Ekosistema ko’rinishi (4-rasm)
Jamoalar ichidagi о‘zaro aloqalar
Biotsenoz komponentlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar turli xil shaklda bo‘ladi. Ana shunday munosabatlarning bir necha xillari bo‘lib ular quyidagilardan iborat.
Neytralizm – (0:0) bunda ikki populyatsiyadagi asotsiatsiyalarda o‘zaro ta’sir sezilmaydi, ikki populyatsiya individlari ham deyarlik bir xilday yashaydi. Masalan, sherlar o‘tlar bilan oziqlanmasalar ham, savannalardagi yaylovlarning holati ular uchun befarq emas. Chunki ularning ovqati bo‘lmish antilopalar hosildor yaylovlarda ko‘p bo‘ladi. Konkurentsiya (raqobatlilik) (-,-) - bunda ikki populyatsiyalar bir-birlariga to‘sqinlik qiladilar. Ya’ni bir popluyatsiya ikkinchi populyatsiya bilan defitsit resurslarni o‘zlashtirishda kurashadilar. Amensalizm (-,0) - bunda bir populyatsiya o‘ziga zarar keltirmasdan ikkinchi populyatsiyaning yashashiga to‘sqinlik qiladi yoki uni o‘sishga qo‘ymaydi. Amensalizmga tipik misol qilib antibiotik zamburuqlar - aktinomitsetlar yoki o‘simlik fitontsidlarining parazit mikroorganizmlarga ko‘rsatgan ta’sirini olish mumkin. Amensalizm hodisasini suvning gullashida ham ko‘rish mumkin, ya’ni ko‘payib chiriyotgan ko‘k – yashil suvo‘tlardan ajralib chiqqan toksinlar (zaharli moddalar) ko‘pchilik zooplanktonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi yoki ularni siqib chiqaradi. Parazitizm va yirtqichlik - bunda bir populyatsiya ikkinchi populyatsiyaga hujum qilib, uning yashashishga zarar keltiradi, biroq o‘zining kelgusidagi hayoti ham o‘ljasiga bevosita boqliqdir. Agar jamoadagi bir populyatsiya yirtqich (birlamchi konsument)-odatda hayvonlar o‘ljasi yoki "xo‘jayini" - birlamchi produtsent (o‘simlik) bo‘lsa, ular o‘simlikxo‘rlar deyiladi. Agar bir populyatsiya ikkinchi populyatsiya uchun zararli bo‘lgan moddalarni ishlab chiqsa, bunda allelopatiya yoki antibioz mikroorganizmlar deyiladi. Kommensalizm - bunda bir populyatsiya ikkinchi populyatsiya bilan birlashganda foyda ko‘radi, bu birlashish ikkinchi populyatsiya uchun esa ahamiyatsiz yoki uning uchun befarq bo‘ladi. Bu birlashish simbiozning shunday bir shakliki, bundagi partnyorlarning bittasi ikkinchisiga (xo‘jayiniga) tashqi muhitga bo‘lgan munosabatlarini bajarishni yuklaydi, o‘zi esa tashqi muhit bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaydi. Ular orasida antoganizm ham bo‘lmaydi. Umumiy maydon, substrat, oziqa, harakatlanish-kommensial munosabatlarning asosini tashkil etadi. Masalan, daraxtlarda in qurib yashovchi qushlar, akulalarda yopishib yashovchi lotsman baliqlari, axlatlar bilan oziqlanadigan sinantrop yumronqoziq populyatsiyalari va qushlar ham kommensalizmga misol bo‘la oladi.
Organizmlar o’rtasida produsentlar va konsumentlar farqlanib ular bir-biri bilan uzviy aloqada bo’ladilar. Shuningdek ular ozuqa zanjirini ham hosil qiladi, simbiotik aloqani vujudga kelishida ishtirok etadi (5-6-7-8-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |