Bioxilma-xillik o’lchami Bioxilma xillik o’lchovi odatda bir hududda yashaydigan turlarning son bilan o’lchanadi. Masalan; marjon qoyalar minglab marjon turlariga, baliqlar, suv o’tlari, gupka, faraplar va chuvalchanglar uchun makon bola oladi. Marjon qoyalarda sayoz oquvchi suvlardan ko’ra ko’proq bio xilma xillikka ega. Dastlab chuqur dengiz tadqiqotchilari kamdan-kam organizmlar chuqur dengiz tubida qorong’ulikda yashay olishmaydi deb hisoblashagn. Shunga qaramasdan marjon qoyadagi turlarga nisbatan kamroq bolsada u yerda organizmlar yahsamoqda. Bilamizki chuqur dengiz tubidagi bio xilma xillik huddi marjon qoyalardagidek noyob.
Bir ko’lmak balig’ bir krevetka Yo’qolib borayorgan turlar Kaliforniyaning markaziy vodiysidag imavsumiy suv havzalarida yashaydi. Ifloslanish shahar urbanizatsiyasi kengayishi va boshqa ta’sirlar vodiydagi 90 % bahoriy ko’lmaklarni yo’qolib ketishiga olib kelmoqda. Bu turlarning yo’qolib borishi ularning kelib chiqishi va paydo bolishi holatlarining beqaror bo’lib borishga sabab bo’lmoqda.
Haleakala silvers word o’simligi Dunyoning eng ta’sirchan o’simliklaridan va yo’qolish xavfi ostida bo’lgan bu tur hozirda qayta tiklanmoqda. Rasmda Gavaya Haleakalasining gullashi tasvirlangan.
Cho’l toshbaqasi
Yo’qolib borayotgan cho’l toshbaqasi kelajagi beqaror bo’lib bormoqda. Insoniyat taraqqiyoti Aqshning janubi-g’arbidagi yashaydigan cho’l toshbaqasining vatanining qisqarib borishiga sabab bo’lmoqda.
Janubiy dengiz suvsari.Dengiz suvsari Tinch okeanining AQSHga tegishli qismidagi sayoz suv havzalarida yashaydi. Asrlardan buyon dengiz suvsarlarining qimmatbaho juni uchun ovlanib kelinadi.
Energiya oqimi Barcha tirik organizmlar moddalardan tashkil topgan va ularning barchasi energiyaga muhtoj. Moddalar esa takror va takror aylanadi. Moddalar va energiya tabiiy dunyoga turli xil yo’llar bilan ko’chiriladi. Moddalarning qayta ishlatilishi energiyani talab qiladi. Energiya qayta ishlanmaydi, ammo u bir shakldan boshqa shaklga o’tadi. Energiyaning boshqa shaklga o’tishi Yerdagi hayot uchun muhim.
Fotosintez Fotosintez jarayonida yorug’lik energiyasi glyukoza molekulalarida kimyoviy energiyaga aylanadi. Gyukozaning bir qismi energiya sifatida va yana bir qismio’simlik organlarida zahirasi sifatida to’planadi.10
3-rasm.Ozuqa zanjiri.
Ma’lumki, yashil o‘simliklar hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to‘playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Bunday organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. O‘simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzalarga aylantiradi. Shunday qilib, ekotizimdagi energiya oqimi avtrotrof va getrerotrof organizmlar o‘rtasida boradi. Geterotrof organizmlar safiga kiruvchi redutsentlar murakkab organik moddalarni mineral birikmalarga aylantiradi. Demak, avtotrof organizmlar o‘plagan mahsulot va undagi energiya boshqa organizmlar o‘rtasida ozuqa zanjiri orqali taqsimlanadi. Oziqa zanjiri deb, har bir organizm o‘zidan keyinda turgan organizm uchun ozuqa bo‘lib xizmat qilishi tushuniladi (4-rasm).