1-mavzu. Kirish. Din madaniyat fenomeni



Download 129,9 Kb.
bet9/19
Sana21.06.2022
Hajmi129,9 Kb.
#688945
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
din 1-mavzu

Ta’limoti. Yahudiylik ta’limoti to’rt asosga tayanadi:

  1. Olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahvega imon keltirish. Yahve so’zi “rabb, parvardigor” ma’nosini beradi. Yahudiylik ta’limotiga ko’ra, Yahve olamlarni yaratishni yakshanbadan boshlab juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam olishni buyurdi. SHu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug’ kun hisoblanadi, hech bir ishga qo’l urilmaydi.

  2. Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning “eng mumtozi№ va u dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi ekanligi. Ular o’zlarini Xudo tomonidan saylangan muqaddas xalq ekanini, yaxudiyning ruhi xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar.

  3. Messiya haloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra, oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni isloh qilgan xolda qaytadan quradi; 2) butun yahudiylarning Sinion atrofida to’plydi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazoldi.

  4. Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan, Talmudda bayon etilgan. Unga ko’ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlnadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shavqatsiz jazo oladilar.

Yahudiy ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Tur tog’ida Yahve bilan uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bular “Ikkinchi qonun” kitobidan o’rin olgan bo’lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular qyidagilar:

  1. Yahvedan boshqani tan olmaslik.

  2. But,sanam va rasmlarga siinmaslik.

  3. Bekordan bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik.

  4. SHanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash.

  5. Ota-onani xurmat qilish.

  6. Nohaq odam o’ldirmaslik.

  7. Zino qilmaslik.

  8. O’g’rilik qilmaslik.

  9. Yolg’on guvohlik bermaslik.

  10. Yaqinlarining narsalariga ko’z olaytirmaslik.

Quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va yunonlar tomonidan bir necha bor bosib olinishi tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga majbur bo’ldilar. Eramizning 70-yillarida rimliklarning diniy markazi Quddus sharif ibodatxonasini buzib tashladilar. O’z ibodatxonasidan mahrum bo’lgan yahudiylar turli joylarda mahalliy yig’ilishlar-sinagoglar tashkil etdilar.(sinagoga-grekcha yig’ilish, yahudiylar ibodatxonasi rolini o’ynovchi diniy tashkilot va ibodat uyi.) Yahudiy dinidagi asosiy e’tiqod xudo Yahvega e’tiqod qilishdir. Unda Yaxve o’z elchisi Maxdiy (Messiya)ni yuborib, “mumtoz halq”ni dunyoga xukmron qilarmish.
Hozirgi vaqtda iudaizmda isloh qilingan iudaizm va ortodoksal(sof) fundamental iudaizm mavjud. Ortodoksal iudaizm isroilda alohida mavqega ega bo’lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi.
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmuda yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda yahudiylar amal qilishi va bajarishi lozim bo’lgan 248 ta buyruq 365 ta ta’qiq mavjud. Ular yahudiylarning ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlari va bayramlariga ta’luqli masalalarni o’z ichiga oladi.
Har bir Yahudiy ushbu buyruq va ta’qiqlarga umri davomida rioya qilishi shart. Masalan, har bir yahudiy farzandi tug’ilganining sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Yahudiylar o’zlaining maxsus qassoblai shoyixet tomonidan diniy qoidalarga muvofiq so’yilgan go’shtlarnigina iste’mol qilishadi. Kiyinish asosan erkaklarga tegishli bo’lib, sidirg’a matodan, uzun tikilgan bo’lishi, cho’ntaklari beldan pastda joylashgan bo’lishi kerak. Boshlari esa doimo, xatto uyquda ham yopilgan bo’lishi kerak. Ibodat paytida yahudiylar maxsus choyshabi “tales”ni yelkalariga tashlab oladilar. Uning qirg’oqlarida olti yuz o’n uchta tugun tugilgan bo’ib, bu narsa yahudiy tomonidan yuqorida aytib o’tilgan 248ta buyruq va 365ta ta’qiqqa amal qilishni yelkamga olaman degan ma’noni anglatadi.
Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o’zining muqaddas yozuvlariga ega. Uning asosan ikki manbai bo’lib, biri mil.av. 13 asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketilishiga boshchilik qilgan Muso payg’ambarga Tur tog’ida berilgan Tora (Tavrot) ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bo’lgan yozma manba Talmuddir.
Qur’onning A’rof surasi, 143-oyatida aytilgan: “Muso Biz belgilagan vaqtda (Tur tog’iga) kelgach, u bilan rabbi bevosita gaplashdi. Muso: “Rabbim! (O’zingni) menga ko’rsatgin, Senga bir nazar qilay!”- dedi. (Alloh): “Meni ko’ra olmaysan. Lekin (ana u) toqqa (bir) boq! Agar Men bir jilva qilganimda (toqat qilib) o’z o’rnida tura olsa, sen ham meni ko’rasan”- dedi. Rabbi toqqa tajalliy (kichik bir ko’rinish) qilgan edi, uni maydalab tashladi. Muso (bundan ta’sirlanib) behush holda yiqildi. Hushiga kelgach, dedi: “Senga tavba qildim va men mo’minlarning birinchisi(peshvosi)durman”4.
Bu so’zlashuv insonlarning o’zaro suhbatlariga o’xshamaydi, balki Allohning zoti va sifatlariga xos ravishda gaplashilgan. Ya’ni, bu dunyodagi foniy ko’zlaring bilan Meni ko’ra olmaysan, balki jannatda boqiy ko’zlaring bilan ko’rursan, deb Alloh taolo Muso payg’ambarga raddiya bergan.5

Download 129,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish