydalaniish 
difteriyaga qarshi kurashda olib borgan 
ishlari uchun 
1905 
R. Koch (Germaniya) 
Tuberkulyoz sohasidagi kashfiyotlari va 
tadqiqodlari uchun 
1908 
I.I. Mechnikov (Rossiya), P. 
Ehrlich (Germaniya) 
Immunitet nazariyalarini yaratgani 
uchun 
1913 
C. Richet (Frantsiya) 
Anafilaksiyani ochib bergani va uni 
tadqiq etgani uchun 
1919 
J. Bordet (Belьgiya) 
Komplementni ochib bergani uchun 
1930 
K. Landsteiner (Avstriya) 
Inson qon guruhlarini ochib bergani 
uchun 
1951 
M. Theiler (JAR) 
Sariq bezgakka qarshi vaktsina o’ylab 
topgani uchun 
1960 
F. Burnet (Avstraliya), 
P.Medawar (Buyuk Britaniya) 
Orttirilgan immunologik 
tolerantlikni ochib bergani uchun 
1972 
R. Porter ((Buyuk Britaniya), 
G. Edelman (AQSH) 
Antitelalarning kimyoviy tuzilishini 
aniqlab bergani uchun 
1980 
B. Venacerraf (AQSH), 
J. Dausset (Frantsiya), 
G. Snell (AQSH) 
Immunologik 
reaktsiyallarni 
tartibga 
soluvchi hujayralarning yuzaki 
tuzilishini ochib bergani uchun 
1984 
N. Jerne ((Buyuk Britaniya), 
Idiotipik tarmoq (to’rsimon to’qima) 


C. Milstein ((Buyuk Britaniya), 
G. Koehler (Germaniya) 
nazariyasini ishlab chiqqani uchun; gibrid 
(duragay) texnologiyasini 
ishlab chiqqani uchun 
1987 
S. Tonegava (Yaponiya) 
Antigenlarni aniqlovchi retseptorlarning 
xilma-xilligi 
generatsiyasi 
genetik 
mexanizmlarini 
ochib bergani uchun 
1996 
R. Zinkernagel(SHveytsariya), P. 
Dogherti (AQSH) 
MNS molekulalari ishtirokida T- hujayralar 
bilan 
antigenlarni 
aniqlaydigan 
mexanizmlarni ochib 
bergani uchun 
Bizga antitelalar hamda antigenlarni aniqlaydigan retseptorlarning hayratlanarli 
miqdordagi xilma-xilligining genetik asoslari ma’lum. Biz immun reaktsiyasining hujayra va 
gumoral shakllariga aynan qaysi hujayralar javobgar ekanligini bilamiz; ma’lum darajada 
orttirilgan reaktivlik va tolerantlik mexanizmlari tushurali; antiteelalarni aniqlash jarayonlaridan 
ko’p narsalar ma’lum; xo’jayrlar orasidagi (tsitokinlar) molekulyar ishtirokchilar aniqlangan; 
evolyutsion (tadrijiy) immunologiyada hayvonlarning progressiv evolyutsiyasida o’ziga xos 
immunitet rolining kontseptsiyasi shakllangan. Immunoloiya fanning mustaqil bo’limi sifatida 
asl biologik fanlar: molekulyar biologiya, genetika, tsitologiya, fiziologiya, evolyutsion ta’limot 
bilan bir qatorda joy oldi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish