Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qodirov B.R. Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis metodikalari To‘plami” T, 2003
2. Foziev 3.F., Mamedov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkent 2003 yil
3.QodirovK.B. “Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jixatlari va kasbiy tashxis”, T.2001
12 –MAVZU: QOBILIYATLAR VA SHAXSNING KASBIY SHAKLLANISHI
Reja:
1.Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari.
2.Qobiliyatlarning rivojlanishi.
3.Shaxs faolligi va qobiliyatlar.
Tayanch tushunchalar: qobiliyat, qobiliyatlarning tabiiy asoslari, qobiliyatlarning rivojlanishi, shaxs faolligi.
Qobiliyatlar odamga shaxsning hamma individual psixologik xususiyatlari kabi qandaydir tabiat tomonidan tug`ma ravishda tayyor holda berilmaydi, balki faoliyat jarayonida tarkib topadi. Odam dunyoga hech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi. O`z zamonasida Platon “qobiliyatlar tug`ma ravishda berilgan bo`ladi va odam foydalanadigan barcha bilimlar uning “absolyut bilimlar” ideal olamida bo`lishligi haqidagi tasavvurlardan iboratdir” degan edi. XVII asrda Dekart tug`ma g`oyalar haqidagi ta`limotni gavdalantirilgan. Bu kambag`allarni o`qitib bo`lmaydi, deb ularga past nazar bilan qarashga, ularni kamsitishga reaktsion fikrlarga olib keladi. Qobiliyatning tug`maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega emas. Psixologiya qobiliyatning tug`ma ekanligini tan olmas ekan, bu bilan miyaning tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan differentsial xususiyatlarning tug`maligini inkor qilmaydi. Qobiliyat taraqqiyotining daslabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo`ladigan miya tuzilishining, sezgi a`zolari va funktsional xususiyatlari layoqat deb ataladi. Layoqat ko`p qirralidir. Faoliyat tomonidan qo`yilgan talablarning tabiatiga bog`liq ravishda aynan bir xil layoqatlar asosida har xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. F.A.Gallning fikricha odamning hamma qobiliyatlari “aql” va “qobiliyat” sifatlari miya yarim sharlarida o`zining maxsus qat`iy markazlari mavjud ekan, ya`ni bu sifatlarning taraqqiyot darajasi miya tegishli qismlarining miqdoriga to`g`ridan to`g`ri bog`liqdir. SHuning uchun odamning kalla suyagiga bir qarash yoki boshidagi dumboqchalarini shunchaki paypaslab ko`rish orqali go`yo odamning qobiliyatlarini aniqlasa bo`ladi.Layoqatning miya miqdori massasi va og`irliga bog`liq haqidagi faraz ham bekor qilingan. Katta yoshdagi odam miyasining o`rtacha og`irligi 1400 g. ga yaqin bo`ladi. I.S.Turgenev miyasining og`irligi 2012, D.G.Bayronniki 1800 g, mashhur ximik YU.Libixniki 1360 g, yozuvchi A.Fransniki 1017 g bo`lgan. Eng katta miya aqliy jihatdan nuqsoni bor odamga taalluqli ekanligi aniqlangan. Qobiliyat va irsiyat. 1675 yilda F.Galtonning “Talantning irsiyatga bog`liqligi uning qonunlari va oqibatlari” degan kitobi nashr qilingan. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur kishilarning qarindoshlik aloqalarini o`rganib, talant yoki onadan irsiyat yo`li bilan o`tadi degan xulosaga kelgan. Biroq Galltonning xulosalari ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo`lgan talant dastavval 1550 yilda ma`lum bo`lgan. Bu talant 1800 yillarda yashagan qandaydir Regina So`sannadan so`ng tamom bo`lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko`p musiqachi bo`lgan. Ularning 20 tasi mashhur bo`lgan. Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo`lgan. Gaydon oilasida ikkita mashhur musiqachi bo`lgan. Ko`pchilik hollarda mashhur odamlarning nasl-nasablarini o`rganish biologic irsiyatdan emas, balki hayot sharoitining nasldan naslga o`tishidan, ya`ni qobiliyatlar taraqqiyotiga yordam berishdan ekanligi ma`lum bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |