8
2.Yer, suv, biologik resurslarning qisqarishi ;
3.Yer, suv, biologik xilma-hillikga va atmosfera havosini sifatiga qo’shni
davlatlarning ta’siri;
4.Taiiy holatni va uning ifloslanish
manbalari shuningdek tabiiy
resurslardan foydalanishni nazorat qilish uchun yetarli texnik va metodik
imkoniyatlarning cheklanganligi;
5.Atrof muhit holatini analitik nazorat qilish uchun maxsus asbob
uskunalarning ishlab chiqarish korxonalarining mavjud emasligi;
6.Tog’-kon chiqindilari, avvalgi uran konlari ayniqsa ularning chegara
xududlardagi holati;
7.Sanoat va maishiy turmushdagi chiqindilarning
qayta ishlovchi va
o’zlashtiruvchi tizimning takomillashmaganligi;
8.Tabiiy atrof muhit va ularning ifloslanish manbalari hamda tabiiy
resurslardan foydalanish holati bo’yicha yetarli ekologik bank tizimi ma’lumotlari
etarli bo’lmasligi;
Tabiiy atrof muhitni muhofaza qilish va va tabiiy resurslardan samarali
foydalanish masalalari makroiqtisodiyotni isloh qilish jarayonida uning diqqat
markazida turmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasi atrof muxit va tabiatni muhofaza qilish
sohasidagi birinchi navbatdagi vazialari quydagilar hisoblanadi:
1.Jamiyatning ta’lim olish va intellektual potentsialini o’sishini
ta’minldovchi sharoitni yaratish;
2.Atrof muhit holatini yaxshilash
uchun hamda global ekologik
muammoalarni hal etish uchun yetarli mablag’lar ajaratilishi kerak;
3. Genetik fondni, turlar xilma xilligi va landshaftlarni saqlash;
4.Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish;
5.Maxsus muxofazaga olingan xududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar
ishlab chiqish kerak;
6.Atrof muxitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo’yicha nazorat tizimini
takomillashtirish va rivojlantirish;
9
7.Xususiylashtirish jarayonida ekologik talablarga
rioya qilish va atrof
muxitga zarar keltirgani uchun javobgarlik kabilarni nazorat mexanizmlarini
yaratish;
8.Ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar
sohasida ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
9.Ekologik axborotlar va atrof muxit monitoringi bo’yicha bank tizimini
yaratish;
10.Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasining tabiatni muxofaza qilish
ishlari bo’yicha faoliyatini yoritib turuvchi markazlashgan axborot tizimini
yaratish;
11.Ekologik ta’lim va tarbiya
tizimini yanada rivojlantirish;
12.Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo’yicha bosqichma-bosqich
dasturlar ishlab chiqarish;
13.Xalq xo’jaligining turli soxalarida ekologik toza texnologiyalar
chmqindilarning zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlarni
hayotga tadbiq etish hamda ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishin davom ettirish;
14.Atrof
muxit muxofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari
bo’yicha jamiyatdagi ekologik tashkilotlar bilan o’zaro xamkorlikni kuchaytirish
va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: