Emotsiya - shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardir. Keltirilgan ta'riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Emotsiyalar qaerdan paydo bo‘ladi? Ular qanday tarkib topgan? Tasavvur qiling, siz uyqungizdan uzoqdagi qumloq ko‘chadan bir o‘zingiz qorong‘ida ketib boryapsiz va siz motorning gurillagan ovozini eshitdingiz va sizga kimdir tashlanmoqchi degan fikr miyangizga keladi. Sizning yuragingiz tez ura boshlaydi, qadamlaringiz tezlashadi, siz bezovtalanib, mototsiklchini maqsadini o‘ylab, qo‘rquv hissini tuyasiz.
Ko‘rib turibsizki, emotsiya - bu, fiziologik qo‘zg‘alish qorishmasi (yurak urishining tezlashishi o‘zini ekspressiv tutish, odamlarning tezlashishi), ongli ravishdagi tajriba ( insonning maqsadini tushunish va qo‘rquv). Buning murakkabligi shundaki, bu uchta detalni solishtirishda ko‘rinadi: siz birinchi yurak urishining tezlashishini, yurish tezligingiz oshishini va keyin qo‘rquvni his qilasizmi? Yoki avval qo‘rquvni his qilib, va bu yuragingiz urishini va yurishingiz tezlashishiga ta'sir etadimi? Ushbu savollarga javob topish uchun insonning fizologik emotsiyalarini ko ‘rib chiqshimiz lozim.
Hissiyotning namoyon bo‘lishi. Kayfiyatlar, stress, dipressiya, eyforiya.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
- shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
- qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob'ektlarga sub 'ekt sifatida qatnashishini;
- uni harakat qildiruvchi, bilimga intiltiruvchi munosabatlarni va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma'lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya'ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba'zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa yoqmaydi. Umuman, odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari faoliyatida aks etadi.
Kishilar idrok qilyotgan, ko‘ryotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g‘azab-nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostidaqolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish esa zavq uyg‘otadi.
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi.
Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy sharoitlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida odamning ehtiyojlari o‘zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi-yangi hissiyotlar, chunonchi, ma'naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |