1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Alifbe manzumalar (abidsedariy) ta’lim-tarbiya asosi



Download 0,93 Mb.
bet15/99
Sana29.12.2021
Hajmi0,93 Mb.
#78621
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
3 Она тили ва болалар адабиёт фанидан маъруза материаллари — копия

Alifbe manzumalar (abidsedariy) ta’lim-tarbiya asosi. O‘tmishda eski maktablarda o‘qish va yozishni o‘rgatish bir necha bosqichli jarayonni tashkil etgan. Maktablar bo‘lganki, faqat o‘qishni o‘rgatgan, maktablar bo‘lganki, faqat yozishni o‘rgatishga ixtisoslashgan.

Eski maktablarda yozuvni o‘rganishda “hijo” yoki “tahajji” usulidagi uch bosqichga amal qilingan: Birinchi bosqichda arab alifbosidagi har bir harfni alohida-alohida yozish mashq qilingan. Bu bosqich MUFRADOTdavri deyilgan. Aytaylik, arab alifbosida mavjud 28 harfning har biri alohida holda, so‘z boshida, so‘z o‘rtasida va nihoyat so‘z oxirida to‘rt shaklga ega; bu 112 harfiy belgi degani. Agar bularni arab yozuvining “xatti ma’qoliy” va “xatti ko‘fiy” turlari asosida yuzaga kelgan muhaqqaq, suls, nasx, tavqi’, rayhoniy, riqo, ta’liq, nasta’liq singari yuzdan ziyod ko‘rinishlari hisobga olinsa, arab harflarini ifodalovchi belgilar miqdori qanchaga yetishini tassavur qilish qiyin, albatta. Shu vajdan mufradot davri birmuncha cho‘zilgan. Bunda harflarni ifodalovchi har bir belgini chiroyli va yorqin qilib, qiyomiga yetkazib yozishga, demakki, husnixat (kalligrafiya)ga alohida e’tibor qilingan.

Ikkinchi bosqich–MURAKKABOT deyilgan. Bunda harfni harfga old tomondan qo‘shib yozish mashq qilingan. Harfni harfga murakkab qilish–qo‘shib yozishda qo‘shilayotgan harflarni ifodalovchi belgilarning aniq va tiniq yozilishiga, ostki va ustki belgilarning to‘g‘ri ifodalanishiga alohida e’tibor qilingan. Shu zaylda harfni harfga qo‘shganda hosil bo‘luvchi hijolarni idrok qilish mashqi qiyomiga yetkazilgan.

Uchinchi bosqichda so‘zni yozishga o‘tilgan, bu MUQATTAOT davri deyilgan. Bu bosqichda o‘quvchilar ikkiliklar, ruboiylar, qit’alar, tuyuqlar va g‘azallarni ko‘chirib yozishni mashq qilganlar.

Eski maktablarda uzoq asrlar davomida yozuv ana shu taxlitda o‘rgatib kelindi. Bu esa, o‘z navbatida, yozishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirishni kun tartibiga qo‘ydi, natijada shu yo‘nalishdagi tajribalarni umumlashtiruvchi alifbo manzumalar yuzaga kela boshladiki, bular hozirgi adabiyotshunosligimizda abitsedariy she’rlar deb yuritiladi.

Alifbo manzumalari faqat xattotlik asrori bayonidan iborat va faqat xattotlik san’atini o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan tadrisiy maqomdagi asarlargina emas, ular hammabopligi, umuman, yozuvni o‘rganishni niyat qilgan katta-yu kichikka mo‘ljallanganligi bilan o‘tmishdagi bolalar kitobxonligida ayricha o‘rin tutadi. Aytaylik, ularda qog‘ozning “abreshimiy”, “nimkatoniy”, “abri bahor”, “haftrang” turlari va ularda yozish xususiyatlari, yozuv vositalari–siyoh, qora qamish, qalam, pargor (tsirkul), mistar (transparant), qalamtarosh, qalamqat, xato ko‘chirishganda uni yuvuvchi abr(shtrix) kabilarni qanday asrash va ishlatish, nihoyat, arab yozuvidagi har bir harfni qanday esda tutish, buning uchun o‘sha belgi tabiatda nimaga o‘xshashligini eslash hamda o‘sha harfiy belgi hajmi qanday bo‘lishiga oid ma’lumotlar berilgan. Ammo turkiyzabon xalqlar bolalarining yozuvni o‘rganishi uchun o`z tillarida yaratilgan metodik qo`llanmalar mavjud emas edi. Shermuhammad Munisning “Savodi ta’lim” alifbo-manzumasi ana shu ehtiyojni qondirish yo‘lida yaratilgan asar bo‘ldi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalar.

  2. Alisher Navoiyning pand-nasihat mazmunidagi asarlarida ifodalangan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar.

  3. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tarkibiga kirgan masallarda ilgari surilgan g‘oyalar

  4. “Zarbulmasal”da ifodalangan g’oyalar



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish