MAHSULOTNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Tashqi ko'rinish
|
Oq rangdagi suvsiz kristalli tuz (ba'zida sarg'ish-kulrang rang bilan).
|
Asosiy fizik va kimyoviy xossalari
|
№
|
Nomlanishi
|
Ko’rsatkich
|
1.
|
Nisbiy molekulyar og'irlik, а.s.m
|
101,1032
|
2.
|
Molyar massa, g / mol
|
101,1032
|
3.
|
16 oS zichlik, g / sm
|
2,109
|
4.
|
Erish nuqtasi, oS
|
334
|
5.
|
Qaynash harorati, oS
|
400
|
6.
|
Suvda eruvchanligi, g / 100 ml:
0 oC
25оС
100оС
|
13,3
36
247
|
Texnik xususiyatlari
|
№
|
Nomlanishi
|
Me’yor
|
1 nav
|
2 nav
|
1.
|
Ko’rinishi
|
Oq kristallar yoki sarg'ish, pushti yoki kulrang rangga ega kukun
|
2.
|
K2O bo'yicha kaliyning massa ulushi,%, kam bo'lmagan
|
41,0
|
3.
|
Azotning massa ulushi,%, kamida, %,
|
12,2
|
4.
|
Xloridlarning massa ulushi,%, ko’p emas
|
0,6
|
2,0
|
5.
|
Kaltsiy va magniy tuzlarining massa ulushi Ca ni qayta hisoblaganda, %,
|
3,7
|
6.
|
Suvning massa ulushi,%, ko’p emas
|
0,2
|
Eslatma:
1. Iste'molchi bilan kelishilgan holda suvning massa ulushi 4,0% dan ko'p emas
2. Jadvalning 2-5 ko'rsatkichlari uchun me'yorlar quruq moddalar bo'yicha berilgan
|
Qadoqlash va saqlash
|
Kaliy nitrat yopiq omborda qadoqlangan holda saqlanishi kerak. Kaliy nitrat polietilen astarli polipropilen paketlarga qadoqlanadi. Yukxalta og'irligi: aniq 50 g. Shuningdek – mahsulot xavfsizligini ta'minlaydigan me'yoriy va texnik hujjatlarga muvofiq qog'oz va qog'oz qoplarga solingan, polietilen paketlar yoki polietilen qoplama sumkalarda saqlanadi.
|
Transportda tashish
|
Texnik kaliy nitrat transportning ushbu turi uchun amalda bo'lgan yuklarni tashish qoidalariga muvofiq yopiq temir yo'l vagonlarida, yopiq kemalar va yopiq transport vositalarida tashiladi.
|
Mahsulot xavfsizligi to'g'risida ma'lumot
|
Texnik kaliy nitrat oksidlovchi moddadir, yonuvchan moddalarning o'z-o'zidan yonishini ta'minlaydi, organizmga ta'sir darajasiga ko'ra u 3-darajali xavfli moddalarga tegishli. Kaliy nitratni yonuvchan moddalar, mineral kislotalar, kaliy siyanid, rodanid bilan birga yuklash, tushirish, tashish va saqlashga, shuningdek qipiq, somon, ko'mir, torf va boshqa organik moddalar bilan o'z-o'zidan yonish, yong'in va portlashdan saqlanish uchun yo'l qo'yilmaydi
|
9 mavzu
Ammiakli selitra – azotli o`g`itlarning sosiy turlaridan biridir, unda 34,2 % azot bor. Granullangan (donador) ammiakli selitrani olish uchun xomashyo bo`lib 58-60% li nitrat kislota va gazsimon ammiak xizmat qiladi.
Konditsion qo`shimcha sifatida 92,5% li oltingugurt kislotasidan foydalaniladi, u ammiak sulfatigacha nitrat kislota bilan birga ammiak yordamida neytrallanadi. Tayyor granulalarni purkab sepish uchun sirtaktiv modda – 40%li “Nf” dispergatorning suvli eritmasi qo`llaniladi.
Ammiakli selitrani ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari nitrat kislotani gazsimon ammiak bilan neytrallashdir: juda quyuq ammiakli selitra granulalarini sovutish; granulalarni sirtiy aktiv modda “Nf” dispergator bilan ishlov berish; atmosferaga chiqarib tashlashdan oldin havoni tozalas va ikkilamchi bug`ni tozalash; tayyor mahsulotni joylash va saqlash.
Quyida birinchi bosqichni avtomatlashtirish qarab chiqilgan – nitrat kislotani ammiak bilan neytrallash – bu keying bosqichlarning ish rejimini belgilab beradi.
Nitrat kislota Oldindan issiqlik almashtirgich 1 da (40.1-rasm) 70-80⁰C temperaturagacha neytrallovchi apparat 2 ning bug`I bilan isitiladi, gazsimon ammiak issiqlik almashgich 3 da isitiladi va keyin apparat 2 ga tushadi. Issitilgan nitrat kislota aralashtirgich 4ga tushadi. U yerda yana oltingugurt va fosfat kislota ham uzatiladi. Oltingugurt kislota ammoniy sulfat miqdori tayyor mahsulotda 0,3-0,7% atrofida bo`ladigan qilib hisoblab dozalanadi. Kislotalar aralashmasi keyin ITN (2) apparatiga tushadi, u yerda atmosfera bosimiga yaqin bosimda, 115-165 ⁰C temperaturada nitrat kislotani ammiak bilan neytrallash jarayoni o`tkaziladi.
Nitrat kislota va ammiak shunday dozalanadiki, bunda ITN apparatidan chiqishda aralashmada nitrat kislota miqdori reaksiya zonasida ammiakning yutilishi to`liq bo`lishini ta`minlash uchun zarurdan biroz ko`proq bo`lishi (2-5 g/l atrofida) kerak. ITN apparatining separatsion hududida qaynayotgan eritmadan ikkilamchi bug` ajralib chiqadi va ITN apparatining yuvish hududiga tozalash uchun kiradi, bu hudud to`rtta tarelka va sachragan zarralarni tutgichdan iborat. Yuqoridagi tarelkaga ikkilamchi bug` kondensati yo`naltiriladi. ITN apparatidan chiqishda ikkilamchi bug`da 2-5 g/l NH4NO3, 1-2 g/l HNO3 bo`ladi; yuvish jarayoni to`gri olib borilganda bug`larda ammiak bo`lmaydi.
ITN apparatida paydo bo`ladigan 92-93% ammiak selitra eritmasi apparatning yuvish qismidagi eritmalarga biroz qo`shiladi va 89-91% li konsentratsiyada doneytralizator 5 ga yo`llanadi, u yerda ortiqcha kislotani neytrallash va eritmaning ishqoriy muhitini yaratish uchun ammiak beriladi (ortiqcha ammiak erkin NH4 ning 0,1 g/l gacha atrofida tutilishi kerak). Keyin ammiakli selitra eritmasi bug`lanish bo`limiga yo`llanadi.
Neytrallash bosqichida jarayonni avtomatik rostlash sistemasining vazifasi ITN apparatiga kelayotgan ammiak va nitrat kislota oqimlari nisbatini saqlash; ITN apparatidagi ammiak selitrasi eritmasining berilgan pH ini saqlab turishi; ammiak selitrasi eritmasining bug`latish apparatiga kirishida neytrallashgandan so`ng ishqoriy reaksiyasini ta`minlashdan iborat.
Rostlash sistemasi uchun gazsimon ammiakning parametrlari yetakchi hisoblanadi. Tashqi tarmoqda ammiak bosimi tebranishlarining neytrallash jarayonini rostlash sifatiga ta`siridan qochish uchun ammiakli selitra agregatiga kirishda gazsimon ammiakning bosimi avtomatik rostlab turiladi. Ammiakning ITN apparatiga sarflanishi sarf rostlagichi 6 yordamida, rostlovchi klapan 7 ga ta`sir ko`rsatish yo`li bilan avtomatik ravishda ta`minlanib turiladi.
ITN apparatiga nitrat kislotani ammiak sarfi bilan berilgan nisbatda berish rostlovchi klapan 9ga ta`sir ko`rsatib, sarflar nisbati rostlagich 8 yordamida avtomatik rostlanadi. Oltingugurt va fosforli kislotalarni nitrat kislota sarfi bilan berilgan nisbatda uzatish sarflar nisbatini rostlagichlari 10 va 11 hamda rostlovchi klapanlar 12 va 13 yordamida avtomatik rostlanadi.
Nitrat kislota va ammiak sarflari nisbati bilan kislotaning ma`lum darjada ortiqcha bo`lishi aniqlanadi, uni nazorat qilish va rostlash uchun ITN apparatinig chiqishida ammiakli selitra eritmasi pH uzluksiz nazorat qilinadi. Eritmadagi berilgan ortiqcha nitrat kislota pH rostlagich 14 yordamida avtomatik rostlab turiladi, bu rostlagich ammiakni ancha ko`p bo`lmagan miqdori umumiy sarfdan bir necha foiz yo`naltiriladigan ammiakni uzatish baypas liniyasida (tizimida) o`rnatilgan rostlovchi klapan 15 yordamida ITNga ammiakni uzatish korrektsiyalanadi. Bunday Sistema neytrallash jarayonini rostlashning yaxshi sifatda bo`lishini ta`minlaydi.
Ikkilamchi bug`ni iloji boricha maksimal tozalashni ta`minlash uchun ITN apparatining yuvish qismida ikkilamchi bug` kondensatini yuqori tarelkaga uzatish avtomatik rostlanadi. Selitra eritmalarining ularni bug`lanishdan oldin suyuqlanmasligi uchun ko`p kondensat uzatish maqsadga muvofiq emas, kamroq kondensat uzatish esa tarelkalarni ochib qo`yadi, chunki ikkilamchi bug` o`ta qizigan bo`ladi. Ikkilamchi bug` kondensatining uzatish temperature rostlagichi 16 yordamida rostlovchi klapan 17ga ta`sir qilib rostlanadi. Bug`lanish apparatiga ammiakli selitraning kislota eritmalarini yo`llash mumkin bo`lmagani uchun ortiqcha kislotalik doneytralizator 5 da neytrallanadi. Unga ammiak uzatish rostlovchi klapan 19 ga ta`sir ko`rsatuvchi doneytralizator chiqishida pH eritma rostlagichi 18 yordamida rostlanadi.
Avtomatik rostlash sistemasi ammiakni va nitrat kislotani temperatura rostlagichlari 20 va 21 yordamida issiqlik eltkichni issiqlik almashgich 1 va 3 ga uzatuvchi rostlovchi klapanlar 22 va 23 ga ta`sir qilib isitishni rostlash ko`zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |