1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Hakim Nazirning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan



Download 0,93 Mb.
bet23/99
Sana29.12.2021
Hajmi0,93 Mb.
#78621
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Bog'liq
3 Она тили ва болалар адабиёт фанидан маъруза материаллари — копия

4.Hakim Nazirning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan

a sarlariga xos xususiyatlar.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsidoʻz oilasida tavallud topdi. Boshlangʻich maʼlumotni onasi Malika otin maktabida oldi. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan poyafzal fabrikasida boshlab, ayni choqda kechki ishchi-yoshlar maktabida oʻqidi.1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki boʻlimida, 1954–1956 yillarda esa Moskva Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.

Adib mehnat faoliyatini 1933 yili oʻquvchilar gazetasida (hozirgi “Tong yulduzi”) adabiy xodim sifatida boshladi.

Shundan keyin uzluksiz respublika yoshlar gazetasida, ridioeshittirishlar qoʻmitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat qildi.

Hakim Nazirning adabiy faoliyati oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlanib, dastlabki mashqlari ‒ hikoyalari 1933 yildan eʼtiboran turli jurnallarda bosildi. “Qishloqdagi jiyanlarim” nomli ilk kitobi 1948 yilda nashr etildi, ilmiy-adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. Shundan keyingi oltmish yillik sermazmun ijodi mobaynida kattalar va bolalar uchun 50 dan ortiq kitob chop ettirdi. Bu kitoblardan joy olgan asarlarida odob-axloq, odamiylik, doʻstlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang ruhiy olamlari gavdalantiriladi.

Adibning “Besh baho” (1955), “Choʻl havosi” (1958), “Yaxshi nom” (1962), “Meni taniysizmi?” (1963), “Bolajonlarim” (1964), “Ali bilan Sher” (1971), “Bir ogʻiz soʻz” (1982) kabi koʻplab asarlari shu jihatdan xarakterlidir.

Hakim Nazirning “Koʻkorol chiroqlari” (1954), “Yonar daryo” (1966), “Kenjatoy” (1976), “Tohir Zuhra qissasi” (1985) hamda “Dadamni topib beringlar” (1991) nomli qissalarida yoshlarning boy, begʻubor va sirli ichki olami, mehnatga, oila va muhabbatga, hayotga boʻlgan munosabatlari ifoda etilgan. Yozuvchining “Lochin qanotlari” (1973) romani oʻzbek bolalar va oʻsmirlar adabiyotida kam yoritilgan urush mavzusiga bagʻishlangan.

Hakim Nazir dramaturg sifatida “Chiranma gʻoz, hunaring oz” pyesasi bilan oʻzbek bolalar dramaturgiyasi rivojiga oʻz hissasini qoʻshdi. Asar koʻp yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida muvaffaqiyatli namoyish etildi.

Yozuvchi ijodida kattalar uchun yozilgan hikoya, ocherk va qissalar ham yetakchi oʻrinni egallaydi. “Musobaqadoshlar” (1950), “Odamning qadri” (1958), “Oʻtlar tutashganda” (1960), “Onaizor” (1961), “Aziz odam” (1964), “Shoshilinch telegrammalar” (1987) kabi hikoya va ocherklardan iborat toʻplamlari, “Suv gadosi oqpadar dengizni boshlab keldi” (1962) va “Koʻkterak shabadasi” (1988) kabi qissalari shular jumlasidandir.

Hakim Nazir tavalludining 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik (1969–1970), 60 yilligi oldidan besh jildlik “Tanlangan asarlar”i (1977–1981) chop etildi. Yozuvchining 80 yilligiga bagʻishlangan, memuar janriga mansub ikki yangi kitobi bosildi ‒ biri “Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlari” xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa “Yodimdasiz, azizlarim” (1995) esdaliklaridir.

Hakim Nazirning oʻnlab kitoblari rus, qozoq, qirgʻiz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, fransuz, ispan, bulgʻor, chex, moʻgʻil tillariga oʻgirilgan, alohida kitoblar holatida nashr etilgan.

Adib asarlarining umumiy tiraji ‒ sanogʻi bir yarim milliondan oshadi.

Hakim Nazir besh jildlik “Tanlangan asarlar”i, bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi katta xizmatlari, ijodining maʼnaviy-madaniy hayotimizdagi nufuzi uchun Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻldi (1981). Unga “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berildi (1994). Shuningdek, adib Xans Kristian Andersen nomidagi xalqaro diplom bilan ham mukofotlangan (1984).

2000 yilda oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Hakim Nazir “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish