1-mavzu. Kirish. Din madaniyat fenomeni



Download 129,9 Kb.
bet12/19
Sana21.06.2022
Hajmi129,9 Kb.
#688945
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
din 1-mavzu

Rigveda. Veda-“muqaddas bilim., Rigveda-“madhiyalar vedasi” ma’nolarini beradi. Veda o’sha davrda yashagan insonni o’zi va uni o’rab turgan olam:xudolar, jin-shaytonlar, fazo, marosimlar, ijtimoiy tuzum. Milliy qadriyatlar va boshqalar haqidagi bilimining barchasini o’z ichiga oladi.
Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalar to’plami, ya’ni diniy yodgorlik bo’lib, uning mualliflari va kuylovchilarning vazifalari xudolarni oriylar tomoniga og’dirish bo’lgan. Ular xudolarni qahramonliklarini ulug’lab qurbonlik marosimlariga taklif etganlar. Ular xudolarga madhiyalar etganlar.
Samaveda. Samavedani ohang bilan qo’shiq tarzida aytish uchun mo’ljallangan. Ushbu vedaning maqsadi diiny marosimlarda aytiladigan qo’shiqlarni o’rgatishdan iborat. Hindistonda xozirgacha vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samavedinalarning turli maktablari mavjud.
Yajurveda - qurbonlik marosimi bilan bog’liq. Uning asosiy qismini qurbonlik usullari tashkil qiladi.
Atxarvaveda qadimiy hind afsunlarini o’zida kas ettirgan. Atxarvaveda “afsunlar va jodular vedasi” degan ma’noni anglatadi.
Vedalar ta’limoti. Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi xaqidagi ta’limot ilgari suriladi. Hindiston ko’pxudolikning o’chog’i hisoblanadi. Undagi tasavurlarda biri ikkinchisidan yuqori bo’lgan, ikkinchisi, aksincha pastroq bo’lgan qator ilohlar siymosi namoyon bo’ladi. Biroq bu darajalao to’xtovsiz almashinib turadi. Ilohlar orasida “eng ulug’i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi” bo’lmay, ular barchasi ulug’likda tengdir. Bir vaqtning o’zida bir xudo butun borliqning xukmdori bo’lishi va shu bilan birga ikkinchi bir xudoga tobe bo’lishi mumkin.
Veda xudolari. Vedalarda xudolar-osmon xudolari, quyosh xudolari, yer xudolari, ayol xudolar kabi toifasi xaqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Ular Dyanus, Varuna, Indra kabi osmonlarni boshqarib turuvchi xudolardir.
Quyosh xudolari. Ularning eng qadimiysi Mitra (do’st0dir. Yunonlarda apollon yetti ot biriktirilgan araavda tasvirlangan. Savitri quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo’ladi. Vishnu xozirda Hindistonda ulug’lanadi.
Havo xudolari. Ashvina va Savitar. Ularning boshida ikkita sariq otga qo’shilgan aravada turuvchi Indra jang xudosidir.
Er xudolari. Ularning ulug’i Agnidir. Odamlarning qurbonliklarini xudoga yetkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Ayol xudolar qatoriga tong va tong nuri ma’budasi Ushas, daryo xudosi Sarasvatilar kirgan.
Veda ibodatlari. Ibodatlar birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga atab qilinadigan qurbonliklar. Ma’budlarga kuydirilgan moy, non, suv va sut bilan aralashtirilgan soma ichimligi tortilgan. Xayvonlardan ot qurbonlik qilingan.
Brahmanlik veda dinlarining bir shohobchasidir. Vaqt o’tishi bilan vedalardagi qo’shiqlar ommaga, xatto ruhoniylarga ham tushunarsiz bo’lib qoldi. Tilni o’rganish uchun maxsus kishilar guruhlar tuzib vaqt ajratdilar. Natijada o’z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o’rganish, marosimlarni o’tkazish va boshqarishga bag’ishlagan brahmanlar kastasi (tabaqasi) paydo bo’ldi. Ilohiy tilni o’zgartirib bo’lmasligi brahmanizmning paydo bo’lishiga olib keldi.
Oriylar umuman boshqa madaniyatga, hayot tarziga ega bo’lgan xalqlar bilan uchrashib, mutloqo boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ular ko’chmanchilikdan endi o’troq hayotga , davlatda xukmron sinfga aylandilar. Ularning eski dinlari taraqqiy etdi. Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini mavqeini ko’tarish, ibodat va marosimlarni murakkablashtirish xisobiga bo’ldi. SHundan keyoin o’zgartirish ta’qiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Brahmanizm ko’proq ruhoniylar manfaatini himoya qilardi. Vedalarga tegishli sutralar san’atning alohida ko’rinishi bo’lib, ustalik bilan sof sanskrit tilida yozilgan edi.
Vedalar eng qadimgi ariylik dunyoqarashini ifodalardi. Vedalarni falsafa deb atash mushkul. Biz u bilan tanishib muayyan afsonaga g’arq bo’lamiz. Vedalar asosan madhiyalardan iborat bo’lsa, Upaniadlarga dalil asslar muvofiq keladi. Upanishadlar veda dunyoqarashini anqidiy jihatdan idrok etilishidir.
“upanishada” atamasi donishmandning o’z shogridariga ta’lim berish jarayonini bildiradi. Vaqt o’tishi bilan bu atama falsafiy matnni ifodalaydigan bo’ldi. Upanishadlarning markaziy mavzularidan biri tug’ilish va o’limning abadiy “almashinuvi” g’oyasidir. Bunday g’oya tirik mavjudotlarning o’limidan keyin yana qayta tirilishini nazarda tutadigan ular ruhlarining ko’chib yurishi (reinkarnatsiya0 haqidagi ta’limotga asos qilib olingan. Tug’ilish bilan o’lim o’rtasidagi abadiy qayta tiklanib turadigan tsikl sansara deyiladi. Aynan ana shunday tsiklda insonning eng teran “mohiyati” 9atman) takror va takror qayta tiklanaveradi. Upanishadlarning ayrimlari, atman o’zgarmas va substantsional narsa hisoblanadi.
Upanishadlarning boshqa bir muhim qoidasi atman bilan brahmanning bir biriga tenglashtirilishidir. Atman bilan brahmanning bir biriga tenglashtirilishi atman absolyut yoki ilohiy bilan teng degani bo’ladi. Bunga o’xshash qarashlar odam (yoki uning ruhi)Xudo bilan ayni bir narsa bo’la oladigan g’arb mistikasida ham mavjud.
Upanishad faylasuflari shu tariqa olamdan yuz o’girib olishdi. Ularning maqsadi zohidlarcha dunyodan qochish edi. Ularning e’tiqodicha, xaqiqat matndami yoki tabiatdami bo’lishidan qat’iy nazar “tashqarida” emas. U sening ichingda. Sen o’z o’zingni topishni o’rganishing kerak.u faqat sen tomoningdan va o’zingning shaxsiy say xarakating yordamida ishab chiqiladi. Sansara qoidasi nafaqat upanishadlarda buddizm falsafasida ham yetakchi o’rin tutadi.
Karma xati xarakat, amalni anglatadi. Karma qayta tug’ilishga ishonch va axloqiy sababltltk g’oyasi bilan chambarchas bog’langandir. Axloqiy sabablilik deganda koinotning adolat bilan sug’orilganligi tushuniladi. Biz har bir kishi o’zi xizmat qilgan narsasini oladigan olamda yashaymiz, lekin bu yerda yana keyini hayotda yaxshiroq xolatga erishish imkoniyati ham mavjud. Boshqacha aytganda, dunyodagi barcha nomukammalliklar va azob uqubatlar odamning o’z xatti xarakatlarining oqibatidir. Biroq muayyan tabaqaga mansublik odam uchun yaxshi va yomon bo’lib xisoblanadigan narsani jidiy darajada taqdim etadi. SHunday qilib, Upanishadlar tabaqali tizimni legitimlashtiradi. Odamlar muayyan tabaqaga mansub bo’lish huquqini o’zlarining oldingi hayotida ishlab topgan.
SHunday qilib, hinda falsafasida axloqiy xatti arakatlar aylanishga kiritilgan: qayta tirilish-hayot-o’lim-qayta tirilish-hayot-o’lim (sansara).
Xohish istaklardan xalos bo’lish uchun zoxidlik va yoga orqali erishish mumkin.Fqqat shu tarzdagina karmadan xalos bo’lishga intiluvchi kishi najotga (moksha) ega bo’ladi. Biroq bunday maqsad ko’pchiligimiz uchun erishilmaydigan maqsaddir. Biz hayotlar va o’limlar tsiklidan qutulib keta olmaymiz. Bizning mohiyatimiz millionlab turli qiyofalarda qayta tug’ilishdek tavakkalchilikka bog’lanib qolgan. SHunga qaramay hammamiz taqvodor bo’lib qolmasakda, karma falsafsiga ko’ra, yaxshilik qiladigan va yaxshilik istaydigan kishi navbatdagi hayotida yaxshi mavjudot bo’lib tug’iladi yoki yuqoriroq tabaqaga o’tadi.unday qilib, karma haqidagi ta’limot, reinkarnatsiya va tabaqachilik tizimi hind falsafasining ulkan qismi uchun yaxlit negizni yaratdi. Uning doirasida axloq va ijtimoiy tizim bir birini o’zaro qo’llab quvvatlab turadi.

Download 129,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish